Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 10.07.2004 yildagi 323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 09.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek sanoatda, gaz taʼminotida ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi)ning tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 26 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 19 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga, zaruriyat boʻlganda, Davlat inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turar joylarning gaz tarmoqlari va gaz xoʻjaligi soz va doimiy yuqori texnik jihatdan tayyor holatda boʻlishi, gazdan foydalanishda, eng avvalo koʻp kvartirali uylarda xavfsizlik taʼminlanishi uchun javobgarlik “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga va ularning tuman (shahar) filiallariga yuklansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va aholi yashash punktlarini gaz bilan taʼminlash tizimidan foydalanilishini muntazam nazorat qilish va tekshirish, uy-joy-kommunal xoʻjaligida, ayniqsa koʻp kvartirali turar joylarda tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining muhim vazifasi hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlandi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formali kiyim-bosh namunalarini, farqlash belgilarini va ularni taqib yurish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda formali kiyim-boshni berish norma va muddatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar hisobiga tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, inspeksiya xodimlarini formali kiyim-bosh bilan taʼminlash xarajatlarining 30 foizi budjet mablagʻlari, 70 foizi budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi) respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat inspeksiyasi, uning mintaqaviy inspeksiyalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining sanoatda xavfsizlik sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita Davlat inspeksiyasiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat inspeksiyasining xavfsizlik texnikasi, nazorat ostidagi obyektlarning texnik xavfsizligi, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi hamda xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan oʻzaro aloqa va hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish Davlat inspeksiyasiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari doirasida, xizmat koʻrsatiladigan korxonalar va Davlat inspeksiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari va amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat inspeksiyasi, unga idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda va gaz taʼminotida ishlarni bexatar olib borishga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga, mineral xom ashyoni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan saralashga, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan taʼminlashga oid qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz xoʻjaligi tizimida va koʻp kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy obyektlarining gaz taʼminotida xavfsizlik taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xavfsizlik va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari boʻyicha ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlariga tezkor va metodik rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya obyektlariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlarni bexatar olib borish, uskunalar tuzilishi va ishlatilishi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xom ashyoni qayta ishlash hamda metallurgiya jihatidan saralashga doir talablar mavjud boʻlgan davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi hamda ushbu masalalar boʻyicha qoidalar va normalarni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar va obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli boʻlgan kon mahsulotlarini saqlash qismi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobdan chiqarishni kelishib oladi va sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyingi geologiya-qidiruv ishlarida va konlarni qazishda tasdiqlanmagan zaxiralarni hisobdan chiqarish uchun xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xom ashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normadan ortiqcha yoʻl qoʻyilgan yoʻqotishlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtalar (konlar)ning, neft-gaz tarmogʻi quduqlarining bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning ayrim masʼuliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz nazorati obyektlarini, bosim ostida ishlovchi bugʻ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bugʻ va issiq suv quvurlarini va koʻtarish inshootlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar va kommunal-maishiy obyektlarning gaz xoʻjaligi tizimida texnika xavfsizligini taʼminlash sohasida kommunal-maishiy korxonalar xizmatlari tomonidan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar bajarilishini tekshiradi va monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar loyihalarini sanoatda, kon nazoratida, yer osti boyliklarini muhofaza qilish ishlarini olib borishning xavfsizlik talablariga muvofiqligi jihatidan ekspertizadan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi obyektlar xodimlarini tayyorlash va ushbu obyektlarda ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat va yer osti boyliklarini muhofaza qilish xavfsizligi jihatidan xorijiy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni qoʻllash imkoniyatlari toʻgʻrisida ekspert xulosasini beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranzitiga qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va uni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazoratidagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarish travmatizmining oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini hamda korxonalarning, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining neft fontaniga qarshi, gazdan qutqarish boʻlinmalarining va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etish va ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv tashkilotlarida, magistral neft-gaz va ularning mahsulotlarini uzatish quvurlarida, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yongʻin xavfi boʻlgan obyektlarda, don saqlash hamda uni qayta ishlash obyektlarida, yer ostida transport va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yongʻin xavfi boʻlgan qurilish obyektlarida va boshqa tarmoqlarning oʻta xavfli obyektlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat portlovchi moddalari va portlatuvchi vositalarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlatish va hisobga olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz, neft va ularning mahsulotlari uzatiladigan magistral quvurlarni, shaharlar va aholi yashash joylarini gaz bilan taʼminlash tizimlarini, shuningdek neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va foydalanish bilan bogʻliq obyektlarni loyihalash, qurish, foydalanish va taʼmirlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz izlashda, neft va gaz quduqlarini qazishda, ularni sinab koʻrishda va ishlatishga tayyorlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash va yongʻin xavfi boʻlgan nazorat ostidagi ishlab chiqarishlarni va obyektlarni qurishda, rekonstruksiya qilishda, ulardan foydalanishda va ularni taʼmirlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolatiga koʻra), ionlovchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni koʻmib tashlash, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro obyektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa obyektlardan foydalanishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish inshootlarini, bugʻ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bugʻ va issiq suv quvurlarini, shuningdek nazorat ostidagi boshqa obyektlarni barpo etish, tayyorlash, montaj qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanishda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda oʻz vakolatlariga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻz mintaqaviy inspeksiyalari va oʻziga qarashli tashkilotlar orqali hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan