Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 13.11.2017 yildagi 909-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli “Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xavfli geologik jarayonlar taʼsiridagi hududlarda olib boriladigan muhandis-geologik ishlari sifatini oshirish, nazorat tizimini takomillashtirish, hisobga olish, monitoring olib borish va hududlardan oqilona foydalanish, salbiy oqibatlardan oʻz vaqtida ogohlantirish, xabardor qilish va oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-apreldagi 194-son qarorining 2, 3 va 4-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
909-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining (keyingi oʻrinlarda Davlat kuzatish xizmati deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat kuzatish xizmati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning roʻy berishi mumkin boʻlgan falokatli oqibatlar toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari va aholini ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholi punktlari va boshqa obyektlarni ushbu jarayonlar taʼsiridan himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy va xoʻjalik faoliyat natijasida roʻy beradigan xavfli geologik ekzogen jarayonlarning (koʻchkilar, koʻchishlar, choʻkishlar, suffoziyalar, karstlar) paydo boʻlishi hamda rivojlanishini kuzatuvchi, shuningdek, progonozlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat kuzatish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tizimiga kiradi va bevosita Davlat geologiya qoʻmitasiga boʻysunadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat kuzatish xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Davlat geologiya qoʻmitasining buyruqlariga va ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat kuzatish xizmati oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat kuzatish xizmati xavfli geologik jarayonlarni kuzatish, ularning shakllanishi sharoitlarini, rivojlanishini oʻrganish, roʻy berishi mumkin boʻlgan falokatli oqibatlari toʻgʻrisida aholini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ogohlantirish va xabardor qilish yuzasidan Davlat geologiya qoʻmitasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat kuzatish xizmati va uning hududiy boʻlinmalarining oʻz vakolatlari doirasida beriladigan yozma koʻrsatmalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Davlat kuzatish xizmati va uning hududiy boʻlinmalari yozma koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun qayd etilgan organlar va yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, shuningdek, jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat kuzatish xizmati yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga egadir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat kuzatish xizmatining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Davlat kuzatish xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar rivojlanadigan joylarni aniqlash va ularning faollashishini prognozlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarning yuzaga kelishi va rivojlanishining monitoringi olib borilishini tashkil qilish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ularning roʻy berishi mumkin boʻlgan falokatlari va oqibatlari toʻgʻrisida xabardor qilish va ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmatining yozma koʻrsatmalari, shuningdek, xulosalarida bayon etilgan talablarning barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar, ularning idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarning yangi manbalari shakllanishining oldini olish maqsadida ularning kuchayishi mumkin boʻlgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlash va berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuklangan vazifalarga muvofiq Davlat kuzatish xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli geologik jarayonlar rivojlanadigan joylarni aniqlash va ularning faollashishini prognozlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarni kuzatish ishlarini olib borishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarning salbiy taʼsiridan aholi yashash punktlarini himoya qilishning uzoq muddatli dasturlarini va hududiy chizmalar majmuini chizishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida xavfli geologik jarayonlar roʻy berishi toʻgʻrisidagi axborotga oid maʼlumotlar bankini shakllantiradi va toʻldirib boradi, texnogen faoliyatning xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylardagi geologik muhitga taʼsirini tahlil qiladi, turli idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha xavfli geologik jarayonlarning taʼsiri oqibatida yetkazilgan zararlarni hisobga olib boradi, togʻ yonbagʻirlarining mustahkamligini saqlash boʻyicha tavsiyanomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan tavsiyanomalarning amaliy ahamiyatini har yili tahlil qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xavfli geologik jarayonlar yuzaga kelishi va rivojlanishining monitoringi olib borilishini tashkil qilish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ularning roʻy berishi mumkin boʻlgan falokatlari va oqibatlari toʻgʻrisida xabardor qilish va ogohlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni xavfli geologik jarayonlarning faollashishi mumkinligidan xabardor qiladi va ogohlantiradi, xavfli geologik jarayonlarni kuzatish ishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyanomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati, zarur boʻlsa, oʻzining xabardor qilish tizimidan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi), uning hududiy boshqarmalari, boʻlinmalari va boshqa idoralarining xabardor qilish tizimidan foydalanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hududlardan foydalanishning joriy hamda istiqbol rejalarini, shu jumladan, xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylardagi sanoat va xoʻjalik qurilishlarining loyihalarini kelishadi hamda ularni oʻzlashtirish mumkinligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash joylari va xalq xoʻjaligi obyektlarini xavfli geologik jarayonlar taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihalarini loyihalash tashkilotlari bilan kelishadi, zarur hollarda shunday tadbirlarni muhandislik-geologik jihatdan asoslashni tuzishda (murakkab va alohida muhim obyektlarda) ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemalarini, shaharlar va aholi yashaydigan boshqa joylarning bosh rejalarini ekspertizadan oʻtkazadi, xoʻjalik faoliyatining xavfli geologik jarayonlarni kuchaytirishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsirlariga baho beradi;
