Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.08.2000 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 19.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARDA ISh HAQI TOʻLAShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda mehnatga haq toʻlashning belgilangan tartibi maxsus komissiya tomonidan tekshirilishi natijasida mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirish, mehnatga haq toʻlash mablagʻlarining hisobga olishda toʻliq aks ettirilishi, jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishni hisoblab chiqish va toʻlash masalalarida jiddiy nuqsonlar va kamchiliklar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmlarining bir qismini buxgalteriya hisobida aks ettirmasdan yashirish hollari aniqlanganligini, bu daromadlarning pasayishiga va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib kelishini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash fondi miqdorlarini sunʼiy ravishda pasaytirishga urinishning va yashirin yoʻllar orqali ish haqi toʻlash yoʻli bilan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqi toʻlashning amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning amalda bajarilgan hajmlari yashirilganligi, savdo qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun ilovaga muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar boʻyicha materiallar ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar xodimlariga ish haqini aksiz soligʻi solinadigan tovarlar bilan natura shaklida toʻlash taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar bilan ish haqi toʻlash soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida qaraladi va ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda ish haqi toʻlash hollariga qatʼiy barham bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buxgalteriya hisobida tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmlari, budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va toʻlovlar budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar toʻliq aks ettirilishi muntazam ravishda nazorat qilinishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning rahbarlarini tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi va mehnatga haq toʻlashning amaldagi fondi yashirilganligi uchun javobgarlikka tortsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Markaziy banki mehnatga haq toʻlash fondi miqdorlarining sunʼiy ravishda pasaytirilishi hollariga barham beruvchi, mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan eng kam darajasidan kelib chiqib, Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmlari soliq solishdan yashirish maqsadida buxgalteriya hisobida buzib koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash fondining amaldagi miqdori yashirilganligi va ish haqi yashirin shaklda toʻlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi aksiz soligʻi solinadigan tovarlar bilan toʻlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solinishi kerak boʻlgan daromadlarni yashirish boʻyicha boshqa xatti-harakatlar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka boʻlgan javobgarligi toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-avgustdagi 326-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari jiddiy ravishda buzilishi aniqlangan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Korxonaning nomi ‎

Asosiy faoliyat turi ‎

1.‎ “Elita” QK‎ Savdo- vositachilik ‎
2.‎ “Doz-Tur-LTD” QK‎ Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish ‎
3.‎ “Chimyon-Nur” QK‎ Turizm, chakana savdo, ishlab chiqarish ‎
4.‎ “Naytov Netvorks” xorijiy shuʼba korxonasi ‎ Savdo- vositachilik ‎
5.‎ “El Kol” QK‎ Xalq isteʼmol mollarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish ‎
6.‎ “Art LTD” QK‎ Savdo- vositachilik ‎
7.‎ SP “Tash-Mir” QK‎ Savdo- vositachilik ‎
8.‎ “Bursel inshaat ve makina sanayi tidjaret anonim shirkati” xorijiy korxonasi ‎ Qurilish ‎
9.‎ “AKSA LTD” QK‎ Savdo- vositachilik ‎
10.‎ “Oltoy” savdo- iqtisodiy korxonasi ‎ Savdo- vositachilik ‎
11.‎ “S&Y” QK Savdo va xalq isteʼmol mollarni ishlab chiqarish
12.‎ “Eklit” QK‎ Savdo vositachilik