Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1602-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/6-son qarori (roʻyxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻttiz uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“29896 — Boshqa majburiyatlar”;
oʻttiz uchinchi xatboshi oʻttiz toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 6-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) inkassatorlar orqali yigʻib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa:
Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”.
3. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablagʻlari shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa, unda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”.
4. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar”.
5. 14-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shu hududda bosh banki yoki filiali boʻlmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli boʻlgan naqd pul boʻyicha mablagʻlar qayta sanash kassasida sanab boʻlingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvaragʻidan shu kunning oʻzida elektron toʻlov tizimi orqali oʻtkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali)
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)”.
6. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron toʻlov tizimi orqali mablagʻ kelib tushganda, dasturiy yoʻl bilan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali)
Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)”.
7. IV bob quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berishda Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) belgilangan buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.”.
8. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Pul almashtirish shoxobchasi sotib olingan xorijiy valyutaning “09009” maʼlumotnomasida koʻrsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga:
Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
9. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻi qoldigʻi berkitilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 29896 — “Boshqa majburiyatlar”
Kredit 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/1602-2/0166-son)