Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qarorini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari va daromadlari jamgʻarilishini taʼminlash, Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini joylashtirish uchun tegishli bino ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 30-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-noyabr,
886-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, milliy va xorijiy valyutada bank hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining taʼminotini amalga oshirish;
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy tadbirlar majmuasini amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasining yanada rivojlanishiga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblari va ular tomonidan tashabbus koʻrsatilayotgan tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarning oʻtkazilishi uchun har tomonlama koʻmaklashish;
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasidagi xalqaro madaniyat tashkilotlari va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda homiylikning rivojlanishiga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston sanʼatining jahon adabiy va madaniy muhitiga integratsiyasi va madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mamlakatning raqobatbardoshligini va ilmiy-texnik salohiyatini namoyish qilishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning madaniyat va sanʼat sohasidagi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda, mamlakatimizning muzey va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq holda yangi madaniyat muassasalarining qurilishida koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning mukammal va joriy taʼmirlanishini amalga oshirish;
xalqaro institutlar, hukumatlar, homiylar va xorijiy donorlar bilan hamkorlikda loyihalarning birgalikda moliyalashtirilishini tashkil etishni taʼminlash;
ijobiy xalqaro tajribani respublikada joriy qilishga doir takliflarni tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganish;
aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish hajmini va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi budjet muassasalari va tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalariga mablagʻlar tushumini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilikda belgilangan manbalardan kelib tushuvchi mablagʻlar jamgʻarilishini taʼminlash;
ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarga mablagʻlarni maqsadli ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
daromad va xarajatlar smetasini tasdiqlash, shuningdek, tasdiqlangan daromad va xarajatlar smetasiga muvofiq holda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining hisobraqamiga mablagʻlarning doimiy oʻtkazilishini taʼminlash;
milliy va xorijiy madaniyat va sanʼat namoyondalarining ijodi bilan tanishishga doir tadbirlarni tashkillashtirish;
madaniyat va sanʼatning turli sohalarini ommalashtirish, shuningdek, madaniyat arboblarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini oʻtkazish;
Jamgʻarma homiyligida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasini tuzish va tasdiqlash;
xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tadbirlar, shu jumladan ularning investitsiya loyihalarida, grantlarni ajratishdagi ishtirokini tashkillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa yordamlar koʻrsatish;
madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat arboblarini jahon madaniy hamjamiyatiga keng jalb etish, shu jumladan ularning xalqaro koʻrgazmalar, konferensiyalar, festivallar va shu kabilardagi ishtirokini taʼminlashga doir tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazish;
madaniyat va sanʼatni ommalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro madaniy tadbirlarning oʻtkazilishini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
madaniyat va sanʼat sohasi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida mamlakatning iqtidorli oʻquvchilar va talabalarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
madaniyat va sanʼatni, ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni, shuningdek, madaniyat va sanʼat muassasalari qurish bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirish;
(5-bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qarori tahririda)
xorijiy tajribani oʻrganish va muzeylar hamda boshqa madaniyat muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarni, shu jumladan, nodavlat tashkilotlarni moliyalashtirish;
(5-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qarori tahririda)
madaniyat muassasalarini loyihalash, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish boʻyicha tadbirlar rejasini tuzish va ularning mukammal va joriy taʼmirlanishini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish va tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ularni joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
joriy holatni oʻrganish, shuningdek Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan pulli xizmatlar hajmini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
tahlil oʻtkazish va Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishini prognoz qilish;
ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetalarini ishlab chiqish va ularni Jamgʻarma Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining hisobini yuritish va ularning bajarilishi boʻyicha Jamgʻarma Kengashiga har choraklik hisobotni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
pulli asosda noyob brend mahsulotlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida Vatan madaniyati va sanʼati sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni targʻib qilish maqsadida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi
6. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalar boʻyicha keyingi yil uchun daromad va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va mablagʻlarining xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Jamgʻarmaning tuzilmasini, shtatlar sonini va Jamgʻarmani taʼminlash mablagʻlarining cheklangan umumiy miqdorini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarma Kengashi Kengash Raisining taklifiga binoan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
9. Jamgʻarma faoliyatini boshqarishni Jamgʻarmaning ijrochi direktori amalga oshiradi.
Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Jamgʻarmaning ijrochi direktori:
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkillashtiradi, xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida ijro organining shtatlar jadvalini shakllantiradi, xoʻjalik, mehnat va boshqa shartnoma va hujjatlarni Jamgʻarma nomidan imzolaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi bilan birgalikda, belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirishni tashkillashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
har yarim yilda kamida bir marta Jamgʻarma Kengashiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi haqidagi hisobotni taqdim etadi;
Jamgʻarma mablagʻlari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanilishi, shu jumladan xorijiy investitsiya va homiylarni jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
11. Jamgʻarma ijrochi direktori taklifiga binoan Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tuzilishi mumkin, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamgʻarma huzurida madaniyat va sanʼat arboblaridan Ekspert kengash tuzilishi mumkin, uning tarkibi Jamgʻarmaning ijrochi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
13. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat bojidan tushgan mablagʻlarning 70 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat foydasiga undirilgan mulkning sotilishidan Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga kelib tushgan mablagʻlarning bir qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qaroriga muvofiq, “Oʻzsharobsanoat” AJ tomonidan oʻzining shaxsiy tashabbusi tartibida har yili ajratiladigan mablagʻlar;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari, grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
14. Jamgʻarma ijrochi direktori Jamgʻarma mablagʻlarining tasarrufchisi hisoblanadi.
15. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini va Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasini taʼminlash xarajatlari qoplangandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromad va xarajatlari smetasiga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:
75 foizdan kam boʻlmagan mablagʻ — mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni oʻtkazish uchun;
25 foizdan koʻp boʻlmagan mablagʻ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofazasi uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasi budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun (choraklar, tushumlar manbalari va ularning sarflanish yoʻnalishlari boʻyicha) qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlaridan grant asosida milliy madaniy davlat dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) uchun foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Jamgʻarmaning huquqlari va majburiyatlari
18. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlaridan Jamgʻarma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni soʻrash va olish;
oʻz bank hisobraqamlarida mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan manbalardan kelib tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarish;
Jamgʻarma tomonidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarni likvidli moliyaviy instrumentlarga (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va shu kabilarga) joylashtirish;
Jamgʻarma mablagʻlarining madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga doir aniq loyihalar uchun ajratilishida shartlarni belgilash;
shartnomalar, shu jumladan oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan tuzish;
madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbuslar bilan chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy axborot vositalarida oʻz faoliyati haqida materiallar chop etish;
Jamgʻarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Jamgʻarma qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
mazkur Nizomda belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Jamgʻarma daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qilish, aniqlangan va mablagʻlarining kelib tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
7-bob. Hisobga olish, hisobot va nazorat
20. Jamgʻarma har yili qonunchilikka muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Jamgʻarmaning moliyaviy hisoboti moliyaviy yil yakunlangandan soʻng auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi. Moliyaviy hisobot, auditorlik xulosasi va rahbariyatga xat har yili 1-maydan kech boʻlmagan muddatda Jamgʻarma Kengashiga taqdim etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. 1-ilova ilova deb hisoblansin.
3. Ilovada:
5-banddagi “budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Vazir bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin
Keyingi tahrirga qarang.