23.10.2017 yildagi 859-son
Hujjat 22.06.2021 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Surunkali buyrak va jigar hamda qon hosil qilish tizimi kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan taʼminlash, shuningdek, respublikada transplantatsiya jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Surunkali buyrak va jigar hamda qon hosil qilish tizimi kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan taʼminlash, shuningdek, respublikada transplantatsiya jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vaqtinchalik nizomning amal qilish vaqti — “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirish kunigacha deb belgilansin.
2. Vaqtinchalik nizomning amal qilish vaqti — “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirish kunigacha deb belgilansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda jumladan transplantatsiya xizmatini rivojlantirishning yuridik mexanizmlari taʼminlanishi yuzasidan qatʼiy nazorat belgilanishini hamda transplantatsiyadan keyingi davrda bemorlarning doimiy dispanser kuzatuvi amalga oshirilishini nazarda tutsin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda jumladan transplantatsiya xizmatini rivojlantirishning yuridik mexanizmlari taʼminlanishi yuzasidan qatʼiy nazorat belgilanishini hamda transplantatsiyadan keyingi davrda bemorlarning doimiy dispanser kuzatuvi amalga oshirilishini nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
2017-yil 23-oktabr,
859-son
859-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga
ILOVA
Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
vaqtinchalik nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom tirik donordan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish retsipiyentga oʻzining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sogʻligʻiga qaytarib boʻlmaydigan asoratlarga olib keladigan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi oʻrniga tirik qarindosh donordan sogʻlom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish maqsadida bajariladigan jarrohlik amaliyotdir.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish — bu inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
3. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish uchun oʻzaro birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi darajada qarindosh boʻlgan shaxslar tirik qarindosh donorlar mumkin, bunda:
bolalar ota-onasiga nisbatan birinchi darajadagi;
nevara bobosi va buvisiga nisbatan, shuningdek, tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — ikkinchi darajadagi;
evara katta bobosi va katta buvisiga nisbatan, shuningdek, togʻa va amaki, amma va xola oʻz jiyanlari bilan — uchinchi darajadagi;
togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar — toʻrtinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilgan nikoh asosida kamida uch yil birgalikda yashagan er-xotinlar va ularning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha qarindoshlari, shuningdek, oʻgay aka-uka va opa-singillar hamda uch yil muddat oldin qonunchilikda belgilangan tartib asosida farzandlikka olingan bolalar (farzandlikka oluvchi ota-onalari bilan oʻzaro) tirik qarindosh donorlar boʻlishi mumkin.
Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
tirik donor (keyingi oʻrinlarda donor deb ataladi) — retsipiyentga oʻz xohishi bilan aʼzosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralarini berayotgan odam;
retsipiyent — inson aʼzosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralari transplantatsiya qilinayotgan odam.
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaxslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin.
4. Donor va retsipiyent orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, shuningdek qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi.
Yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlar, shuningdek ularning haqiqiyligini tasdiqlovchi isbotlar haqidagi majburiyatlar donor va retsipiyent zimmasiga yuklanadi.
5. Un sakkiz yoshga toʻlmagan, belgilangan holatda oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan deb topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar, narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksikomaniyadan azob chekayotgan shaxslardan transplantatsiya maqsadida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
U. Xalmuratov nomidagi respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Navoiy viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Namangan viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Samarqand viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Xorazm viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi.
61. Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish faqat Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida buyrak yoki jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotini oʻtkazish uchun retsipiyentni (donor bilan) shifoxonaga yotqizish va tibbiy yordamni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Transplantatsiyaga nisbatan koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar
7. Quyidagilar buyrak transplantatsiyasi boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
surunkali glomerulonefrit, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
remissiya fazasidagi surunkali piyelonefrit, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
buyraklar polikistozi, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
renopriv holat.
8. Quyidagilar jigar boʻlagi transplantatsiyasi boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
jigarning terminal bosqichdagi surunkali diffuz kasalliklari;
gepatotsitlar rivojlanishi tugʻma defektlari fonida metabolizmning buzilishi;
oʻtkir jigar yetishmovchiligi;
rezeksiya qilinmaydigan manbali jigar kasalliklari.
81. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
oʻtkir limfoblast leykoz va uning shakllari, oʻtkir miyeloblast leykoz va uning shakllari;
miyelom kasalligi, surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, miyelodisplastik sindrom;
aplastik anemiya, birlamchi tugʻma immunodefitsit, autoimmun tizimli kasalliklarni ayrim turlari, limfomalar, talassemiyaning ogʻir turlari.
9. Quyidagilar buyrak transplantatsiyasiga nisbatan qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
turli xil lokalizatsiyalardagi klinik ahamiyatga ega surunkali va oʻtkir yuqumli xastaliklar, shu jumladan tuberkulyoz, VICH va boshqalar;
oshqozon-ichak traktining yarali jarohatlanishi;
retsipiyentlar qon zardobida ilgaridan mavjud boʻlgan limfotoksikantli tanalarning 30 foizdan ortiq boʻlishi;
surunkali yurak yetishmovchiligi, Pb, III bosqichlari;
jigar sirrozi, faol davridagi gepatit;
yurak, bosh miya va oyoqlar qon tomirlarining xastalanishi bilan kechuvchi tarqoq ateroskleroz;
ogʻir nevrologik xastaliklar (insult va boshqalar);
psixik xastaliklar;
xatarli yangi oʻsmalar;
davolanishga taʼsirchanligi boʻlmagan buyrak va peshob chiqarish yoʻllarining surunkali infeksiyasi.
10. Quyidagilar jigar boʻlagi transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
hayot uchun muhim organlar faoliyati, shu jumladan markaziy nerv sistemasi faoliyatining korreksiya qilinmaydigan buzilishlari;
jigardan tashqaridagi infeksion jarayon, shu jumladan tuberkulyoz, OITS yoki boshqa xil davolab boʻlmaydigan sistemali yoki manbali infeksion holatlar;
jigardan tashqari onkologik kasalliklar;
jigarning korreksiya qilinmaydigan va hayot bilan nomutanosib boʻlgan tugʻma qoʻshimcha kasalliklarning mavjudligi.
101. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
ruhiy buzilishlar;
faol infeksiya;
qandli diabet dekompensatsiyasi;
homiladorlik;
asosiy kasallikni inkurabel retsidivi;
donor va retsipiyentning nomuvofiqligi;
bemorni ximiorezistentligi.
3-bob. Transplantatsiyani bajarish tartibi
12. Transplantatsiyani amalga oshiruvchi davlat tibbiyot tashkiloti rahbarining transplantatsiyaga tayyorlash jarayonidagi majburiyatlari:
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini olish donorning sogʻligʻiga taʼsir qilib, rivojlanishi mumkin boʻlgan asoratlarning yuzaga kelishi haqida uni ogohlantirish;
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish;
donorning transplantatsiyani bajarish mumkin ekanligini tasdiqlovchi toʻlaqonli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi va transplantatsiya boʻyicha mutaxassislarning xulosasini olishini taʼminlash.
13. Donor va retsipiyentning tibbiy koʻrikdan, klinik, bioximiyaviy, shuningdek instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
14. Transplantatsiyani amalga oshirishning zarurligi haqidagi soʻnggi qaror donor va retsipiyentning barcha hujjatlari va tibbiy tekshirish natijalari asosida maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Transplantatsiya bajarilgandan soʻng davlat tibbiyot tashkiloti donor va retsipiyentni quyidagilar bilan taʼminlashi kerak:
profilaktik dispanser koʻrigi — kamida uch yil davomida;
ambulatoriya nazoratida boʻlgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan taʼminlash.
4-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob berishadi.