Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublika iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning roli va mavqeyini tubdan oshirish, davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-noyabr,
907-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandidagi “tegishli shahar (tuman) hokimi qarori asosida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi, hokim, shuningdek, Yagona buyurtmachi xizmatining ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan Ustavini ham tasdiqlaydi” soʻzlari “belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 11-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat korxonasining muassisi (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari”;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tashkil etilishi mumkin”;
v) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taʼsis etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 12-bandning oʻninchi xatboshidagi va 24-banddagi “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” soʻzlari “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/65/0139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 555-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida” 2007-yil 25-sentabrdagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 39-son, 403-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 56-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda) 2-ilovaning 7-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 13.02.2025-y., 09/25/65/0139-son)