Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2023 11.10.2017 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2023
Hujjat 23.06.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-tergov amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi, shuningdek qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mulk uning barcha shakllarida daxlsizdir va unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan taʼqib etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar orasida oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar oʻsishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Firibgarlik oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qonunga xilof ravishda va tekin qoʻlga kiritishda ifodalanib, buning taʼsirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga boʻlgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qoʻyilishiga imkoniyat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʻyicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim boʻlgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firibgarlikda yolgʻon maʼlumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday holatlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati, niyati (masalan, aybdor shaxs oʻzini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida koʻrsatishi) taalluqli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki toʻlov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻynash chogʻida aldov usullarini qoʻllash va h.k. kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqeyi yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urugʻlik munosabatlari sabab boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish mulkni yoki unga boʻlgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega boʻlmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga toʻlmaganligi), koʻzi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi, ularning analoglari yoki psixotrop modda taʼsirida ogʻir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki oʻgʻirlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy egaligiga oʻtgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega boʻlgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga koʻra, shaxs bankdagi pul mablagʻlarini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (oʻtkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega boʻlganligi tufayli, jinoyat bu mablagʻlar ularni mablagʻ egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga oʻtkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda oʻzganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo boʻlgan paytdan (masalan, koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi shart boʻlgan boshqa mulkka nisbatan huquq roʻyxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar shaxs oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan boʻlsa, qilmish aybdorda oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd faqat oʻzganing mulki yoki unga boʻlgan huquq qoʻlga kiritilgunga qadar paydo boʻlgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Oʻzganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi toʻgʻrisida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablagʻlaridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar oʻz oʻzidan shaxsni firibgarlik sodir etishda aybdor deb topish uchun asos boʻlmaydi, shu tufayli, shaxsning oʻz majburiyatlarini bila turib bajarish niyati boʻlmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻzganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan boʻlsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning oʻziga xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini toʻlamay oʻzining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida ayrim obyektiv sabablarga koʻra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi, ogʻir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki oʻzganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni boʻlmasa, bunday holatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yurituvi tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda oʻzgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi boʻlmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas, chunki mulk bitim, shartnoma boʻyicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun oʻzaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan beriladi. Agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga koʻra (FK 2, 9, 24-boblari, FPK II boʻlimining 2-kichik boʻlimi, IPK 18-bobi) buzilgan huquq faqat fuqarolik yoki iqtisodiy ish yurituvi tartibida tiklanishi mumkin boʻlib, ularda majburiyatlar ijrosini taʼminlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjud.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma boʻyicha jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan boʻlib, uning shakliga nisbatan Fuqarolik kodeksida belgilangan quyidagi talablar bajarilgan boʻlsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki shakl — tuzilayotgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan (jeton, patta, kvitansiya va h.k. olish paytida) bitim, hadya shartnomasi yoki fuqarolar oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlmasa) tuzilayotganda;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy yozma shakl (tilxat, xat, hujjatlar va h.k.) — quyidagi shartnomalar: garov, kafillik, zakalat, mahsulot yetkazib berish, energiya taʼminoti, koʻchmas mulkni sotish, hadya (agar hadya beruvchi yuridik shaxs boʻlsa yoki shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa), mulk ijarasi (agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa), prokat, yuridik shaxslar oʻrtasidagi bino ijarasi, lizing, yuridik shaxslar oʻrtasidagi uy-joy ijarasi, pudrat, haq evaziga xizmat koʻrsatish, yoʻlovchi tashish, fuqarolar oʻrtasidagi qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa), kredit, bank omonati, topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqarish, omonat saqlash, sugʻurta tuzilayotganda;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan shakl — quyidagi shartnomalar: davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etiladigan