Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2950]
Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2018-yil 15-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-noyabr,
26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qonunning 371-moddasiga muvofiq patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutugʻi patentining (bundan buyon matnda patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
3. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Patentning amal qilishini tiklash uchun patent egasi yoki uning vakili mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan Vazirlikka murojaat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
5. Iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Qonunning 29-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim.
Patentning amal qilishini tiklash va patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj toʻlanganlik holati bitta toʻlov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Belgilangan miqdorda patent bojlari toʻlanganligini tasdiqlovchi yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
6. Zarurat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Vazirlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
9. Mazkur Qoidalarning 4 — 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan va (yoki) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud boʻlmagan va (yoki) tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
10. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha Oʻsimlik navlari davlat reyestrini yoki Hayvon zotlari davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta manzili) | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
______________________________ (F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning nomi) | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
Manzil: ________________________ | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | Telefon: _______________________ | |||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
ILTIMOSNOMA | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Seleksiya yutugʻiga ___________________________-raqamli patentning amal qilishini tiklab berishingizni soʻrayman. | ||||||||||||||||||||||||
| Patentning amal qilishi patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanmaganligi sababli tugatilgan. | ||||||||||||||||||||||||
| Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [x] bilan belgilansin): | ||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | — patentning amal qilishini tiklash uchun boj hamda tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent | |||||||||||||||||||||||
| | boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | |||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; | |||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | — ishlarni yuritish uchun ishonchnoma. | |||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| |
Patent egasi |
| | | | | | | | | |
__________________________(lavozimi, F.I.O., imzo) |
| | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||
| | Sana: 20___ yil “___” __________________ | | | | | | |
(M.Oʻ.) (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) | ||||||||||||||||
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2950/0306-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)