21.11.2017 yildagi 930-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1 -ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
930-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son hamda “Oliy taʼlim muassasalarida pedagogika yoʻnalishida maxsus sirtqi boʻlimlarni tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3183-son qarorlari asosida oliy taʼlim muassasasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni (keyingi oʻrinlarda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom sogʻliqni saqlash, taʼlim sohasi va harbiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga talabalarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi shaklda — umumiy oʻrta (10-11-sinflar negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga ega boʻlgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli oʻtgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sirtqi shaklda — faqat tegishli yoki turdosh taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot berishning sirtqi shaklda — oliy maʼlumotga ega boʻlgan (agar xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan boʻlsa, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) boʻlishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi shaklda — kamida 5 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. Bunda, oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kursidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalariga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarini oʻquv adabiyotlar va materiallar bilan oliy taʼlim muassasasi taʼminlaydi va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalari oliy taʼlim muassasasining barcha oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan bepul foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati 1:20 etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarini talabalar safidan chetlashtirish va oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchisiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayoni taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari va tegishli taʼlim yoʻnalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda taʼlim yoʻnalishlarining ishchi oʻquv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabasi uchun oʻqishga qabul qilingan oʻquv yili boshida (odatda, sentabr-oktabr oylarida) bevosita oliy taʼlim muassasasida 10 kunlik oʻquv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Talabalarga mavzular boʻyicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquv sessiyasigacha boʻlgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish mustaqil, jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talaba metodik koʻrsatmalardan foydalangan holda ishchi oʻquv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil oʻzlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talaba fan boʻyicha topshiriqlarni bajargandan soʻng, uni fan oʻqituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan oʻtkazadi. Fan oʻqituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan oʻqituvchisi mavzular boʻyicha navbatdagi topshiriqlar va koʻrsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga oʻquv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquv sessiyasi davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi. Fan boʻyicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan boʻyicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha yakuniy baholashlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi semestr davomida oʻqitiladigan fanlar qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashgʻulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni oʻzlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini oʻrgatishga qaratiladi. Mavzular boʻyicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquv sessiyasi davomida oʻtkaziladigan maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarida ilgʻor usul va texnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh boʻlib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda talaba tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir oʻquv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan boʻyicha sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurs (loyihasi) ishi;

nazorat savollari va topshiriqlari;

test-sinov savollari;

keyslar, mashqlar, misol va masalalar;

tajriba natijalari;

ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-jadval ishlari va boshqalar.

Oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari oʻquv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muayyan kursdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan talaba oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan keyingi kursga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta oʻqish uchun kursda qoldiriladi. Talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan mustasno.

27. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda har bir talaba uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy taʼlim muassasasidagi faoliyatining toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq ishlarining bajarilishi;

oraliq va yakuniy baholashlar natijalari;

davlat attestatsiyasi baholari;

bitiruv malakaviy ishi boʻyicha baho;

kursdan kursga oʻtganligi.

4-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Masofadan turib oʻqitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videomaʼruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va off-layn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Masofadan turib oʻqitish jadvali sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishning texnik taʼminoti oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

32. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-oʻqituvchilari masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarni oliy taʼlim muassasasi saytidagi “Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalangan xolda taʼlim beruvchi professor-oʻqituvchilar uchun oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi, sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshligʻi va tegishli kafedra mudiri masofadan turib oʻqitishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy taʼlim muassasasi oʻquv-metodik kengashi yigʻilishida muhokama qilib boriladi.

5-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda davlat attestatsiyasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda davlat attestaniyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat attestatsiyalari oʻquv rejasida koʻrsatilgan fan (fanlar majmuasi) boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻquv rejasida bitiruv malakaviy ishini bajarish nazarda tutilgan taqdirda, bitiruv malakaviy ishi oliy taʼlim muassasasi bakalavriatida oʻqitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan bogʻliq holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda taʼlim yoʻnalishi ishchi oʻquv rejasini toʻliq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarining oliy taʼlim muassasasida oʻquv sessiyasida ishtirokini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalariga oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Kursda qoldirilgan talabalarga esa haq toʻlanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qoʻshimcha taʼtil berishi mumkin. Talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buxgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq toʻlanmaydigan taʼtilda ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bitiruv malakaviy ishining yakunlanganligi toʻgʻrisida uning himoyasi belgilangan kundan bir hafta muddat avval sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshligʻi va mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudiri nomiga bildirgi yoziladi va tegishli hujjatda qayd qilinadi. Bildirgi talaba yoki uning ilmiy rahbari tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayonini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida boʻlim boshligʻi va oʻquv-metodik ishlar boʻyicha metodist lavozimlaridan iborat boʻlgan Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim tashkil etiladi. Bunda boʻlim shtat jadvali dekanatlar uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimni oliy taʼlim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boshliq boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;

talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni, boʻlim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;

oʻquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʻqituvchilarning oʻquv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim manfaatlarini oʻz vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʻqituvchilarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimning oliy taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim maʼmuriy boshqaruv jihatdan oliy taʼlim muassasasi rektoriga hamda oʻquv va ilmiy-metodik ishlar yuzasidan oliy taʼlim muassasasining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim faoliyati har bir oʻquv semestri oxirida tegishli fakultetlar oʻquv-metodik kengashida va oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasasi kengashida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori asosida oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalarida kechki (smenali) taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom sogʻliqni saqlash, taʼlim sohasi va harbiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kechki (smenali) taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kechki (smenali) taʼlimga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kechki (smenali) taʼlimda oʻqish muddati — kamida 4,5 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kechki (smenali) taʼlimga kirgan shaxslarga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kechki (smenali) taʼlim talabalarini oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan oliy taʼlim muassasasi taʼminlaydi va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kechki (smenali) taʼlim talabalari oliy taʼlim muassasasining barcha oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan bepul foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kechki (smenali) taʼlimda oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbati kunduzgi taʼlim bilan bir xil nisbatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kechki (smenali) taʼlim talabalarini talabalar safidan chetlashtirish va oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kechki (smenali) taʼlimdan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga hamda kechki (smenali) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchisiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kechki (smenali) taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kechki (smenali) taʼlimda oʻquv jarayoni taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari va tegishli taʼlim yoʻnalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kechki (smenali) taʼlim taʼlim yoʻnalishlarining ishchi oʻquv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kechki (smenali) taʼlimda oʻquv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi tarkibida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kechki (smenali) taʼlimda oʻquv jarayoni bir oʻquv yilida ikki semestrli boʻlib, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kunduzgi taʼlim bilan bir xil tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kechki (smenali) taʼlim talabasi tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kechki (smenali) taʼlimda oʻqish odatda kunduzgi smena mehnat faoliyatidan keyingi vaqtda auditoriya mashgʻulotlari (maʼruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda talabalarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquv mashgʻulotlari oliy taʼlim muassasasi hamda professor-oʻqituvchilarning vaqt va imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalarning mehnat faoliyati smenasiga muvofiqlashtirilib kunning birinchi yarmida ham tashkil qilinishi mumkin. Bunda mazkur talabalar soni akademik guruh shakllantirish darajasida boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kechki (smenali) taʼlimda oʻqish (kunduzgi taʼlimdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, besh kun amalga oshiriladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 akademik soat qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kechki (smenali) taʼlimda maʼruza oʻqish, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarini oʻtkazishda ilgʻor usul va texnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh boʻlib yechish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kechki (smenali) taʼlimda talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kechki (smenali) taʼlimda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi. Oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib joriy baholash turi joriy qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq ish mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari har bir fan boʻyicha tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurs (loyihasi) ishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat savollari va topshiriqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test-sinov savollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyslar, mashqlar, misol va masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muammolarini yechishga yoʻnaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-jadval ishlari va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kechki (smenali) taʼlim talabalarining malakaviy amaliyotlari oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muayyan kursdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan talaba oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi bilan keyingi kursga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi, undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta oʻqish uchun kursda qoldiriladi. Talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kechki (smenali) taʼlimda har bir talaba uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy taʼlim muassasasidagi faoliyatning toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq ishlarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq va yakuniy baholashlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat attestatsiyasi baholari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ishi boʻyicha baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursdan kursga oʻtganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kechki (smenali) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kechki (smenali) taʼlimda masofadan turib oʻqitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Masofadan turib oʻqitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videomaʼruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va off-layn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Masofadan turib oʻqitish jadvali oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kechki (smenali) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishning texnik taʼminoti oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kechki (smenali) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kechki (smenali) taʼlimda taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-oʻqituvchilari masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarini oliy taʼlim muassasasi saytidagi “Kechki (smenali) taʼlim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalangan xolda taʼlim beruvchi professor-oʻqituvchilar uchun oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi, oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi va tegishli kafedra mudiri kechki (smenali) taʼlimda masofadan turib oʻqitish amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy taʼlim muassasasi oʻquv-metodik kengashi yigʻilishida muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kechki (smenali) taʼlimda davlat attestatsiyasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kechki (smenali) taʼlimda davlat attestatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat attestatsiyalari oʻquv rejasida koʻrsatilgan fan (fanlar majmuasi) boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bitiruv malakaviy ishi oliy taʼlim muassasasi bakalavriatida oʻqitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va kechki (smenali) taʼlimda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan bogʻliq holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kechki (smenali) taʼlimda taʼlim yoʻnalishi ishchi oʻquv rejasini toʻliq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kechki (smenali) taʼlimda oʻquv jarayonini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kechki (smenali) taʼlim oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi tomonidan tegishli taʼlim yoʻnalishlari dekanlari bilan birgalikda boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kechki (smenali) taʼlim tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) tarkibida kechki (smenali) taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha qoʻshimcha metodist lavozimlari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki (smenali) taʼlimni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar, davlat va jamoat organlari, taʼlim tizimini boshqaruvchi organlar, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar bilan oʻzaro aloqalarni amalga oshiradi, talabalarning malakaviy amaliyotlari boʻyicha shartnomalarini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni, boʻlim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʻqituvchilarning oʻquv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; oliy taʼlim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda kechki (smenali) taʼlim manfaatlarini oʻz vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki (smenali) taʼlim masalalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kechki (smenali) taʼlim maʼmuriy boshqaruv jihatdan oliy taʼlim muassasasi rektoriga hamda oʻquv va ilmiy-metodik ishlar yuzasidan oliy taʼlim muassasasi oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kechki (smenali) taʼlim bilan bogʻliq xarajatlar oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/930/0301-son; 01.02.2020-y., 09/20/59/0126-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)