Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-iyul,
346-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1995-yil 15-sentabrdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 9-son, 34-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosa oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1999-yil 7-iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 36-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda) ilovaning 7-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyundagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 27-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda) ilovaning 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 335-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)