Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar boʻlimi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qoʻyiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2415-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar boʻlimi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qoʻyiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2415, 2013-yil 25-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 52-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 21-dekabrdagi 26/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar boʻlimi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qoʻyiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2415-1, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 11-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/18-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2415-2/0226-son)