Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2303-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-son “Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2303, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 552-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-oktabr,
222-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 3-oktabrdagi 222-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Buyruq muqaddimasidagi “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1997-y., 5-son, 18-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Buyruq ilovasida:
a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“8. Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish uchun |
— |
eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida”. |
b) Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
|
“81. Avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun |
— |
eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida”. |
v) 8-bandning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
yoʻqotilgan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
yoʻqotilgan avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.”.
g) 15-banddagi “20 foizi” degan soʻzlar “70 foizi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
d) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“16. Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun |
— |
eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida”. |
e) 17-banddagi “hamda unga ogohlantirish taloni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
j) V bobning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikatini, shu jumladan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
yoʻqotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
yoʻqotilgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida undiriladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 2-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 10/17/2303-1/0124-son)