Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1815-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son “Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1815, 2008-yil, 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 195-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-noyabr,
32/18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Qarorda:
a) nomidan va 1-bandidan “qayta tashkil etish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
a) nomidan “qayta tashkil etish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq, kredit uyushmalarini tugatish tartibini belgilaydi.”;
g) 66 va 67-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tugatilgan kredit uyushmalarini Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
67. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Kredit uyushmalarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilganidan keyin, kredit uyushmasini tugatish tamomlangan hisoblanadi.
Tugatish natijasida paydo boʻlgan va faoliyati tugatilgan kredit uyushmalari toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1815-2/0383-son)