Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 4 IYuNDAGI 197-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil 1-yanvardan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga ulgurji savdo faoliyati kiritilsin.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda):
1-bandning birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “ilova qilinayotgan roʻyxatga” soʻzlari “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
380-son
Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari
ROʻYXATI
Faoliyat turining nomi
1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlarni sotib olish va sotish
2. Muhr va shtamplar tayyorlash
3. Mehmonxonalar, otellar va kempinglar tashkil etish
4. Yuridik shaxslarga kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
5. Loyiha, loyiha-konstruktorlik faoliyati hamda loyihalar va smetalarni ekspertizadan oʻtkazish
6. Neft mahsulotlarining barcha turlarini sotish
7. Ulgurji savdo
Oldingi tahrirga qarang.
8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish oʻrinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish boʻyicha xizmatlar bundan mustasno).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 50-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Texnologiya jarayonlari va ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga, raqamli dastur bilan boshqariladigan pretsizion va dastgoh asbob-uskunalarining radioelektron apparatlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.
10. Telekoʻrsatuvlarni tarqatish (translatsiya qilish) — kabel tarmogʻi boʻyicha teleradiodasturlarni qayta translatsiya qilish tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish.
11. Birjalarda brokerlik faoliyati.
(9—11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 174-modda; 2003-y., 5-6-son, 50-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2006-y., 22-son, 194-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 9-10-son, 84-modda, 17-18-son, 182-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2009-y., 10-11-son, 111-modda, 29-son, 332-modda, 52-son, 560-modda)