Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-oktabr,
PF-5207-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-dekabrdagi PF-2154-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmonida:
a) 3-bandining beshinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga” soʻzlari ““Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi” soʻzlari ““Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga” soʻzlari ““Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-sonli qarorida:
a) 2-bandining birinchi xatboshidagi ““Oʻztransgaz” AKning” soʻzlari ““Oʻztransgaz” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-sonli qarorining 3-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzneftmahsulot” va “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik jamiyatlari “Oʻzbekneftgaz” AJning alohida mulkka va mustaqil balansga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklidagi shuʼba xoʻjalik jamiyatlari hisoblanadi;
“Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvi raislari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar hamda maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatilishi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosarlariga, ularning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2755-sonli qarorida:
a) 3-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandining birinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilar kengashi” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni koʻpaytirish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-sonli qarorida:
a) 2-bandining beshinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” va ““Oʻzneftgazqazibchiqarish”AK” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekneftgaz” AJ” va ““Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandining birinchi va beshinchi xatboshilaridagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini barpo etgan holda “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi qidiruv ishlarini oxiriga yetkazish va xomashyoni qazib olish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-sonli qarorida:
a) 3-bandining birinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandining oltinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida koʻp tarmoqli muz kompleksini qurishni tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2964-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshidagi “belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha” soʻzlari “, istisno tariqasida, roʻyxatlarni tasdiqlamasdan, tovarlarning ilova hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PQ-2949-sonli qarorining 6-, 13-, 14-, 15-bandlari va ilovasidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Oʻrga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-maydagi PQ-2962-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-sonli qarorida:
a) 1-bandining oʻn birinchi xatboshidagi ““Avtogaztaʼminot” MChJ” soʻzlaridan keyin “Bunda “Oʻztransgaz” AJ bilan topshiriq shartnomasi boʻyicha avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalariga tabiiy gaz sotish funksiyalari saqlanib qoladi” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
b) 5-ilovadagi “Boshqaruvchilar kengashi (Kuzatuv kengashi)” soʻzlari “Kuzatuv kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)