(10-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha, shuningdek, xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Davlat kuzatish xizmatining yozma koʻrsatmalari, shuningdek, xulosalarida bayon etilgan talablarning barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar, ularning idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi toʻgʻrisida muhandislik-geologiya axboroti, ularning oldini olish yoki salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun xulosalar va yozma koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVV bilan birgalikda, zarur hollarda, Davlat kuzatish xizmatining yozma koʻrsatmalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilmayotgani toʻgʻrisidagi materiallarni prokuratura organlariga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xavfli geologik jarayonlarning yangi manbalari shakllanishining oldini olish maqsadida ularning kuchayishi mumkin boʻlgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlash va berish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, FVVga, Davlat ekologiya qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylardagi hududlarni oʻzlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi talablarni va hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarning belgilarini kuzatish masalasi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga maslahat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishning notoʻgʻri tartibida xavfli geologik jarayonlarning yuzaga kelishiga, rivojlanishiga yoki ularning kuchayishiga olib keluvchi yangi (rekonstruksiya qilingan) obyektlar hamda inshootlarni qabul qilish va ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyasi ishida qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(10-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat kuzatish xizmati unga yuklangan vazifalarni hal etadi va oʻzining funksiyalarini bevosita hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat kuzatish xizmatining huquqlari, majburiyati va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat kuzatish xizmati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosalar asosida xavfli geologik jarayonlar taʼsiriga uchragan joylarda aholini boshqa joyga koʻchirish, obyektlarni qurish va ulardan foydalanish tartibini boshqa muddatga koʻchirish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ijro etilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlarni aniqlash va rivojlanishini oʻrganish maqsadida idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, maxfiylik tartibidagi obyektlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar hududiga toʻsiqlarsiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslardan, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, aholi yashash punktlari va obyektlarni tekshirish vaqtida zarur hollarda aloqa vositalari, bino va transport vositasi bilan taʼminlashlarini soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, hududlardan togʻ yonbagʻirlarining bardoshliligini saqlashga doir talab va tavsiyalarni buzgan holda foydalanayotgan korxonalar (tashkilotlar) faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVV bilan birgalikda xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda mansabdor shaxslar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar va ulardan foydalanish talablarini qoʻpol ravishda buzish yoki muntazam ravishda bajarmaslik hollariga yoʻl qoʻyilayotganligi, shuningdek, yashovchilarni xavfli joylardan koʻchirish haqidagi yozma koʻrsatmalar bajarilmayotganligi toʻgʻrisidagi materiallarni prokuratura organlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan hududlarning chegarasini har yili belgilash hamda shunga muvofiq ravishda xavfsiz joylarga koʻchirish lozim boʻlgan obyektlar soni va roʻyxatiga zarur oʻzgartirishlar kiritish, ilgari berilgan tavsiyalar va yozma koʻrsatmalarning mazmunini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlarni oʻrganish masalalarini ishlab chiqish maqsadida belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari fond materiallaridan bepul va navbatdan tashqari foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchaygan davrda shoshilinch xabardor qilish va ogohlantirish zarurati tugʻilganda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham egadir.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatish xizmatining Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlariga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda aholini boshqa joyga koʻchirish (muayyan joydan vaqtinchalik koʻchirish), obyektlar qurish va ulardan foydalanish tartibini boshqa muddatga koʻchirish yoki oʻzgartirish, shuningdek, boshqa ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda, agar obyektlar qurilishi xulosalar va ekspertiza dalolatnomalarisiz, loyihalarga rioya etilmasdan amalga oshirilganda yoki Davlat kuzatish xizmatining tavsiyalari bajarilmaganda yoxud bu ishlar hududlardan foydalanishga doir amaldagi normativlarga rioya etilmay bajarilganda oʻz vakolatlari doirasida qurilish ishlarini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar keyingi faoliyati xavfli geologik jarayonlarning paydo boʻlishiga, rivojlanishiga yoki kuchayishiga olib kelsa, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar)ning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar obyektlarni qurish va ulardan foydalanish shart-sharoitlari xavfli geologik jarayonlarning paydo boʻlishiga, rivojlanishiga yoki kuchayishiga olib keladigan boʻlsa, muhandislik-geologik fond materiallarini oʻrganish va asosli dalillar, shuningdek xavfli geologik jarayonlar rivojlangan hududlarning joriy holatidan kelib chiqib ilgari berilgan xulosalarga zarur oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Davlat kuzatish xizmatining yozma koʻrsatmalari bajarilmaganligi haqida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va ularni tegishli organlarga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat kuzatish xizmatining davlat inspektorlariga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosalar asosida aholini boshqa joyga koʻchirish (muayyan