O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUG‘ULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va mulkchilikning xususiy shakliga asoslangan kichik va o‘rta korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish, yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shug‘ullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shug‘ullanishlari mumkin bo‘lgan ayrim turlari bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 380-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 174-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy rioya qilinishi hamda nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlarining tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xususiy tadbirkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun javob beradilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-iyun,
197-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 380-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 174-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 90-modda, 20-son, 157-modda, 22-son, 174-modda)