17.10.2017 yildagi 839-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirish hamda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish orqali ularning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablagʻlar hisobidan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 15 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, doktorantlar uchun ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan dasturlar doirasida shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari 25 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M.R. Boltabayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
839-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga muvofiq doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch doktorantura — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʻrganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantura — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʻrganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorant — oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlar olib borayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar — Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tegishli fan tarmoqlari boʻyicha tashkil etilgan ilmiy-texnik kengashlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar guruhlari — Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar huzurida fan yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan ekspertlar guruhlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida muhim ilmiy yutuqlarga erishgan doktorantlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda korxonalar va tashkilotlar deb ataladi) biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik tomonidan har yili 15-yanvargacha korxonalar va tashkilotlarga ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlar roʻyxatini Agentlikka taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik soʻroviga asosan korxonalar va tashkilotlar oʻzlarining ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatini 1-fevralgacha Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatini shakllantirishda iqtisodiyotning tegishli tarmoq yoki sohasini respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talablariga muvofiq yanada rivojlantirish istiqbollariga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik tomonidan har yili 5-fevralgacha korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxati shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlar kesimida shakllantirilgan ehtiyojlar roʻyxati 5-fevralgacha Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Doktorantlarni korxonalar va tashkilotlarga biriktirish Agentlik tomonidan tashkil etiladigan tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov har yili 10-fevraldan 28-fevralgacha tashkil etiladi. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet-nashrlar, jumladan Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan doktorantlarning roʻyxati ular taʼlim olayotgan ilmiy-tadqiqot va/yoki oliy taʼlim muassasasi bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoralarning rasmiy xati asosida ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan talablarga muvofiq tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda Agentlikka taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan doktorantlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillardan birini yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi va buni tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarning mavjudligi (IELTS (oʻrtacha 5,5 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR (Common European Framework of Reference), Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise), Davlat test markazining malakaviy sertifikati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorlik dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha xorijiy nashrlarda kamida 1 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatida koʻrsatilgan sohaviy jurnallarda kamida 2 ta ilmiy maqolasi chop etilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantlar tomonidan bajarilayotgan doktorlik dissertatsiyasi mavzusi korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatiga mos boʻlishi. Bunda doktorant va uning ilmiy rahbari (maslahatchisi) tomonidan imzolangan asosnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar ekspertlar guruhlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ekspertlar guruhlari tarkibiga nufuzli olim va mutaxassislar hamda korxona va tashkilotlarning vakillari jalb etilishi mumkin. Bunda ekspert guruhlari tarkibining soni toq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert guruhlari 10-martgacha tanlovga taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqib, Idoralararo ilmiy-texnik kengashlarga tegishli xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar ekspert guruhlari tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida yakuniy xulosa ishlab chiqadi va 15-martgacha Agentlikka kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoralararo ilmiy-texnik kengashlarning xulosasi asosida 20-martgacha boʻlgan muddatda Agentlik bosh direktori tomonidan doktorantni korxona yoki tashkilotga biriktirish toʻgʻrisidagi roʻyxat tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan doktorantni tegishli korxona yoki tashkilotga biriktirish har yili 25-martgacha boʻlgan muddatda Agentlik, manfaatdor korxona yoki tashkilot hamda oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma uch nusxada imzolanadi, birinchi va ikkinchi nusxalar Agentlik va manfaatdor korxona yoki tashkilotda saqlanadi, uning uchinchi nusxasi Agentlik tomonidan doktorant taʼlim olayotgan ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnomada doktorantga korxona yoki tashkilot tomonidan yaratib beriladigan shart-sharoitlar (ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xona va zarur ofis jihozlari ajratish, ilmiy-tahliliy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ragʻbatlantirish miqdori), shuningdek doktorant tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi va undan kutilayotgan natijalar aniq belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Korxonalar yoki tashkilotlarga biriktirilgan hamda doktorlik dissertatsiyalarini oʻz muddatida muvaffaqiyatli himoya qilgan doktorantura bitiruvchilari Agentlikning yoʻllanmasi asosida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirish uchun yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Doktorantlarni moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Korxonalar va tashkilotlarga biriktirilgan doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning oylik stipendiyasining 50 foizigacha miqdorida moddiy ragʻbatlantirish ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan uch tomonlama shartnoma asosida korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari doktorantlarning korxonalar va tashkilotlarga biriktirilgan davri mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doktorantlarni korxonalar va tashkilotlarga biriktirish muddati yakunlanganidan soʻng ilmiy-tadqiqot ishlari xoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishiga aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 22-son, 259-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka kreditlari uch yildan iborat imtiyozli davr bilan tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 1-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 38-band quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“z) tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 62-band “20 yil muddatga” soʻzlaridan keyin “shuningdek tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/839/0131-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)