“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga bojxona imtiyozlari berish to‘g‘risida” 2001-yil 25-maydagi 235-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy mas’uliyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarori matnidan (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga”, “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita”, “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasiga — avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida kirish va chiqishlarini”;
matn bo‘yicha barcha “nazorat-o‘tkazish punktlari” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasining xalqaro parvozlarini kengaytirish to‘g‘risida” 1999-yil 13-iyuldagi 343-son qarori 4-bandidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarori 7-bandidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
4 va 5-bandlarning ikkinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari “Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari “Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom 5-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/680/1052-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 09/21/204/0323-son)