korxonalar va obyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishga oid qoidalar va normalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik va yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari va normalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish, shuningdek odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holati vujudga kelganda ularni ish joylaridan chiqarish, ish joylarini yoki uskunalarni muhrlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishga oid qoidalar va normalarni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlovchi kurslarni, shuningdek kon va portlatish ishlari olib borilishiga javob berish huquqi beriladigan mutaxassislar tayyorlovchi kurslarni tashkil etish, oʻta xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorlanadigan shaxslardan imtihonlar olish va ularga tegishli guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi obyektlarda mutaxassislarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni va ishchilarning mehnatini muhofaza qilish yoʻriqnomalarini bilishlarini tekshirish, oʻz nazorati ostidagi korxonalar, shu jumladan sanoat sohasida tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining xavfsizlik hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda belgilangan tartibda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazorati ostidagi korxonalar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari, yoʻriqnomalari va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablarini buzuvchi shaxslarni egallab turgan lavozimidan belgilangan tartibda boʻshatish yoki ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalarning holatlari va sabablarini, ishlab chiqarish jarohati, portlovchi materiallarning yoʻqolishi holatlarini belgilangan tartibda texnik jihatdan tekshirish va tekshirish natijalari boʻyicha oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarga oid bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, ish bajariladigan muhit va atrof tabiiy muhit tahlillari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi oʻtkazilishini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi zavodlarda va taʼmirlash korxonalarida oʻz nazorati ostidagi sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalarning xavfsizlik qoidalari va normalari talablariga muvofiqligini tekshirish, ular standartlar, qoidalar va normalar talablariga hamda tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini toʻxtatib qoʻyish va qoʻllanishini taqiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlaridan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalardan oʻz vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarda va fuqarolarda ishlarga va ularning bajarilishiga texnik rahbarlik qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini, shuningdek oʻta xavflilik bilan bogʻliq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatiladigan korxonalar hisobiga moliyalashtiriladigan mintaqaviy inspeksiyalarga tezkor hamda metodik rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan kelishgan holda shartnoma asosida ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlar, obyektlar va ishlarning xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish bilan bogʻliq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalar oʻtkazish uchun shartnoma asosida jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat inspeksiyasi inspektorlari oʻz vazifalarini bajarishlari uchun nazorat ostidagi korxonalar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan taʼminlaydilar, shuningdek ularga doimiy biriktirib qoʻyilgan mintaqaviy inspeksiyalar inspektorlariga kommunal xizmatlar koʻrsatiladigan va telefon aloqasi boʻlgan idoraviy turar-joy ajratishda koʻmaklashadilar, idoraviy maktabgacha bolalar muassasalarida va sanatoriy-kurort muassasalarida joy beradilar, tibbiy xizmat koʻrsatish va ijtimoiy-maishiy taʼminot masalalarini hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat inspeksiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi boshligʻining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, oʻrinbosar esa — tegishli ravishda vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat inspeksiyasi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda Davlat inspeksiyasi boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasining tarkibiy boʻlinmalari va mintaqaviy inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, oʻziga qarashli tashkilotlar nizomlarini (ustavlarini) tasdiqlaydi, Davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi toʻgʻrisidagi nizom bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi boshqaruvi apparati xodimlarini hamda oʻziga qarashli tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining avariyaga uchragan odamlarni qutqarishga, yuz berayotgan avariyalarni bartaraf etishga va korxonalarda avariya-texnika ishlarini bajarishga tayyorligini taʼminlash boʻyicha ishlari ustidan nazoratni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tarmoq inspeksiyalari va mintaqaviy inspeksiyalar oʻz faoliyatini Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inspektorlar tarkibiga va Davlat inspeksiyasi organlari xodimlariga belgilangan tartibda farqlash belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 10-iyuldagi 323-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari toʻgʻrisida” 1993-yil 3-martdagi 122-son qarori va unga ilovadagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga koʻrsatmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qaroriga 1 va 2-ilovalar matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligiga koʻrsatmalar, “Sanoatkontexnazorat” — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalarning matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligi”ga koʻrsatmalar tegishli ravishda “Sanoatkontexnazorat” — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilova II boʻlimi 1-bandining birinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan amalga oshiriladi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyder xizmatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 6-iyundagi 287-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshida va 2-ilova IV boʻlimining yettinchi xatboshidagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga koʻrsatmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlarning xavfsizligi qoidalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 60-kichik banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda) 3-ilovadagi 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 62-modda) ilovadagi 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 va 5-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilova 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 31-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarori 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovada 11-band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 5-iyuldagi 243-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 38-modda) ilovaning 23-bandida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga 1-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qaroriga 1-ilova 11-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “j” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda) 1-ilova 8-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 6-noyabrdagi 489-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 111-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning 2-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga (1-ilova) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligiga”, “Sanoatkontexnazorat” agentligining” va “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga”, “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” va “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 1-ilovaning 14-bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi”, “Agentlik tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”, “Inspeksiya tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda; 2008-y., 22-23-son, 202-modda, 50-son, 496-modda; 2010-y., 20-son, 153-modda, 23-son, 183-modda; 2011-y., 19-son, 191-modda, 30-son, 316-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)