Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
PQ-3376-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3376-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv xodimlari sonini yanada maqbullashtirish xamda qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PQ-853-sonli qarorida:
a) 2-ilovasining 7-boʻlimidagi 8-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilovasining 7-boʻlimidagi 8-pozitsiyasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-maydagi PQ-1257-sonli qarorining 1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishiga, ularning toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishiga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq miqdorda tushishini taʼminlash;
soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlarini oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilgʻor usullarini keng joriy etish yordamida ularni toʻliq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish;
soliqqa tortish bazasini kengaytirishning tahlili va taʼsirchan chora-tadbirlarini, shu jumladan, mintaqalarning soliq salohiyati va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasini tizimli tahlil qilish yordamida ishlab chiqish, soliq yigʻiluvchanligini oshirish choralarini koʻrish, soliq nazoratining zamonaviy metodlarini joriy etish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
pul mablagʻlarining noqonuniy muomalada boʻlishi manbalarini bartaraf etish, aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd tushumning oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
soliq toʻlovchilarga kontaktsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam berish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy madaniyatini oshirish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyatini, ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish hamda ularning hududlarida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruvlar oʻtkazgan holda, jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish;
moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan soliqqa tortish masalalarida, shu jumladan, respublika va mahalliy budjetlarning daromadlarini koʻpaytirishning qoʻshimcha rezervlarini aniqlash yordamida hamkorlik qilish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalarida respublika nazorat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash, bu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qilib borish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, soliq organlarini yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlish holatlariga qatʼiy barham berish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, xodimlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash hamda ularga xizmatlarini oʻtash uchun munosib sharoitlar yaratish”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari deb hisoblansin:
soliq toʻlovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va toʻlangan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek ular boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash;
soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilgʻor usullarini keng joriy etish;
soliq toʻlovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq maʼmuriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida soliqqa tortish masalalarida, jumladan, aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interfaol xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq toʻlovchilarga butunlay kontaktsiz elektron xizmat koʻrsatishni, jumladan, davlat interfaol xizmatlari koʻrsatuvchi Yagona portal orqali taʼminlash;
axborot xavfsizligini taʼminlash hamda mavjud maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻrish”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)