Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026 20.10.2017 yildagi 856-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 282-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavi hamda haqiqiy a’zolari (akademiklari) va muxbir a’zolarini saralash va tasdiqlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta’minlash, olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari institutini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur tashkiliy ishlarni o‘tkazsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanishi va tasdiqlanishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralashni o‘tkazish muddatlari va sanasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, lekin ko‘pi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
856-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash (bundan buyon — tanlov) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tanlov o‘tkazish uchun o‘rinlar birinchi navbatda respublika uchun yangi va istiqbolli, xalqaro darajada tan olingan ilmiy maktablari shakllantirilgan ilmiy yo‘nalishlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha shakllantirilgan kvotalar miqdori Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 1-noyabrgacha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida kvotalar tasdiqlangandan so‘ng uch kun muddatda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E’londa tanlov o‘tkazish muddatlari va joyi, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha kvotalar miqdori, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, hujjatlar ro‘yxati va ular nomzodini ko‘rsatish uchun zarur boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni ilgari surish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ga ularning ilmiy mutaxassisliklariga tegishli ixtisosliklar bo‘yicha, shuningdek, ilmiy- tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-texnik kengashlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar tegishli fan sohasining faqat bitta ilmiy ixtisosligi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi ko‘rsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatish jarayonida va tanlovning barcha bosqichlarida ularning so‘nggi besh yil mobaynidagi ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va kamida so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasida doimiy ishlagan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsan o‘zi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlashda faol ishtirok etish asosida erishgan shaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z yo‘nalishida yangi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uchun — kamida uch fan doktori) tayyorlashi bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilgan ishlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erishgan fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishida hamda amaliyotda foydalanilishida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki so‘nggi yillarda shu yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oshirgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar bo‘lishi yoki ularning bajarilishida ishtirok etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi tomonidan xorijiy fuqarolar orasidan saralab olinadi va qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovning tashkil etilishi va o‘tkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralash ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlar yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatga ega kvorum — tegishli kengash ro‘yxatga kirgan a’zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bo‘lganda ovoz berishda ishtirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengash a’zolari kamida uchdan ikki qismining ovozini to‘plagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berilgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun mobaynida Fanlar akademiyasiga Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini tavsiflovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod ko‘rsatish uchun taqdimnomaga quyidagilar (2 nusxada) ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilotning nomzodning tanlov talablariga to‘liq javob berishi haqidagi asoslangan xulosasi va tanlov mezonlarining qog‘oz va elektron shaklda to‘ldirilgan va tasdiqlangan shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning tarjimai holi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, surati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning kamida so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan doktori diplomi va professor attestati nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlar ro‘yxati (konferensiya tezislari bu hisobga kirmaydi) va nolga teng bo‘lmagan impakt-faktorli (“Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazasiga muvofiq) xorijiy nashrlardagi maqolalarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy patentlarning nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan nomzodlari va falsafa doktorlari ro‘yxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan doktorlari ro‘yxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qo‘shilgan hissa, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, shuningdek, uning ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillaridagi qisqacha ma’lumotnoma (ko‘pi bilan 1 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida);
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tegishli ilmiy yo‘nalishlar (fan sohalari) bo‘yicha tanlov komissiyalarini (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi) Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolari, akademiklar va respublikaning tegishli ilmiy yo‘nalish bo‘yicha fan doktori darajasiga ega yetakchi olimlari hisobidan har birining tarkibi 9 a’zodan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning taqdim etilgan hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, mavjud axborotni tahlil qilish va tanlov komissiyalarida ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan tanlov komissiyalari huzurida tegishli yo‘nalish bo‘yicha fan doktorlari hisobidan har biri kamida uch a’zodan iborat ekspert guruhlari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov quyidagi uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning birinchi bosqichida — tanlov komissiyasining ekspert guruhi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod haqida kelib tushgan hujjatlarni tanlov talablari va mezonlari, shuningdek, tegishli ixtisoslikka mosligi yuzasidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi va ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning ikkinchi bosqichida — har bir Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tegishli tanlov komissiyasi yig‘ilishida ilmiy ma’ruza qiladi va tanlov komissiyasi talabgorning ilmiy-tashkiliy faoliyati va ma’ruzasidan kelib chiqqan holda unga ball qo‘yish orqali baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning uchinchi bosqichida — Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni saralash Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlariga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizomning 9-bandiga binoan ularning tanlov komissiyasi yig‘ilishida qilgan, ularning asosiy ilmiy yutuqlarini, ilmiy-tashkiliy faoliyatini aks ettiruvchi hamda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning shaxsiy hissasini tasdiqlovchi ilmiy ma’ruzasini hisobga olgan holda tanlov komissiyalari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fanning tegishli sohasi bo‘yicha eng ko‘p ball olgan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar kvotaga muvofiq ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi a’zolari taklif etilgan barcha nomzodlar uchun ketma-ket ovoz beradilar. Tanlov tartib-tamoyili ochiq ovoz berishni nazarda tutadi. Vakolatga ega kvorum — tanlov komissiyasi ro‘yxatga kirgan a’zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bo‘lganda ovoz berishda ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘proq ovozini to‘plagan nomzodlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralangan deb hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli fan sohasi ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning birortasi ham tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra bundan buyon o‘tish va tasdiqlanish uchun zarur miqdordagi ovozni ololmasa, u holda ularga ajratilgan o‘rin Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga navbatdagi tanlov o‘tkazilgungacha bo‘sh qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov komissiyalari Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar ro‘yxatini Fanlar akademiyasi Prezidiumiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar. Ayrim hollarda Fanlar akademiyasi Prezidiumi, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun belgilangan kvotadan chetga chiqib, respublika ilmiy-texnologik va fan-ta’lim salohiyatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlaridan kelib chiqqan holda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlik uchun saralanganlar ro‘yxatiga kiritish uchun qo‘shimcha nomzodlarni tavsiya qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan saralashni inobatga olgan holda tavsiya etilgan ro‘yxati Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari (akademiklari) ro‘yxati ommaviy axborot vositalari va Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fanlar akademiyasi Prezidiumi mazkur Nizomga muvofiq Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga barcha nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tanlov asosida saralash mezonlari

Ballar

miqdori*

1.

