Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
944-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-noyabrdagi 944-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilaydi.
2-bob. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlari bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlari (“Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari, masʼul kotib va boshqalar) oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining mehnat majburiyatlari va huquqlari, shuningdek, ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabat masalalari mehnat munosabatlarini tartibga soladigan normativ hujjatlarni hisobga olgan holda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadigan va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tasdiqlaydigan ichki hujjatlarda aniqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yigʻini vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga koʻra, fuqarolar yigʻini aholisini xizmatlar koʻrsatish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ayrim ishlarni bajarishga jalb qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) mahallalar hududida yashaydigan ishsiz shaxslarni jamoat ishlariga jalb qilish uchun ular bilan mehnat shartnomalari tuzish huquqiga ega va ularning mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
6. Fuqarolar yigʻini shtatiga kiradigan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlari mehnatiga mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi asosida lavozim maoshi shaklida haq toʻlanadi. Ushbu toifadagi xodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlariga qoʻshimcha haq va ustamalar mehnat shartnomalari, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda qabul qilinadigan boshqa mahalliy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Budjetdan tashqari manbalar hisobidan mukofotlar va qoʻshimcha haq:
fuqarolar yigʻini raislariga (oqsoqollariga) — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari — Tuman (shahar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengash raisi qarori bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻinining boshqa xodimlariga — fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqoli) taqdimnomasi asosida tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qarori bilan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Fuqarolar yigʻini xodimlari hisoblanmagan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash shartlari va miqdori Fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yigʻini vakolatlarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan fuqarolarga pul mukofoti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining ish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
9. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining ish tartibi qirq soatlik va olti kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda Fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ichki tartib qoidalariga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻini faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinib, ish vaqtining jamlangan hisobi yuritiladi va ish kuni soat 7-00 dan 22-00 gacha taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini xodimlarining moslashtirilgan ish vaqti sharoitidagi ish jadvali xodimlarning lavozim majburiyatlarini bajarishini optimallashtirishni hisobga olgan holda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan, fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqoli) ish vaqti jadvali — Fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining ish jadvali ularning bevosita fuqarolar yigʻini binosida boʻlish vaqti koʻrsatilgan holda umumiy koʻrinadigan joyda osib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlariga har yili 24 kunlik haq toʻlanadigan mehnat taʼtili beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining vakolatlari “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun va fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) hamda xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga soladigan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 09/17/944/0327-son, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)