Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
925-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-12-son, 91-modda) 4-bandi birinchi va oltinchi xatboshilardagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi”, “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining” va “Markazning” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori”, “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining” va “Yagona integratorning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan “Axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan oʻtkazish va “ZiyoNET” tarmogʻining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” nizomning 2-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “Oʻzinfokom” markazining” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “Oʻzinfokom” markazi” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Oʻzinfokom” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
12-banddagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Oʻzinfokom”” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Oʻzinfokom” markazi huzuridagi” soʻzlari “Yagona integrator” huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 3-ilovada:
7-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga” soʻzlari tegishli ravishda “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Apparat boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari tegishli ravishda “Apparat boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” bloki “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi” bloki bilan almashtirilsin;
“Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 62-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovasida:
a) 24-pozitsiyadagi “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “10” raqami “70” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya qoʻshilsin:
|
“ |
241. |
Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi (Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) |
“Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar |
10 |
”. |
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 70 foizi”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini xodimlarni qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan”;
yigirmanchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash hamda uni yanada rivojlantirish;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda zarurat boʻlganda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyati”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida” Nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining toʻrtinchi xatboshi, 4-bandning “a” kichik bandi hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi va 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
nomidagi “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” bloki “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining” blokiga almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi 466-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 27-son, 622-modda) ilovasining:
a) yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.X. Muxitdinov — Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining direktori v.b.”
a) oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“M.M. Sangilov — Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 625-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 858-modda) bilan tasdiqlangan 2017-2019-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur “Masʼul ijrochilar” ustunining 1 va 35-pozitsiyalaridagi “Uzinfocom” Markazi” soʻzlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)