27.07.2017 yildagi PQ-3149-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionlar ularda Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma va lot to‘g‘risidagi ma’lumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion o‘tkazish boshlanishiga 30 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish tamoyili, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Byuro huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Byuro bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Byuro O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda tele- va radiokanallarda, bosma nashrlarda, Internet tarmog‘ida, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror normalarining mazmun-mohiyati elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va uni o‘tkazish natijalariga ko‘ra mol-mulkni realizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3149-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda, mol-mulk Internet tarmog‘idagi “E-AUKSION” elektron savdo platformasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotiladigan mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning xodimlari. Bunda, javobgarlik ishtirok etgan shaxs zimmasiga yuklanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun operator tomonidan davlat ijrochisining buyurtmasi bo‘yicha qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni auksionga chiqarish va auksion natijasi bo‘yicha uni g‘olibga topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mol-mulkni realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun materiallarni tayyorlash
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga davlat ijrochisi qabul qiladigan qarorga asosan qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor va undiruvchini o‘tkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda xabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib mol-mulk elektron onlayn-auksionga qo‘yilmaydi, davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun davlat ijrochisi Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan shaklda ijro ishi yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmaga quyidagi hujjatlar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni xatlash bayonnomasining yoki mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi qarorning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni baholash haqidagi hisobotning yoki baholash to‘g‘risida davlat ijrochisi qarorining yoxud mol-mulkning baholangan narxi ko‘rsatilgan sud qarorining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk turidan kelib chiqib uni tavsiflaydigan hujjatlar;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkka oid taqiqlar (jarimalar) to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 63-moddasida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron xat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar xatda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochisi bir hafta muddatda operator tomonidan ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani mazkur Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq qaytadan yuboradi
Oldingi tahrirga qarang.
(3 — 8-boblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Elektron onlayn-auksionni to‘xtatish yoki bekor qilish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ijro ishi yuritish to‘xtatilganda, agar ijro harakatlarini to‘xtatish haqidagi davlat ijrochisining so‘rov xati yoki sud qarori yoxud ijro hujjatini bergan boshqa organning qarori operatorga elektron onlayn-auksion o‘tkazish boshlangunga qadar yoki u o‘tkazilmagan deb topilgandan so‘ng kelib tushgan taqdirda elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari to‘xtatilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda auksionni bekor qilinganligi haqidagi ma’lumot uni bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auksion ishtirokchisining arizasiga asosan zakalat puli buyurtma berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida unga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi yuritish tiklanganda, operator ijro ishi yuritishni tiklash to‘g‘risida davlat ijrochisi yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsning so‘rov xati yoki qarorini olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni (shu jumladan, takroriy auksionni) o‘tkazish haqidagi xabarnomada tegishli axborotni joylashtiradi.
(57-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan qaror bekor bo‘lganda, ijro ishi yuritish boshqa asoslar bo‘yicha tugatilgan yoki tamomlanganda, agar tegishli so‘rov xati operatorga elektron onlayn-auksion o‘tkaziladigan kun soat 09:50 gacha (GMT+5) yoki u o‘tkazilmagan deb topilgandan so‘ng “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali kelib tushgan taqdirda, elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari mol-mulkni auksion savdosidan olgan holda to‘xtatiladi.
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda auksion bekor qilinganligi va mol-mulk auksion savdolaridan olinganligi haqidagi ma’lumot bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat puli auksion bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida auksion ishtirokchilariga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ijro ishi yuritishni to‘xtatish yoki tiklash, shuningdek, ijro ishi yuritishni tamomlash yoki tugatish haqida davlat ijrochisi tomonidan operatorni xabardor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Auksionni o‘tkazish paytida ijro ishi yuritishni to‘xtatish, tugatish va tamomlash haqidagi so‘rov xati operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va auksion obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va nizolar sud tomonidan auksion g‘olibining qonuniy manfaatlarini hamda elektron onlayn-auksionda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3149-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

MXX (R. Gulyamov), IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

4.

Majburiy ijro choralarini qo‘llash va qarzdorning mol-mulkini xatlashda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning likvidligini aniqlash qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

II. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish

5.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi) Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Markazni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ustavni tasdiqlash va Markazni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

6.

Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

7.

Markazni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi (M. Azimov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

8.

Elektron raqamli imzoni ro‘yxatdan o‘tkazish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy, tashkiliy-texnik va dasturiy-apparat ishlarini o‘rnatilgan talablarga muvofiq amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

9.

Markazni elektron raqamli imzoni ro‘yxatdan o‘tkazish markazi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma olish

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

III. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasini tashkil etish va mol-mulklarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish

10.

Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni va mulkiy huquqlarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Konsepsiya

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

11.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

12.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun server va boshqa apparat jihozlari, sertifikatlangan dasturiy mahsulotlarni xarid qilish.

Asbob-uskunalarni xarid qilish

2017-yil

10-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Markaz

13.

Quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiquvchi tashkilotni tanlab olish;

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

5-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

14.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy kompleksini qabul qilish va tajriba tariqasida foydalanishga topshirish.

Qabul qilish dalolatnomasi

2017-yil

15-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

15.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini sanoatda foydalanishga joriy etish.

Foydalanishga topshirish dalolatnomasi

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

16.

Markazning veb-saytini ishlab chiqish hamda Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga elektron onlayn-auksionlarga qo‘yilgan mol-mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardagi ma’lumotlarni yangilab borish imkonini yaratgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

17.

Aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va mol-mulklarni sotib olish,shuningdek, elektron raqamli imzoni olish tartibi bilan keng tanishtirishni nazarda tutuvchi ko‘rgazmaviy videoroliklar va boshqa video mahsulotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tele- va radiokanallarda joylashtirish va e’lon qilish uchun tayyorlash.

Targ‘ibot materiallarini tayyorlash

2017-yil

20-avgustga qadar

MTRK (X. Mirzaxidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 727-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)