17.11.2017 yildagi PQ-3393-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5242-son Farmonining ijrosini taʼminlash hamda “Hunarmand” uyushmasi tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish asosida uning faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼatning anʼanaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirish boʻyicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, aholini hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, hunarmandchilik sohasida bandlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hunarmandlarni davlat roʻyxatiga olishda koʻmaklashish, hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning yagona reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, hunarmandchilik sohasidagi qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hunarmandlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda davlat organlarida hunarmandlarning manfaatlarini ifodalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish va takomillashtirish, sayyohlar uchun jozibador boʻlgan hunarmandchilik obyektlari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, isteʼmolchilarga hunarmandchilik mahsulotlarini isteʼmolchilarga sotish, jumladan ularni eksport qilishni ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoit va zarur infratuzilmani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, hunarmandchilik sohasida avlodlar vorisligini taʼminlash, hunarmandlarning yoshlarni mehnatsevarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini ragʻbatlantirish, “Usta-shogird” maktablarini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi yangilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining 33 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat ijro apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimi namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, uyushmaning tashkiliy tuzilmasi, ijro apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlinmalarining tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3068-son qarorining 1-ilovasiga mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar “Hunarmand” uyushmasining daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi aʼzolarining aʼzolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro donorlarning grantlari, homiy tashkilotlarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida jamlanadi va ushbu jamgʻarma orqali sarflanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik mahsulotlarini uzoqdagi tumanlar (shaharlar)dan sotib olish va kelgusida yirik shaharlarda sotish hamda eksport qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi huzurida savdo-xarid qilish korxonalari tashkil etilishini ikki oy muddatda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Hunarmand” uyushmasiga kasanachilik mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish funksiyasiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish, shuningdek, pudratchi korxonalar sifatida, ayniqsa respublikaning qishloq va uzoq tumanlarida, kasanachilar bilan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlar boʻlimlarini joylashtirish uchun bino va inshootlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalariga koʻra, “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmalarini, tuman va shaharlar boʻlimlarini foydalanilmayotgan davlat mulki binolari va xonalariga joylashtirish uchun ularni “Hunarmand” uyushmasiga bepul foydalanish uchun topshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi Respublika hunarmandchilik markazini tashkil etish hamda hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslari koʻrgazma-yarmarkalarini doimiy ravishda oʻtkazish maqsadida Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan “Zarqaynar” milliy liboslar galereyasini “Hunarmand” uyushmasiga biriktirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlaydigan media-rejani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
media-rejada tasdiqlangan tadbirlar yoritiladigan televideniye va radiokanallarni bir oy muddatda belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan televideniye va radiokanallarda media-rejaning tasdiqlangan mavzuli va koʻchma dasturlari, tok-shoular, intervyular va boshqa hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarini namoyish etish uchun efir vaqtining, jumladan eng tigʻiz vaqtlarda, bepul ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar, Doʻmbrobod koʻchasi, 74-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Hunarmand” uyushmasiga yangi talab va vazifalar hisobga olingan yangi tahrirdagi Ustavini tayyorlashga va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3393-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlar soni — 33 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* boʻlim Toshkent shahrida aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchilarning hisobini yuritish bilan shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi “Hunarmand” uyushmasi boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh: Boshqarmalar xodimlari soni hunarmandlar sonidan kelib chiqib, 7 — 10 nafar atrofida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining hunarmandlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tuman (shahar) boʻlimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni 4-5 nafar atrofida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Hunarmandlar soni 100 nafardan kam boʻlgan tuman va shaharlarda “Hunarmand” uyushmasi tuman (shahar) boʻlimning boshqa tuzilmasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son qaroriga 1-ilova kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 07/17/3393/0278-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)