Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis deputatlari saylovlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun tuziladi hamda u oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi hamda referendum toʻgʻrisidagi qonunlariga va boshqa qonunlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilikdan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi oʻzining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik prinsiplarini amalga oshirishga koʻmaklashishga, saylovchilarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini taʼminlashga daʼvat etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadilar.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.
Markaziy komissiyaning vakolatlari Oliy Majlisning qarori boʻyicha tugatilishi mumkin.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Markaziy saylov komissiyasiga aʼzolik
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib, ishonchli vakil yoki saylovchilar tashabbuskor guruhining aʼzosi etib roʻyxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlisi tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasi boʻyicha toʻxtatilishi mumkin:
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari Oliy Majlis sessiyalari oraligʻidagi davrda Oliy Majlis Kengashi tomonidan, qabul qilingan qarorni keyinchalik Oliy Majlis tasdiqlashi sharti bilan toʻxtatilishi mumkin.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis deputatlari saylovini oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalari tizimiga va referendumni oʻtkazuvchi komissiyalarga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis deputatlari saylovi va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularning bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydi;
saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, saylovlarni tashkil etishga oid masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida yoʻriqnomalar chiqaradi va tushuntirishlar berib boradi;
saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini va saylovchilarining sonini koʻrsatgan holda okruglar roʻyxatini eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari va referendum uchastkalarini muayyan okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
okrug saylov komissiyalarining qarorlari, saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlsa, ularni mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
saylov va referendumni tayyorlash hamda oʻtkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish komissiyalariga taqsimlaydi, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish komissiyalari binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylov hamda referendumni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi;
siyosiy partiyalarning, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining kuzatuvchilari, matbuot, televideniye, radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzatuvchilariga moʻljallangan mandat namunasini belgilaydi;
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishiga ijozat berish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar va hokimiyat vakillik organlaridan, shuningdek Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini uyushtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis deputatlari saylovi boʻyicha saylov byulletenlarining, referendumda ovoz berish byulletenining, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendumni oʻtkazish komissiyalari bayonlarining va boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, ovoz berish qutilarining va saylov komissiyalari, referendumni oʻtkazish komissiyalari muhrlarining namunalarini belgilaydi, hujjatlarni saqlash tartibini aniqlaydi;
davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
saylov va referendumning yakunini chiqaradi, umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlaydi va saylovchilar soni yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar soni toʻgʻrisidagi, har bir nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi, referendumga qoʻyilgan savolni yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni matbuotda eʼlon qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
saylangan Oliy Majlis deputatlarini roʻyxatga oladi va saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qiladi;
saylovdan keyin Oliy Majlisning birinchi majlisini Qonunda belgilangan tartibda chaqiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;
deputatlarga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;
(5-moddaning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilarga almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi hamda referendum toʻgʻrisidagi qonunlari jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
saylovni tashkil etish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar arxivga topshirilishini taʼminlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Markaziy saylov komissiyasi Raisining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiyaning aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va boshqa mansabdor shaxslarni taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda Oliy Majlis deputatlari saylovi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumi yakunlari toʻgʻrisida Oliy Majlisga axborot beradi;
ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi oʻz vakolatlarini bajarishining imkoni boʻlmagan taqdirda, shuningdek Rais boʻlmaganida, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosariga yoki Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan komissiya aʼzolaridan biriga yuklanadi.
7-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari
Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy koʻrinishi uning majlislari hisoblanib, ular zaruratga qarab oʻtkaziladi. Agar majlisda komissiya aʼzolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy miqdorining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
8-modda. Markaziy saylov komissiyasi majlisining bayoni
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayon yuritilib, u raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari alohida fikr bildirishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar Rais tomonidan imzolanadi va matbuotda eʼlon qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Markaziy saylov komissiyasi qarorlarining majburiyligi
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendumni oʻtkazish komissiyalari uchun, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Markaziy saylov komissiyasining murojaatlarini koʻrib chiqish
Markaziy saylov komissiyasi saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli boʻlib, ular masalani koʻrib chiqishlari va uch kun ichida javob berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan shikoyat berish
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida, agar saylov yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa — darhol koʻrib chiqilishi lozim.
13-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibini Markaziy saylov komissiyasining Raisi tasdiqlaydi.
14-modda. Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Markaziy saylov komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi uning Reglamentida belgilanadi.
15-modda. Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash
Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash paytida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Markaziy saylov komissiyasining muhri
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Markaziy saylov komissiyasi yuridik shaxs hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
613-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 95-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)