Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni koʻpaytirishga katta eʼtibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yakunlari boʻyicha 2319 ming tonna goʻsht, sunʼiy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan taʼminlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining oʻsish surʼatlari pastligicha qolmoqda.
Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik xoʻjaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari oʻrnatilgan narxlar boʻyicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish boʻyicha Maxsus komissiya tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik xoʻjaliklarini ozuqa bilan taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narxlarda goʻsht va baliq bilan toʻldirishga doir takliflarni taqdim etsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-oktabr,
845-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari — chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtiradigan chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlari;
xaridorlar — oʻz ehtiyojlari uchun va chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishda ishlatiladigan ozuqa ishlab chiqaradigan chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlar;
sotuvchilar — “Oʻzdonmahsulot” AJning bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyadigan va sotadigan hududiy tashkilotlari;
xaridorlar reyestri — ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoyni sotib olish huquqiga ega boʻlgan chorvachilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari va tashkilotlari roʻyxati;
oʻrnatilgan narx — balans boʻyicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib belgilangan chorvachilik va baliqchilik mahsulotining narx birligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
3. Davlat resurslaridan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun birja savdolari orqali sotiladi.
4. Sotuvchilar davlat resurslaridan bugʻdoy tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga muvofiq sotilishini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizomga muvofiq chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ularga moʻljallangan bugʻdoyni xaridorlarning tasdiqlangan reyestriga binoan, ularning chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan hajmlar va narxlarda sotishi sharti bilan xarid qiladilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
6. Davlat resurslaridan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotiladi.
2-bob. Chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoyni sotish tartibi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AJ bilan birgalikda har yili davlat resurslaridan oziq-ovqat bugʻdoyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun bugʻdoy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AJ va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotiladigan bugʻdoy hajmlarining har oylik jadvallarini hududlar boʻyicha ishlab chiqadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
3-bob. Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun yetkazib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq xoʻjaligi boʻlimlari gʻalla qabul qilish tashkilotlari, tumanlardagi fermerlar kengashlari, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa uchastkalari egalari, hududiy “Baliqsanoat” MCHJlar bilan birgalikda har oyda oyning beshinchi kunigacha xaridorlar reyestrini shakllantiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga umumlashtirish va tasdiqlash uchun yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan xaridorlar reyestrini ikki ish kuni mobaynida umumlashtiradi va tasdiqlaydi hamda “Oʻzdonmahsulot” AJga yuboradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
11. “Oʻzdonmahsulot” AJ xaridorlar reyestrini bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish uchun oʻz hududiy tashkilotlariga va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun ikki ish kunida yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va birja savdolari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Savdolar haftaning ish kunlarida muntazam oʻtkaziladi.
13. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishda boshlangʻich narx Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” AJ tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat resurslaridan gʻalla, qoʻshimcha mahsulotlar hamda gʻallani birlamchi qayta ishlashdan olinadigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxlarini kelishish bayonnomasiga muvofiq belgilanadi.
14. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasi olingan kunda bayonnomada nazarda tutilgan shartlarga koʻra rasmiylashtiriladi.
Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Oʻzdonmahsulot” AJ bugʻdoyni sotish va yuklab joʻnatish yakunlariga asosan xaridorlar reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqqan holda, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash uchun yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlari boʻyicha takliflarni ikki ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda sotish narxlari boʻyicha qaror qabul qilishadi va ushbu qarorni uch ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarining yarmarkalarda hamda boshqa tashkilotlarga belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini taʼminlaydilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini taʼminladi hamda har oy yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sotilgan mahsulotlar hajmlari boʻyicha axborot kiritadi.
4-bob. Ushbu Nizom bajarilishining monitoringini olib borish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga har oyda 1 va 16-kunlari:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
“Oʻzdonmahsulot” AJ hududiy tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari boʻyicha davlat resurslaridan ozuqa maqsadlari uchun foydalaniladigan bugʻdoyni sotish hajmlari toʻgʻrisida;
chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari boʻyicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga oʻrnatilgan narxlarda sotish uchun moʻljallangan, balans boʻyicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har oyning 5-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga quyidagi axborotni taqdim etadilar:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
tumanlar boʻyicha ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan bugʻdoyni sotish hajmlari toʻgʻrisida;
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun tumanlar boʻyicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga oʻrnatilgan narxlarda sotish uchun moʻljallangan davlat resurslaridan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi va har oy yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik tashkilotlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy kvotalari
HAJMLARI
|
Hududlar nomi |
Hammasi |
shu jumladan: | |
|
chorvachilik tashkilotlari |
baliqchilik tashkilotlari | ||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
4313 |
2696 |
1617 |
|
viloyatlar: |
|||
|
Andijon viloyati |
5118 |
2609 |
2509 |
|
Buxoro viloyati |
4435 |
3008 |
1427 |
|
Jizzax viloyati |
4477 |
2382 |
2095 |
|
Qashqadaryo viloyati |
6191 |
3751 |
2441 |
|
Navoiy viloyati |
1838 |
988 |
850 |
|
Namangan viloyati |
4409 |
1764 |
2645 |
|
Samarqand viloyati |
5035 |
3171 |
1864 |
|
Surxondaryo viloyati |
3452 |
2131 |
1321 |
|
Sirdaryo viloyati |
2881 |
1066 |
1864 |
|
Toshkent viloyati |
11967 |
1928 |
10039 |
|
Fargʻona viloyati |
5958 |
2470 |
3488 |
|
Xorazm viloyati |
4525 |
2035 |
2490 |
|
Jami: |
64600 |
30000 |
34600 |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/845/0132-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)