08.11.2017 yildagi 897-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, hududda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining umumiy maydonida kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda xatlov natijalariga ko‘ra kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mos bo‘lgan obyektlarni belgilangan tartibda Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligiga berilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va ilgari xususiylashtirilgan ishlab chiqarish maydonlarini doimiy xatlovdan o‘tkazib borsin hamda xatlov natijalariga ko‘ra yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun mos bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini belgilangan tartibda Jizzax viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashiga (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasi hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi istisno tariqasida “nol” stavka miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasi hududidagi davlat ko‘chmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga ijaraga beriladi hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilganda va belgilangan ish o‘rinlari yaratilib, saqlangan taqdirda keyinchalik o‘rnatilgan tartibda mulk huquqi rasmiylashtirib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda manzilli ro‘yxat deb ataladi) ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ma’muriy kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar manzilli ro‘yxatiga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli ro‘yxat doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallarini loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan bir oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ushbu qarorda nazarda tutilgan asosiy chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek beriladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda 2018-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallariga uzviy bog‘lagan holda kichik sanoat zonasining yo‘l-transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish uchun kapital qo‘yilmalar limitlarini hamda markazlashgan investitsiyalarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Jizzax viloyat hokimligiga kichik sanoat zonasida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq belgilangan tartibda elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahridagi tadbirkorlik subyektlariga bank-moliya xizmatlarini kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mini bankini ochish hamda tijorat banklariga manzilli ro‘yxatga kiritilgan loyihalar bo‘yicha kredit shartnomalarining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va moliyalashtirish boshlanishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.A. Saliyev va Zomin tumani hokimi S.M. Umrzoqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
897-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 897-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillar davomida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha tashabbuskori

Loyiha nomi

Loyiha qiymati (mln. so‘m)

Shundan:

Bank nomi

Ishga tushish muddati

Ish o‘rni

o‘z mablag‘i

bank krediti

xorijiy investitsiya
(ming doll.)

Jami

716 473

71 922

157 590

60 492

1 841

1.

“Kiparis” FX

Qurilish materiallari (kafel, shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish

688

192

496

Milliy bank

2018-yil 2-chorak

14

2.

“Zomin agro fresh” MChJ

Logistika markazini tashkil etish

80 000

12 000

68 000

Milliy bank

2018-yil 3-chorak

100

3.

“Zafar universal servis” XK

Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

496

88

408

Xalq banki

2018-yil
4-chorak

8

4.

“Dashtobod mebel” XK

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

482

80

402

Qishloq qurilish bank

2019-yil 2-chorak

10

5.

“Yog‘och robit biznes” MChJ

Sutni qayta ishlashni tashkil etish

280

80

200

Qishloq qurilish bank

2019-yil 3-chorak

5

6.

“Zomin polimer” XK

Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish

344

200

144

Ipoteka bank

2018-yil 4-chorak

10

7.

“Barhayot Ravshan” XK

Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish

1 384

400

984

Asaka bank

2018-yil
4-chorak

15

8.

“Islomjon Anorboy” XK

Alyumin profildan eshik va romlar ishlab chiqarishni tashkil etish

200

32

168

Asaka bank

2018-yil 2-chorak

3

9.

“Rustam Subonov” XK

Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

100

30

70

Asaka bank

2018-yil 1-chorak

3

10.

“Erkin gold star” XK

Pishiq g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish

296

96

200

Turon bank

2018-yil 2-chorak

12

11.

“Cho‘qqili tog‘ jilosi” XK

Asalari uyalari va ramkalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

148

49

99

Turon bank

2018-yil 2-chorak

7

12.

“Zomin teks eksport” MChJ (1-bosqich)

Kalava ip ishlab chiqarishni tashkil etish

139 748

17 360

Milliy bank

2018-yil 2-chorak

150

13.

“Zomin teks eksport” MChJ (2-bosqich)

Trikotaj mato ishlab chiqarish, bo‘yash va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

255 035

24 000

28 700

Milliy bank

2019-yil 1-chorak

350

14.

“Zomin teks eksport” MChJ

Bolalar gigiyenik tagliklarini ishlab chiqarishni tashkil etish

1 124

416

88

Milliy bank

2019-yil 2-chorak

30

15.

“Zomin teks eksport” MChJ

Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

1 326

416

113

Milliy bank

2019-yil 4-chorak

100

16.

“Zomin teks eksport” MChJ

Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

458

208

31

Milliy bank

2019-yil
3-chorak

24

17.

“Zomin teks eksport” MChJ

Mikrofibra ishlab chiqarishni tashkil etish

24 150

3 000

Milliy bank

2019-yil 4-chorak

50

18.

“Go‘zal Zomin Avtomobilchi” MChJ

Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

600

200

400

Hamkorbank

2018-yil 2-chorak

8

19.

“Dal Teknik Makina” MChJQK

Bruschatka mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

16 100

2 000

O‘T-Bank

2018-yil 4-chorak

12

20.

“Dal Teknik Makina” MChJQK

Beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

8 050

1 000

O‘T-Bank

2018-yil 4-chorak

15

21.

“Dal Teknik Makina” MChJQK

Gazobeton mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish

66 010

8 200

O‘T-Bank

2019-yil 4-chorak

40

22.

“Zomin Milk Food” MChJ

Quruq sut, muzlatilgan yogurt, muzqaymoq ishlab chiqarishni tashkil qilish

35 000

9 000

26 000

Aziya Alyans bank

2018-yil 4-chorak

100

23.

“Zamon-Baxor” XK

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish

250

100

150

Mikrokredit bank

2018-yil 1-chorak

5

24.

“Temur-Dovud” XK

Shlakoblok ishlab chiqarishni tashkil etish

220

120

100

Mikrokredit bank

2018-yil 3-chorak

10

25.

“Zomin Tekstil” MChJ

Ip kalava ishlab chiqarishni tashkil qilish

53 984

18 115

35 869

Milliy bank

2018-yil 2-chorak

250

26.

“Zomin Tekstil” MChJ

Trikotaj mato to‘qishni tashkil qilish

24 000

4 800

19 200

Milliy bank

2018-yil 4-chorak

150

27.

“Zomin Tekstil” MChJ

Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish

4 000

800

3 200

Milliy bank

2019-yil 1-chorak

350

28.

“Sirdaryo baraka ulgurji savdo” MChJ

Muzlatgich sig‘imini tashkil etish

2 000

500

1 500

Tijorat banki

2018-yil 4-chorak

10

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/897/0233-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)