Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni koʻpaytirishga katta eʼtibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yakunlari boʻyicha 2319 ming tonna goʻsht, sunʼiy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan taʼminlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining oʻsish surʼatlari pastligicha qolmoqda.
Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik xoʻjaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev:
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari oʻrnatilgan narxlar boʻyicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish boʻyicha Maxsus komissiya tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik xoʻjaliklarini ozuqa bilan taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narxlarda goʻsht va baliq bilan toʻldirishga doir takliflarni taqdim etsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-oktabr,
845-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari — chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtiradigan chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlari;
xaridorlar — oʻz ehtiyojlari uchun va chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishda ishlatiladigan ozuqa ishlab chiqaradigan chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari hamda tashkilotlar;
sotuvchilar — “Oʻzdonmahsulot” AJning bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyadigan va sotadigan hududiy tashkilotlari;
xaridorlar reyestri — ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoyni sotib olish huquqiga ega boʻlgan chorvachilik, baliqchilik fermer xoʻjaliklari va tashkilotlari roʻyxati;
oʻrnatilgan narx — balans boʻyicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib belgilangan chorvachilik va baliqchilik mahsulotining narx birligi;
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish respublika komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qarori bilan tashkil etilgan komissiya;
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiya — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat resurslaridan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun birja savdolari orqali sotiladi.
4. Sotuvchilar davlat resurslaridan bugʻdoy tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga muvofiq sotilishini taʼminlaydilar.
5. Ushbu Nizomga muvofiq chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ularga moʻljallangan bugʻdoyni xaridorlarning tasdiqlangan reyestriga binoan, ularning chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan hajmlar va narxlarda sotishi sharti bilan xarid qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat resurslaridan bugʻdoy chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotiladi.
2-bob. Chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoyni sotish tartibi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AJ bilan birgalikda har yili davlat resurslaridan oziq-ovqat bugʻdoyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun bugʻdoy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishini nazarda tutadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AJ va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotiladigan bugʻdoy hajmlarining har oylik jadvallarini hududlar boʻyicha ishlab chiqadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun yetkazib berish tartibi
9. Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari gʻalla qabul qilish tashkilotlari, tumanlardagi fermerlar kengashlari, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa uchastkalari egalari, hududiy “Baliqsanoat” MCHJlar bilan birgalikda har oyda oyning beshinchi kunigacha xaridorlar reyestrini shakllantiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyaga umumlashtirish va tasdiqlash uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xaridorlar reyestri tasdiqlangan jadvalda nazarda tutilgan bugʻdoy hajmlaridan va chorvachilik hamda baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarining takliflaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiya tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan xaridorlar reyestrini ikki ish kunida umumlashtiradi va tasdiqlaydi hamda “Oʻzdonmahsulot” AJga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzdonmahsulot” AJ xaridorlar reyestrini bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish uchun oʻz hududiy tashkilotlariga va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun ikki ish kunida yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va birja savdolari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Savdolar haftaning ish kunlarida muntazam oʻtkaziladi.
13. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishda boshlangʻich narx Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” AJ tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat resurslaridan gʻalla, qoʻshimcha mahsulotlar hamda gʻallani birlamchi qayta ishlashdan olinadigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxlarini kelishish bayonnomasiga muvofiq belgilanadi.
14. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasi olingan kunda bayonnomada nazarda tutilgan shartlarga koʻra rasmiylashtiriladi.
Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiydir.
15. “Oʻzdonmahsulot” AJ bugʻdoyni sotish va yuklab joʻnatish yakunlariga asosan xaridorlar reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqqan holda, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlari boʻyicha takliflarni ikki ish kunida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish respublika komissiyasi chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda sotish narxlari boʻyicha qaror qabul qiladi va ushbu qarorni uch ish kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiya chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yarmarkalarda hamda boshqa tashkilotlarga belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini taʼminladi hamda har oy yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sotilgan mahsulotlar hajmlari boʻyicha axborot kiritadi.
4-bob. Ushbu Nizom bajarilishining monitoringini olib borish tartibi
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyaga har oyda 1 va 16-kunlari:
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzdonmahsulot” AJ hududiy tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari boʻyicha davlat resurslaridan ozuqa maqsadlari uchun foydalaniladigan bugʻdoyni sotish hajmlari toʻgʻrisida;
chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari boʻyicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga oʻrnatilgan narxlarda sotish uchun moʻljallangan, balans boʻyicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiya har oyning 5-kunigacha Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navo monitoringini olib borish va nazorat qilish respublika komissiyasiga hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar boʻyicha ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan bugʻdoyni sotish hajmlari toʻgʻrisida;
chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun tumanlar boʻyicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga oʻrnatilgan narxlarda sotish uchun moʻljallangan davlat resurslaridan ajratilgan bugʻdoydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi va har oy yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Davlat resurslaridan bugʻdoyni chorvachilik va baliqchilik tashkilotlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bugʻdoy kvotalari
HAJMLARI
|
Hududlar nomi |
Hammasi |
shu jumladan: | |
|
chorvachilik tashkilotlari |
baliqchilik tashkilotlari | ||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
4313 |
2696 |
1617 |
|
viloyatlar: |
|||
|
Andijon viloyati |
5118 |
2609 |
2509 |
|
Buxoro viloyati |
4435 |
3008 |
1427 |
|
Jizzax viloyati |
4477 |
2382 |
2095 |
|
Qashqadaryo viloyati |
6191 |
3751 |
2441 |
|
Navoiy viloyati |
1838 |
988 |
850 |
|
Namangan viloyati |
4409 |
1764 |
2645 |
|
Samarqand viloyati |
5035 |
3171 |
1864 |
|
Surxondaryo viloyati |
3452 |
2131 |
1321 |
|
Sirdaryo viloyati |
2881 |
1066 |
1864 |
|
Toshkent viloyati |
11967 |
1928 |
10039 |
|
Fargʻona viloyati |
5958 |
2470 |
3488 |
|
Xorazm viloyati |
4525 |
2035 |
2490 |
|
Jami: |
64600 |
30000 |
34600 |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/845/0132-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)