Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻGʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻGʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
873-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“82 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga, 8 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga, 10 foizi — mablagʻlarni adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini va notarial arxivlarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda va 5-bandning birinchi xatboshida “Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga” va “Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovada:
“Tadbirlar” ustunining “2-bosqich” pozitsiyasi 1-bandida “Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunining “3-bosqich” pozitsiyasida “Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining “4-bosqich” pozitsiyasida “Jamgʻarmadan” soʻzi “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshida “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori 3-bandida “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
a) qarorning nomiga “hamda Sudyalarga,” soʻzlaridan keyin “sud organlari xodimlariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 1-bandning uchinchi xatboshiga “Sudyalarga,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimlariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 1-ilovaning 11-bandida “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada:
ilovaning nomiga “Sudyalarga,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimlariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshida “sudyalarga” soʻzidan keyin “sud organlari xodimlariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga va prokuratura organlari xodimlariga tatbiq etiladi”;
birinchi xatboshiga “sudyalarga,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimlariga va” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “taqdirda (sudyaning” soʻzlaridan keyin “sud organlari xodimining va” soʻzlari qoʻshilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sudyaga, sud organlari xodimiga va prokuratura organlari xodimiga pul kompensatsiyasi toʻlash sudya, sud organlari xodimi va prokuratura organlari xodimi tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab notarius tomonidan tasdiqlangan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga, sud organlari xodimiga va prokuratura organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi”;
4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Sudyaga va sud organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki ular uy-joy sotib olganda ular bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tegishli hududiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart”;
5-bandga “sudyalarga,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimlariga va” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “Sudya,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimi va” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “qarorning nusxasi,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimini va” soʻzlari qoʻshilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud organlari xodimiga va prokuratura organlari xodimiga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq sud organlari xodimi va prokuratura organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi”;
8-bandning birinchi xatboshiga “sud,” soʻzidan keyin “sud organi va” soʻzlari qoʻshilsin;
9-bandga “sudyaning,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimining va” soʻzlari qoʻshilsin;
10-bandga “Sudya,” soʻzidan keyin “sud organlari xodimi va” soʻzlari qoʻshilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga, sud organlari xodimlariga va prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Pul kompensatsiyasi toʻlashga pul mablagʻlari sarfi toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yilning har choragida taqdim etiladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 46-47-son, 522-modda) 5-bandining uchinchi xatboshida “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 5-bandidagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son; 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)