Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Qarori
Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2486-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 2486, 2013-yil 23-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-noyabr,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 15-noyabrdagi 36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birinchi guruhga choyni yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-banddagi “gigiyena sertifikati” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 22-banddagi “gigiyena sertifikati” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 14-noyabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2017-yil 14-noyabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari A. ShUKUROV
2017-yil 14-noyabr
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliq oʻrinbosari Sh. ShOVAXOBOV
2017-yil 14-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2486-1/0378-son)