Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018 15.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2947
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018
Hujjat 16.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqod va oliy taʼlim muassasalarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2947]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/4-sonli “Ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish, shuningdek zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3035, 05.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun tartibidagi masalalarni har tomonlama chuqur muhokama qilib, Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasining 2017-yil 20-sentabrdagi 2-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 302-son “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan ilmiy laboratoriyalarni barpo qilish hamda davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalari uchun qoʻshimcha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha loyihalar tanlovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy laboratoriyalarni barpo qilish va davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalari uchun qoʻshimcha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha loyihalarni (bundan buyon matnda buyurtmalar deb yuritiladi) moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob kitoblarga asosan Jamgʻarmaning tegishli moliya yili uchun Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlarida koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Buyurtmalar uchun tanlov oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik tomonidan davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari deb yuritiladi) oʻrtasida buyurtmalar boʻyicha tanlov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmalar boʻyicha tanlov har yili avgust oyida ommaviy axborot vositalari, shuningdek internet-nashrlar, jumladan Agentlikning rasmiy veb-saytida 2 oy muddatga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari buyurtmalari ular bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoralarning rasmiy xati asosida Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan sotib olinishi koʻzda tutilgan ilmiy asbob-uskunalar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tanlovdan tashqari maqsadli tarzda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining buyurtmalariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining rasmiy murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmaning ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligi yuzasidan toʻliq maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmaning toʻliq spetsifikatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi yoki rasmiy yetkazib beruvchi vakillarning dastlabki tijorat takliflari hamda ishlab chiqaruvchi davlat nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalar buyurtmani taqdimot shaklida himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumlashtirilgan buyurtmalarni oʻrganish va asosli xulosalar olish maqsadida Agentlik tomonidan ekspert guruhlari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspert guruhlari Agentlikning buyrugʻi asosida har yili yangi tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlariga qoʻyiladigan texnik vazifa, shu jumladan Buyurtmalarni tanlab olish talablari (meʼyorlari) Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspert guruhlari oʻz yoʻnalishi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari) kamida 7 nafar mutaxassislardan iborat boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamiyat qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika, energiya va resurs tejamkorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmakologiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-mineralogiya, seysmologiya va sesmik barqarorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekspert guruhi rahbari, zarur hollarda tor ixtisoslashuvdagi qoʻshimcha mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlaridan) ekspertiza ishiga jalb qilishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibining soni toq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yirik buyurtmalarni amalga oshirishda ekspert guruhlari faoliyatiga Jamgʻarma bilan kelishilgan holda xalqaro maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert guruhlari 2 oylik muddatda kiritilgan buyurtmalarni toʻliq va har tomonlama chuqur koʻrib chiqib, oʻz yoʻnalishlari boʻyicha yakuniy xulosani Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari yakuniy xulosa tayyorlashda Buyurtmalarning tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasasi uchun prinsipial jihatdan yangi, zamonaviy va yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlanishiga, shuningdek, tegishli tarmoq yoki sohani ehtiyojlari va talablariga mosligiga alohida eʼtibor va ustuvorlik berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspert guruhi majlisini oʻtkazish uchun kvorum uning tarkibining 70 foizini tashkil etishi kerak. Ekspert guruhining barcha majlislari va qabul qilingan qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Koʻrilayotgan masala boʻyicha qaror ekspert guruhi aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspert guruhlarining yakuniy xulosalariga muvofiq tanlab olingan buyurtmalarni amalga oshirish (sotib olish) xarajatlari tegishli moliya yilida Jamgʻarmaning ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilishi kutilayotgan mablagʻlari doirasida boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik ekspert guruhlarining yakuniy xulosalarini umumlashtirib, koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasiga kiritadi. Buyurtmalar roʻyxati Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan buyurtmalarning birlamchi hujjatlari hamda tegishli yoʻnalishdagi ekspert guruhlarining yakuniy xulosalari nusxalari Agentlik tomonidan (asliga toʻgʻriligini tasdiqlovchi muhr bilan) Jamgʻarmaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Buyurtmalarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan buyurtmalar roʻyxatini “Oʻztreyd” AJga xorijiy yetkazib beruvchilarni va ishlab chiqaruvchilarni oʻrganish va tanlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻztreyd” AJ buyurtmalar boʻyicha aniqlangan xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning takliflarini yakuniy tanlash va texnik xulosa olish uchun ekspert guruhlariga kiritadi. Bunda Jamgʻarma “Oʻztreyd” AJga buyurtmalar boʻyicha aniqlangan xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning takliflarini ekspert guruhlarining yakuniy texnik xulosasi asosida tanlangan xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yangi va zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan ilmiy asbob-uskunalarni sotib olish va davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash va zarur sarflanuvchi materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlashni tashkil etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi, “Oʻztreyd” AJ va buyurtmani bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztreyd” AJ belgilangan tartibda oʻtkazilgan xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash asosida ular bilan tovar yetkazib berishga (shu jumladan, zaruriyat boʻlganida tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasiga yetkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi, shuningdek xorijiy valyutada moliyalashtirishni ochish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztreyd” AJdan tovarni qabul qilib olish buyurtmani bergan tegishli ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi. Bunda tovar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga “Oʻztreyd” AJ tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma “Oʻztreyd” AJ tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun berilgan soʻrovnomaga asosan shartnomada belgilangan valyutadagi summalarni oʻrnatilgan tartibda “Oʻztreyd” AJning hisob-raqamiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tegishli ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi uchun sotib olingan ilmiy asbob-uskunalar, sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar mazkur ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasalarning buxgalteriya balansiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmalar bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaning Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlari doirasida moliyalashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2017-y., 10/17/2947/0262-son)