Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 20.07.2004 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 20.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida keng koʻlamli chuqur bilimlarga ega boʻlgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni va ish koʻnikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida uzluksiz taʼlimning maqsadli vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquv jarayoniga yangi pedagogika va axborot texnologiyalarini, shuningdek oʻquvchilarni milliy mustaqillik gʻoyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;

taʼlim darajasini va kasb-hunar mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;

oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasb darajasini oshirish va ularning mehnatini ragʻbatlantirish ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining Markaz huzurida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti negizida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 25-avgustgacha Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ustavini, tuzilmasini va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining tashkiliy tuzilmasi hamda uning xodimlarning cheklangan umumiy soni 79 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 58 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va apparati xodimlarining cheklangan soni 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktoriga, zarurat boʻlganda, Markazning markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 26-fevraldagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi markaziy apparati tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari apparati xodimlarining cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Hududlar‎

Xodimlarning cheklangan umumiy soni‎

shu jumladan boshqaruv xodimlari soni‎

1.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

11‎

8‎

‎2.

‎Andijon viloyati

‎10

‎7

3.‎

Buxoro viloyati‎

9‎

‎6

‎4.

Jizzax viloyati‎

‎7

5‎

‎5.

Qashqadaryo viloyati

‎11

‎8

‎6.

Navoiy viloyati‎

‎7

‎5

‎7.

‎Namangan viloyati

10‎

7‎

‎8.

‎Samarqand viloyati

‎11

‎8

‎9.

‎Surxondaryo viloyati

‎8

‎6

‎10.

‎Sirdaryo viloyati

‎8

‎6

‎11.

‎Toshkent viloyati

‎14

‎10

‎12.

‎Fargʻona viloyati

‎10

‎7

‎13.

‎Xorazm viloyati

‎9

6‎

‎14

‎Toshkent shahri

‎14

‎10

Jami:‎

139‎

99‎

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz tizimiga hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, shuningdek Markazga qarashli akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladilar va Markazga hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek Markaz tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Markazga ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, Markaz tasarrufidagi boshqa muassasalar yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida keng koʻlamli chuqur bilimlarga ega boʻlgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni va ish koʻnikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida uzluksiz taʼlimning maqsadli vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquv jarayoniga yangi pedagogika va axborot texnologiyalarini, shuningdek oʻquvchilarni milliy mustaqillik gʻoyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim darajasini va kasb-hunar mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasb darajasini oshirish va ularning mehnatini ragʻbatlantirish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi, vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari turlari va yoʻnalishlarini belgilaydi, mintaqalarning geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni oqilona joylashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarni loyihalashtirish va qurish boʻyicha bosh pudratchi sifatida ish koʻradi, kasb-hunar kollejlarining loyihalashtirilishiga, qurilishiga va rekonstruksiya qilinishiga metodik rahbarlik qiladi va texnik jihatdan koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standarti, oʻquv rejalari va dasturlarining joriy etilishini va takomillashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, oʻquv-pedagogika markazlari va kabinetlarining pedagoglar jamoalarini oʻquv-metodik materiallar va darsliklarni ishlab chiqishga, yangi pedagogik texnologiyalarni, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqishga keng jalb etishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar qabul qilish tartibi va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy-ahloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik gʻoyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalarida yoshlarning ilmiy-texnik ijodiyotini rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar hamda ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning markazlashtirilgan hisobini olib borishda vasiylik va homiylik organlariga metodik yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlaridagi taʼlim jarayonini ishlab chiqarish va tadbirkorlar bilan integratsiyalashni chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va ularning butlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari, davlat boshqaruvi manfaatdor organlari bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi oʻquvchilari va xodimlarining mehnatini muhofaza qilish, sogʻligʻini hamda oʻqishi va mehnati uchun xavfsiz shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish va ularning mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog xodimlarini Hukumat mukofotlariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining direktorlarini tanlov orqali tanlashni tashkil etadi, kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi va belgilangan tartibda tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor respublika davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida deviant xulq-atvorli, jismoniy va aqliy rivojlanishi zaif oʻsmirlarning taʼlim olishi, rivojlanishdagi nuqsonini tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini jihozlashning normativ talablarini ishlab chiqadi, Markaz tizimidagi muassasalar va tashkilotlarda moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xorijiy investitsiyalarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga va ularning faoliyatini takomillashtirishga jalb etish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, qarzlari va grantlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish muammolari boʻyicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, oʻquv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari va Markazga qarashli boshqa muassasalar orqali hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralardan, Markazning hududiy boʻlinmalaridan statistika maʼlumotlarini va prognoz koʻrsatkichlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining ayrim masalalarini hal etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ishini takomillashtirish, ularning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar tayyorlash, davlat taʼlim muassasalari xodimlari va oʻquvchilarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllari va boʻysunishidan qatʼi nazar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari hamda metodik materiallar toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash, pedagogika fani yutuqlari va ilgʻor tajribadan foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy metodik kengash tashkil etish, metodik kengash tarkibini va uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan oʻquv-laboratoriya jihozlari qabul qilinishi va yetkazib berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy oliy taʼlim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun malakali pedagoglar va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishda va unga metodik rahbarlik qilishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarish majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birga qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markazni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Markaz tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Markaz faoliyati alohida uchastkalariga rahbarligi va tasarrufidagi organlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tizimi xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida shtat jadvalini, shuningdek Markaz markaziy apparatining hamda respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufidagi muassasalarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Markaz tizimiga kiruvchi tasarrufidagi boshqa muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning markaziy apparati xodimlarini, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, Markaz tizimiga kiruvchi tasarrufidagi boshqa muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazda tarkibiga direktor, direktor oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) va Markazning boshqa masʼul xodimlari kiradigan yetti kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning shaxsiy tarkibi Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hayʼati Markaz faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Markazning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, tasarrufidagi boshqa organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Markazning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Markaz direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Direktor bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda direktor oʻz qarorini amalga oshiradi. Direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hududiy boshqarmalar, shuningdek Markaz tasarrufidagi muassasalar oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda Markaz tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-iyuldagi 342-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning ikkinchi—oʻn birinchi xatboshi, 4-bandning ikkinchi—sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 5-bandlar va qarorga 1, 1a, 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilova 17-bandining “Markaziy apparat” satrida toʻrtinchi va beshinchi ustunlardagi “5” va “10” raqamlari chiqarib tashlansin, oltinchi ustundagi “46” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 333-modda; 2006-y., 48-50-son, 489-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 28-son, 291-modda, 34-35-son, 352-modda)