joydan vaqtinchalik koʻchirish), obyektlar qurish va ulardan foydalanish vaqtini boshqa muddatga koʻchirish yoki oʻzgartirish, shuningdek, xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda boshqa ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida bajarish majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar obyektlarni qurish va ulardan foydalanish shart-sharoitlari xavfli geologik jarayonlarning paydo boʻlishiga, rivojlanishiga yoki kuchayishiga olib keladigan boʻlsa, xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda hududlarni oʻzlashtirish yuzasidan ilgari berilgan xulosalarga zarur oʻzgartirishlarni bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari bilan kelishgan holda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarning chegarasini aniqlash hamda shunga muvofiq ravishda xavfsiz joylarga koʻchirish lozim boʻlgan xoʻjaliklar soni va obyektlar roʻyxatiga doir muhandislik-texnikaviy tadbirlarga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda yangi (rekonstruksiya qilingan) obyektlar va inshootlarni qabul qilish va foydalanishga topshirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati organlari va mansabdor shaxslarining yozma koʻrsatmalari bajarilmaganligi haqida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va ularni tegishli organlarga bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari bilan kelishgan holda yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat kuzatish xizmati quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfli geologik jarayonlarning paydo boʻlishi va kuchayishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlarni muntazam oʻrganish, ularning roʻy berishi mumkinligi toʻgʻrisida har yili materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash joylari va xalq xoʻjaligi obyektlarini ushbu jarayonlarning taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish va amalga oshirish uchun ularning roʻy berishi mumkin boʻlgan halokatli oqibatlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilish hamda xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilish va ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVVga oʻrganilayotgan hududlarda xavfli geologik jarayonlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi, shuningdek, xavf koʻrsatgichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, xavfli geologik jarayonlar kuchayishi mumkin boʻlgan joylarda hududlardan foydalanishda tor mahkamachilik, mahalliychilik koʻrinishlarining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat kuzatish xizmati va uning mansabdor shaxslari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat kuzatish xizmati faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat kuzatish xizmatiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmatining boshligʻi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati bosh davlat inspektori (keyingi oʻrinlarda kuzatish xizmati bosh davlat inspektori deb ataladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati boshligʻining oʻrinbosarlari kuzatish xizmati bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatish xizmati davlat inspektorlarining shaxsiy tarkibi uch yilda bir marotaba, agar zarur boʻlsa, har yili Davlat kuzatish xizmati boshligʻi taqdimnomasiga binoan Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat kuzatish xizmati boshqaruv apparatidan, davlat inspektorlari, yordamchi boʻlinmalar, shuningdek, rejimli gidrogeologik stansiyalarga tenglashtirilgan hududiy kuzatuv stansiyalaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat kuzatish xizmati boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi va Davlat kuzatish xizmatiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat kuzatish xizmatining davlat inspektori, hududiy stansiyalari va yordamchi boʻlinmalarining vakolatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati boshqaruv apparati xodimlari, hududiy stansiyalar va yordamchi boʻlinmalar bajarishi majburiy boʻlgan majburiy buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmatining shtatlar jadvalini Davlat geologiya qoʻmitasiga kelishish uchun kiritadi va uni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qiladi va belgilangan tartibda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar nomzodlarini mukofotlashga tavsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati boshqaruv apparati, yordamchi boʻlinmalari va hududiy stansiyalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro qilish ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
(19-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kuzatish xizmati boshligʻi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(19-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat kuzatish xizmatida zarur hollarda xavfli geologik jarayonlarni kuzatish jarayonida aniqlangan muammolarni tezkor hal etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan holda respublikada shakllanayotgan koʻchkilar holatini tahlil qilish maqsadida boshliq (shtab raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, hududiy kuzatish stansiyalari boshliqlaridan iborat tarkibda tezkor shtab tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat kuzatish xizmatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat kuzatish xizmatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash yillik mineral xomashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning davlat dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturiga kiritilmagan va ularni amalga oshirish uchun qoʻshimcha xarajatlarni talab qiladigan qoʻshimcha ishlarni bajarishni moliyalashtirish buyurtmachilarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat kuzatish xizmati tomonidan olingan foyda, shuningdek, jamlangan amortizatsiya toʻlovlari va boshqa tushumlar uning tasarrufida qoladi, belgilangan tartibda moddiy-texnik bazani mustahkamlash va axborot-kommunikatsion tizimini rivojlantirish, kasb mahoratining yuqori darajasi, lavozim majburiyatlari sifatli bajarilganligi, ijodiy faolligi va tashabbuskorligi uchun xodimlarni ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat kuzatish xizmatini qayta tashkil qilish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Izoh: Xodimlarning cheklangan soni 154 nafarni tashkil etadi, shu jumladan boshqaruv xodimlari 9 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)