Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga ilovaning 2-bandi “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-noyabr,
PF-5227-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan
oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-son Farmoniga ilovaning 3-bandi oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi, oʻn toʻqqizinchi — qirq birinchi va qirq uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillash girish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “ochiq auksion savdolari” soʻzlari “elektron onlayn-auksionlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
“2. Ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini, koʻchmas mulkni shu jumladan, yer uchastkasini (jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi obyekti hisoblanadigan), qurilishi tugallanmagan obyektni sotish faqat “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli operator (keyingi oʻrinlarda — operator) tomonidan oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksionlar shaklida oʻtkaziladi.
Operator tomonidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksionlarda xar qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishtirok egishga haqli.
Elektron onlayn-auksionga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida joylashgan turar joy koʻchmas mulki qoʻyilgan taqdirda, unda tegishli ravishda faqat Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskada turuvchi jismoniy shaxslar bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishlari mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish operator tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi”;
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
III boʻlim nomidagi “auksionda sotish uchun yuborish” soʻzlari “elektron onlayn-auksionda sotish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish va oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon egilsin:
“10. Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun yuborish, elektron onlayn-auksionni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi”;
11 — 14-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
IV — VI-boʻlimlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boshqarmalari operator tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi”;
Nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi 5-kichik bandining toʻqqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)