avtomototransport, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk oldi-sotdisi, ayirboshlash, koʻchmas mulk va avtomototransport hadyasi, renta, uy-joy (kvartirani) boshqa shaxsga berish, koʻchmas mulk ijarasi, korxona, avtomototransport vositalari bino (fuqarolar oʻrtasida) ijarasi, fuqarolar oʻrtasidagi uy-joy ijarasi tuzilayotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda koʻrish natijalari boʻyicha javobgarda oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd mulkni yoki unga boʻlgan huquqni egallashdan oldinroq paydo boʻlganligi aniqlansa, sud manfaatdor taraflarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi mumkinligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala boʻyicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijtimoiy toʻlov, nafaqa, boshqa pul toʻlovlari (masalan, kompensatsiyalar, sugʻurta toʻlovlari)ni yoki boshqa mulkni tegishli qaror qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, qonunga koʻra toʻlovlar yoki mulkni olish uchun asos boʻladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yoʻqligi, sugʻurta hodisasi roʻy berganligi) toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish yoʻli bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy toʻlov, nafaqa yoki boshqa pul toʻlovlarini mazkur toʻlovlarni olish uchun qonuniy asoslar tugaganligi toʻgʻrisida tegishli organlarga qasddan xabar bermay, ularni olishni davom ettirgan shaxsning harakatlari ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs oʻzganing mulkini bevosita olib qoʻymasdan va unga nisbatan huquqqa ega boʻlmasdan, qonunga (shartnomaga) koʻra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga oʻtishi lozim boʻlgan tovar-pul qimmatliklarini oʻzlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam koʻrsatish shoxobchasi xodimi naryadda koʻrsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yoʻlovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni oʻzlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni oʻz mulkdorligiga qaratadi va h.k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar aldov shaxs tomonidan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan boʻlib, mulkni olib qoʻyish jarayonida mulkdor, mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulkdor yoki mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni ushlab turishni davom ettirgan boʻlsa, qilmish talonchilik, mulkdor yoki mulk egasiga bildirmasdan mulk bilan yashiringan hollarda esa, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Firibgarlik yoʻli bilan korxona, muassasa, tashkilotlar, mulkini talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarligi, faqat, talon-toroj qilingan mulk summasi MJtK 61-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan oshgan holdagina kelib chiqadi (jumladan kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud boʻlganda ham).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar korxona, muassasa, tashkilotlarning firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilingan mulki summasi bazaviy hisoblash miqdorining MJtK 61-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdoridan oshmasa, maʼmuriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud boʻladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj summasi koʻrsatilgan miqdordan oshmasa, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MJtK 61-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ularning mol-mulkini firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilganda, faqat ularning rahbari, mulkdori yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shuni taʼkidlash joizki, qonunga koʻra fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼiy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid maʼlumotlarni inobatga olgan holda JK 65, 66, 70, 71-moddalarini qoʻllash masalasini muhokama etishlari shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jinoyat predmeti boʻlgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yoʻsinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud boʻlmaganda va talon-toroj miqdori toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk oʻrniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qoʻyilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk oʻrniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek jazo turi va miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aybdorning harakatlarida koʻp yoki juda koʻp miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi kvalifikatsiyalovchi belgi mavjudligi toʻgʻrisidagi masala JK sakkizinchi boʻlimida bayon etilgan tushuntirishlarga muvofiq hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha epizoddan iborat umumiy qasd va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan davomli firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aybdor tomonidan bir emas, balki bir necha firibgarlik harakatlari sodir etilib, ularning har birida oʻzganing mulkini olishga yoʻnaltirilgan mustaqil qasd amalga oshirilgan boʻlsa, talon-toroj qilingan mulk qiymatini qoʻshib hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsning qasdi oʻzganing mulkini koʻp (juda koʻp) miqdorda egallashga yoʻnaltirilgan boʻlib, u aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, qilmish haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qatʼi nazar, qasd yoʻnaltirilganligidan kelib chiqib, koʻp (juda koʻp) miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudlarga tushuntirilsinki, qalbaki hujjatdan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik, basharti hujjat aybdor tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilgan boʻlsa, jinoyatlar majmui tarzida JK 168-moddasi va 228-moddasi birinchi yoki ikkinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs firibgarlik maqsadida oʻzi tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan, biroq unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oʻzganing mulkini ololmay yoki mulkka nisbatan huquqqa ega boʻlolmay qolgan hollarda qilmish jinoyatlar majmui tarzida JK 25-moddasi ikkinchi qismi, JK 168-moddasi va JK 228-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxs tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlari JK 