Xalqaro reyting**

30 ballgacha

1.1.

reyting shkalasi 1 — 2

5 ball

reyting shkalasi 3 — 5

10 ball

reyting shkalasi 6 — 8

20 ball

reyting shkalasi 9 — 11

25 ball

reyting shkalasi 12 va undan yuqori

30 ball

1.2.

Agar talabgorning reytingi nol bo‘lsa, uning ilmiy ishlarni nashr etishdagi faolligi Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasi yordamida hisoblangan impakt-faktorlar yig‘indisiga asoslangan holda quyidagicha baholanadi:

impakt-faktorlar yig‘indisi 5 gacha

2 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 5 — 10

3 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 11 — 20

5 ball

impakt- faktorlar yig‘indisi 21 va undan yuqori

10 ball

2.

Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori reytingli maqolalar bilan hujjatli tarzda tasdiqlangan eng salmoqli ilmiy natijalar

15 ballgacha

2.1.

yangi hodisaning kashf etilishi

8 ball

2.2.

yangi nazariyaning yaratilishi

4 ball

2.3.

boshqalar

3 ball

3.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash

15 ballgacha

3.1.

ikki nafar fan doktori

(tibbiyot yo‘nalishlari uchun — uch nafar fan doktori)

5 ball

3.2.

uch nafardan besh nafargacha fan doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — to‘rt nafardan to‘qqiz nafargacha fan doktorlari)

7 ball

3.3.

Olti nafar va undan ortiq fan doktori

(tibbiyot yo‘nalishlari uchun — o‘n nafar va undan ortiq

fan doktorlari)

10 ball

3.4.

Bir nafardan besh nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — bir nafardan to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

2 ball

3.5.

olti nafardan to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — o‘n nafardan o‘n to‘qqiz nafargacha fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

4 ball

3.6.

o‘n nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (tibbiyot yo‘nalishlari uchun — yigirma nafar va undan ortiq fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari)

5 ball

4.

Patentlar, monografiyalar va darsliklar

10 ballgacha

4.1.

bittadan uchtagacha xorijiy patentlar

2 ball

4.2.

to‘rt va undan ortiq xorijiy patentlar

4 ball

4.3.

bittadan uchtagacha O‘zbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari

1 ball

4.4.

to‘rt va undan ortiq O‘zbekiston Respublikasi patentlari yoki mualliflik guvohnomalari

2 ball

4.5.

xorijda nashr etilgan bitta monografiya yoki monografiyalardagi boblar

1 ball

4.6.

xorijda nashr etilgan ikki va undan ortiq monografiya yoki monografiyalardagi boblar

3 ball

4.7.

O‘zbekistonda nashr etilgan monografiyalar va darsliklar

1 ball

5.

Ilmiy-texnik faoliyat natijalarining joriy etilishi

10 ballgacha

5.1.

yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning bittadan to‘rttagacha litsenziyalarini sotish

3 ball

5.2.

yaratilgan texnologiya, mahsulot va buyumlarning beshta va undan ortiq litsenziyalarini sotish

5 ball

5.3.

bitta ishlanmaning amaliyotga joriy etilishi

2 ball

5.4.

ikki va undan ortiq ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishi

3 ball

5.5.

tan olingan xalqaro ma’lumotlar banklarini yaratish yoki boyitish

2 ball

6.

Davlat mukofotlari va xalqaro mukofotlar

10 ballgacha

6.1.

faxriy unvonlar yoki xalqaro mukofotlar

6 ball

6.2.

ordenlar va medallar

4 ball

7.

Tanlov komissiyasi majlisida ilmiy ma’ruzaning baholanishi***

10 ballgacha

Jami ballar

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Barcha bandlar bo‘yicha to‘planadigan ballar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Qo‘yilgan ballarning haqqoniyligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi shakllantiradigan tanlov komissiyalari huzuridagi ekspert guruhlari tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Olimlarga unvonlar berish va ularni akademiya a’zoligiga saylash uchun dunyoda ularning ilmiy ishlariga havolalarning darajasini ko‘rsatuvchi reytinglar shkalasi (Xirsh indeksi)dan foydalaniladi. Reyting xolis, olimlarning o‘zlari ishtirok etmagan holda, Scopus, Web of Science va Google Scholar kabi xalqaro ma’lumotlar bazalari tomonidan belgilanadi. Olimning Xirsh indeksini tekshirish uchun eng qulay xalqaro ma’lumotlar bazasi Scopus bo‘lib, u ro‘yxatga olishni talab etmaydi. Har qanday olim, shuningdek, tanlov komissiyalari huzuridagi ekspert guruhlari talabgorning reytingini www.scopus.com/freelookup/form/author.uri veb-saytida bir zumda baholashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Mazkur band ballari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning ma’ruzasi natijalariga ko‘ra tanlov komissiyalari tomonidan qo‘yiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/856/0154-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)