Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M.R. Boltabayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-noyabr,
898-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1998-yil 19-yanvardagi 31-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professor-oʻqituvchilari tarkibi faoliyatini va talabalarini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 196-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi va 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “aspirantlarni” soʻzi “tayanch doktorantlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin”.
b) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “fan doktori” soʻzlari “fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “fan nomzodi” soʻzlari “fan nomzodi, falsafa doktori (PhD)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin”.
g) Nizomga ilovada:
11-banddagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning” soʻzlari “tayanch doktorantlar va doktorantlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “doktorlik dissertatsiyasi” soʻzlari “doktorlik dissertatsiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 10-bandda:
“g” kichik bandning oʻninchi xatboshidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti” soʻzlari “tayanch doktorantura va doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi” soʻzlari “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga”, “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning” va “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” soʻzlari tegishli ravishda “tayanch doktorant va doktorantlarga”, “tayanch doktorant va doktorantlarning” va “tayanch doktorant va doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutini bitirgan tayanch doktorantlarning falsafa doktori (PhD) va doktorantlarning fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalarini himoya qilish holati”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “doktorlik” soʻzi “falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 372-bandning birinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan doktorlik dissertatsiyasi fan doktori ilmiy darajasini” soʻzlari “tayanch doktorantlar va doktorantlardan dissertatsiyasi ilmiy daraja” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 374-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 375-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 376-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovasining 63, 64, 65, 65.1, 65.2-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 13-bandidagi, 18-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 19-bandidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 55-modda):
a) kirish qismidagi “aspirantlarni” soʻzi “tayanch doktorantlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “aspirantlar” soʻzi “tayanch doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
ilova nomidagi “aspirantlar” soʻzi “tayanch doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “aspirantlariga” soʻzi “tayanch doktorantlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” soʻzi “tayanch doktorantlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” soʻzi “tayanch doktorantlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “nomzodlik minimumlarini” soʻzlari “malakaviy imtihonlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “aspiranturadagi” soʻzi “tayanch doktoranturadagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “aspirantlar” soʻzi “tayanch doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” soʻzi “tayanch doktorantlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarni” soʻzi “tayanch doktorantlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” soʻzi “tayanch doktorantlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “aspirantning” va “aspiranturaning” soʻzlari tegishli ravishda “tayanch doktorantning” va “tayanch doktoranturaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “aspirantlarga” soʻzi “tayanch doktorantlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band chiqarib tashlansin;
13-banddagi “aspirantlar” va “aspirant” soʻzlari tegishli ravishda “tayanch doktorantlar” va “tayanch doktorant” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan talabalar davlat oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida magistraturaga grant asosida (bakalavr-stipendiatlar) va tayanch doktoranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha ular tomonidan toʻplagan yakuniy ballari teng boʻlgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari;
magistraturani aʼlo baholar bilan tamomlaganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega boʻlganlar”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan talabalar oʻqishni tamomlagandan soʻng ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavr-stipendiatlar uchun) oʻqishni davom ettirish maqsadida xorijga yuborilish huquqini saqlab qoladilar”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 21-maydagi 145-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 10-bandi oʻninchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 10-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 10-bandi oʻninchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 10-bandi oʻninchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovaning 10-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori 7-ilovasining 5 va 10-bandlaridagi “aspirantura” soʻzi “tayanch doktorantura” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
a) 12-bandning “e” kichik bandidagi va 35-bandning “e” kichik bandidagi “klinik ordinaturada” soʻzlaridan keyin “tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 63-bandining birinchi xatboshida “klinik ordinaturada” soʻzlaridan keyin “klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qarori 2-ilovasining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Fakultetda ilmiy va metodik ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi 302-son va “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 8-bandi sakkizinchi xatboshidagi va 16-bandi uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 17-dekabrdagi 331-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish hamda kutubxonaning yangi binosi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 7-avgustdagi 219-son qarorida:
a) 4-banddagi “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar” soʻzlari “tayanch doktorantlar va doktorantlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 94-modda) 1-ilovasining 38-bandi beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda):
a) 1-ilovaning 3-bandi beshinchi xatboshidagi “falsafa” soʻzi “fan” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-bandning beshinchi xatboshida “falsafa” soʻzi “fan” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “va yuridik” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son; 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son; 27.04.2021-y., 09/21/236/0376-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)