1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga muvofiq, berilayotgan imtiyozlar boʻyicha soliq qonunchiligini qoʻllashda yagona yondashuvni taʼminlash, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilotlarni identifikatsiyalash mexanizmini joriy etish, shuningdek, ularning mahsulotlarini qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari toifasiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshiga muvofiq, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha soliqlardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq soliq imtiyozlari berilishida koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan va soliq imtiyozlari berilayotgan tashkilotlarning yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish masalalari, yoqilgʻi-energetika resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanishning muhimligi muntazam yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
908-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 908-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmasi — qayta tiklanadigan manbalardan elektr, issiqlik energiyasi yoki biogaz ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnologik uskunalar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan energiya manbalari — oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan tabiiy jarayonlar hisobidan uzluksiz qayta tiklanadigan va quyidagilarni oʻz ichiga oladigan energiya manbalari: quyosh nuri energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya — tuproq, yerosti suvlari, daryolar, suv havzalari issiqligi, shuningdek, birlamchi energiya resurslarining antropogen manbalari — biomassa, biogaz hamda elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan organik chiqindilardan boshqa yoqilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot — qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlaydigan va bunday qurilmalarni sotishdan oladigan sof daromadi ulushi sotishdan tushadigan sof daromadning umumiy hajmida hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha kamida 50 foizni tashkil qiladigan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash — tashkilotlar uchun qonunchilikka muvofiq nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash maqsadida davlat soliq xizmati organi tomonidan tashkilotni uning yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga taqdim etadigan maʼlumotnoma-hisob-kitob asosida aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Identifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtiyozlardan foydalanadigan tashkilot qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashganini tasdiqlash uchun yil yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti bilan birga qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash toʻgʻrisida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma-hisob-kitob ham taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga soliq imtiyozlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan identifikatsiyalash asosida beriladi. Bunda tashkilotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma-hisob-kitobda qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari roʻyxatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar tashkilot, hisobot yili yakunlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda, soliq imtiyozlari berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash boʻyicha soliq imtiyozlari berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanmasa), soliq imtiyozlari bekor qilinadi va unga nisbatan ushbu imtiyozlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlash majburiyatlari tiklanadi hamda belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalangan tashkilotlarga ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlar oʻrtasida tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash jarayonida paydo boʻladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari nizolarni hal etish jarayoniga ushbu sohaning tegishli mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishini davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi
_______________________________________________________________________________ manzilida joylashgan __________________________________________________________________________________________________ (tashkilotning toʻliq nomi) _______________________________________________________________________________________________ga (soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
taqdim etiladi.
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma
2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
3. STIR
4. OKED
5. Telefon:
kod
raqam
____________ yilda qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash toʻgʻrisida maʼlumotnoma-hisob-kitob
Ishlab chiqarish hajmi (QQS va aksiz soligʻisiz belgilangan narxlarda), jami
shu jumladan
shundan soliq imtiyozlari berilgan mahsulotlar
Maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligin tasdiqlayman:
Rahbar:
STIR
F.I.O.
________________________
Imzo
________________________
Bosh buxgalter
STIR
F.I.O.
___________________________
Imzo
___________________________
Sana
(kun/oy/yil)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Qurilmaning energiya ishlab chiqarish uslubi boʻyicha nomi
Qayta tiklanadigan manbalar
TIF TN kodi
1.
Quyosh energiyasi qurilmalari
Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga (PV — fotoelektrik oʻzgartirish) va/yoki issiqlik energiyasiga (CSP — termodinamik oʻzgartirish, QSK — quyosh suv isitish kollektori) oʻzgartirish.
8501 61, 8501 62, 8501 63, 8501 64, 8419 19
2.
Shamol energetikasi qurilmalari
Havoda harakatlanuvchi massalarning kinetik energiyasini rotorni aylantirish natijasida mexanik energiyaga va keyinchalik uni elektr energiyasiga oʻzgartirish.
8502 31
3.
Geotermal energiya qurilmalari
Yer usti va osti issiqligidan foydalangan holda issiqlik yoki elektr energiyasi olish.
8502 39
4.
Gidroenergetika (30 MVt gacha) qurilmalari
Suv resurslari va gidravlika tizimlari energiyasini kam quvvatli gidroenergetika qurilmalari (30 MVt gacha) yordamida elektr energiyasiga aylantirish.
8502 39
5.
Bioenergetika qurilmalari
Organik energiya manbalaridan foydalanish orqali issiqlik, elektr va mexanik energiya olish.
8419 89, 8479 89
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/908/0246-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)