168-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 228-moddasi uchinchi qismi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki bunday holda hujjat aybdor tomonidan oʻz maqsadiga erishish uchun aldash vositasi sifatida foydalanilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tushuntirilsinki, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish (JK 168-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi) deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va sh. k. larda boʻlgan mulkni aldov yoʻli bilan kompyuter texnikasi vositalari yordamida manipulatsiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushuniladi. Bunday firibgarlik kompyuter tizimida ishlov beriladigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqlanadigan yoki maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari boʻyicha beriladigan axborotni oʻzgartirish yoʻli bilan ham, kompyuter tizimiga yolgʻon axborot kiritish yoʻli bilan ham sodir etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs kompyuter texnikasi yordamida qalbaki hujjat tayyorlab, soʻngra undan mulkni qoʻlga kiritish uchun foydalangan boʻlsa, qilmishni JK 168-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etganlik (JK 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi) uchun javobgarlik shaxs oʻz xizmat mavqeyidan faqat aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish uchun foydalanib, oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish maqsadida oʻz xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirgan hollardagina vujudga keladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun pul, qimmatli qogʻoz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni egallashga nisbatan qasd mavjud boʻlgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs (shu jumladan mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), goʻyoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati boʻlmasdan, ularni oʻzlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan boʻlsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar pora berish tashabbusi pora beruvchi tomonidan bildirilgan boʻlsa, bunday holda shaxsning harakatlari faqat firibgarlik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinib, qoʻshimcha ravishda JK 211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi 4-bandiga koʻra, oʻz egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi yoki davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, oʻzganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlamoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firibgarlikning oʻgʻrilikdan (JK 169-moddasi) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni oʻzganing egaligidan olib qoʻymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining oʻzi mulkni yoki mulkka boʻlgan huquqni berishiga erishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovlamachilikdan (JK 165-moddasi) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchi qoʻrquv taʼsiri ostida harakat qiladi, erki sindirilgan boʻladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firibgarlik jinoyatidan oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qogʻozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish (JK 176-moddasi) qasd yoʻnalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirish bilan bogʻliq firibgarlikda esa, (masalan, pul kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qoʻshib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli qogʻozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aybdor bila turib, qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qogʻozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlardan foydalangan holda oʻzganing mulkini qoʻlga kiritsa, uning harakatlari JK 176 va 168-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. JPK 415-moddasiga muvofiq sud ayblovni oʻzgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini JK boshqa moddasi (qismi, bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim (sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) epizodlarini sudlanuvchiga ayb eʼlon qilinmagan JK moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, firibgarlik oʻzganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri ekanligini inobatga olib, sud aybdorning harakatlarini JK 168-moddasidan JK 167-moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. JK 168-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllashni istisno etadi, shu sababli, zarar toʻliq qoplanmagan hollarda sudlar aybdorga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning maqsadga muvofiq-muvofiq emasligi masalasini muhokama qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar operativ-qidiruv tadbiri oʻtkazilishi natijasida ish boʻyicha moddiy zarar yetkazilishining oldi olingan boʻlsa, JK 168-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan qoida qoʻllanilmaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudlar qonunda belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishgan shaxslarga nisbatan qonunga xilof ravishda firibgarlik toʻgʻrisida jinoyat ishi qoʻzgʻatish amaliyotiga barham berish yuzasidan choralar koʻrishlari lozim. Shu maqsadda nizolashayotgan taraflar orasida kelib chiqqan haqiqiy munosabatlar xususiyati sinchkovlik bilan aniqlanishi lozim boʻlib, bu aybsiz shaxslar qonunga zid ravishda sudlanishi hollariga chek qoʻyilishiga olib keladi. Ish boʻyicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qator hollarda muayyan maqsadlariga qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda erishishni istagan jabrlanuvchilarning xulq-atvori firibgarlik sodir etilishiga shart-sharoit yaratib berayotganligini eʼtiborga olgan holda, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar bunday gʻayriqonuniy harakatlarga nisbatan tegishli huquqiy baho berishlari, shuningdek, kelajakda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun bunday harakatlardan kelib chiqqan oqibatlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi firibgarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-iyuldagi “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 8-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son