03.11.2017 yildagi PQ-3375-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 27-iyuldagi 974-III-son, 18-avgustdagi 1050-III-son, 1051-III-son va 1052-III-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 27-iyuldagi KQ-211-III-son, Oliy Majlis Senatining 24-avgustdagi SQ-207-Sh-son, SQ-208-III-son, SQ-209-III-son va 25-avgustdagi SQ-222-III-son qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilgan tuman va shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori doirasida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish bilan bog‘liq zarur tashkiliy texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlari budjetlarining va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlarini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumanini tashkil etilishi hamda Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlarining viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek Yangiyo‘l, Ohangaron va Zangiota tumanlaridagi mavjud shtatlarning qisqarishi natijasida bo‘shab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining shahar va tumanlar bo‘linmalari ro‘yxati hamda ularga qo‘shimcha kiritilayotgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda tashkil etilayotgan Toshkent tumani, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritilayotgan Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlarining ma’muriy hududlarini inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligiga bo‘ysunuvchi Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklari tashkil etilishi natijasida ularning ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarganligi munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan viloyatga bo‘ysunuvchi Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent tumani, Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shaharlarida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralarini, “Yagona darcha” markazlarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqib, tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3375-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumanini tuzish, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ramatov A.J.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, Respublika komissiyasi rahbari

2.

Bekenov S.X.

Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika komissiyasi rahbari o‘rinbosari

3.

Ibragimov G‘.I.

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi, Respublika komissiyasi rahbari o‘rinbosari

4.

Jumaniyazov M.B.

Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri

5.

Xodjayev B.A.

Moliya vaziri

6.

Inoyatov U.I.

Xalq ta’limi vaziri

7.

Sayfullayev B.S.

Madaniyat vaziri

8.

Soliyev M.X.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

9.

Jo‘rayev N.S.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

Xamrayev Sh.R.

Suv xo‘jaligi vaziri

11.

Yusupaliyev B.K.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

12.

Nizamov B.M.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari

13.

Sayfnazarov S.I.

Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

14.

Zakirov B.I.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi

15.

Gulyamov R.A.

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi

16.

Kurbanov R.J.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

17.

Abdullayev A.X.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

18.

Abduvaliyev A.A.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi

19.

Mirusmanov B.M.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

20.

Yuldashev A.A.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

21.

Xodjizadayev Sh.Sh.

Markaziy bank raisining o‘rinbosari

22.

Raimov R.O.

“O‘zbekenergo” AJ raisi o‘rinbosari

23.

Bashmanov M.A.

“O‘ztransgaz” AJ raisi o‘rinbosari

24.

Rafikov K.M.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining raisi

25.

Jalilov Sh.I.

O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining boshqaruvi raisi

26.

Javlonov Sh.S.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

27.

Madjidov Sh.T.

Vazirlar Mahkamasi ATDpipg Toshkent viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning o‘rniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3375-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining shahar va tumanlar bo‘linmalari ro‘yxati hamda ularga qo‘shimcha kiritilayotgan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

Jami

Toshkent tumani

Yangiyo‘l shahri

Ohangaron shahri

Nurafshon shahri

I. Belgilangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni*

1.

Xalq ta’limi bo‘limi

40

10

10

10

10

2.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

9

9

-

-

-

3.

Davlat soliq inspeksiyasi

173

55

50

38

30

4.

Sog‘liqni saqlash bo‘limi

20

5

5

5

5

5.

DSEN markazi

8

2

2

2

2

II. Qo‘shimcha shtat birliklari kiritish hisobiga tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni**

6.

Madaniyat bo‘limi

16

4

4

4

4

7.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha bosh mutaxassisi

4

1

1

1

1

8.

Veterinariya bo‘limi

28

7

7

7

7

9.

Bandlikka ko‘maklashish markazi

32

8

8

8

8

10.

“Nuroniy” jamg‘armasi

4

1

1

1

1

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

8

2

2

2

2

12.

Arxitektura va qurilish bo‘limi

4

1

1

1

1

13.

Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi

4

1

1

1

1

14.

Pensiya jamg‘armasi

12

3

3

3

3

15.

Moliya bo‘limi

43

10

10

10

13

16.

G‘aznachilik bo‘linmasi

12

3

3

3

3

17.

Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi

17

3

4

4

6

18.

Obodonlashtirish boshqarmasi

36

9

9

9

9

19.

Irrigatsiya bo‘limi

2

2

-

-

-

20.

Statistika bo‘limi

12

3

3

3

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqaruv xodimlari cheklangan soniga qo‘shimchalar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 07/17/3375/0209-son)