Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli “Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglament hamda obyektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
820-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish xususiyatlarini tasniflashni belgilaydi, shuningdek obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni davlat tomonidan arxitektura-qurilish nazorat qilish tartibi va tartib-taomillarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlari (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari), turar-joy toifasidan noturar-joy toifasiga oʻtkaziladigan binolar, mavsumiy ishlar va yaylovdagi chorvachilik uchun vaqtinchalik uylar hamda maishiy binolar, mobil aloqa stansiyalarni montaj qilish, kichik hajmdagi (300 kub metrdan katta boʻlmagan) alohida quriladigan va foydalanilayotgan muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirishni talab qilmaydigan obyektlar, togʻ kavlash ishlari, texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektni rekonstruksiya qilish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirishga joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika hududida qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish talab etadigan qurilish va rekonstruksiya obyektlari davlat tomonidan majburiy tartibda arxitektura-qurilish nazoratiga olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat arxitektura-qurilish nazorati qurilish obyektlarining xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrta va yuqori xavflilik omillariga ega obyektlarni nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati — davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq koʻchmas obyektlarni loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati subyekti — davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar boʻlib, ular shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar va shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxslari — shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan masʼul shaxslar, shuningdek obyekt qurilishi ishlarini amalga oshiruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish bosqichi — qurilish obyektining sifati, mustahkamligi, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini taʼminlash borasida nihoyasiga yetkazilgan qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori boʻlgan bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf — shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda salbiy oqibatlarning paydo boʻlish ehtimolini hisobga oladigan xavflilik choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi deb ataladi) mansabdor shaxslari — inspektorlarining belgilangan muddatlar bajarilishi shart boʻlgan yozma talablari. Koʻrsatmalar shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashni nazarda tutmaydi. Koʻrsatma tekshiruvni amalga oshirgan organ mansabdor shaxsi tomonidan beriladi va imzolanadi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(II-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan qurilish obyektlarining (obyektlar toifalari) murakkablik toifalari tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hayot va faoliyat uchun maqbul xavflar ahamiyati inobatga olingan holda, barcha qurilish obyektlari uch toifaga — xavflilikning past, oʻrta va yuqori omillariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilish obyektlarining murakkablik toifalarining tasnifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I-toifa — xavflilik omili past obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) II-toifa — xavflilik omili oʻrtacha obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Obyektlar toifalari qurilish obyektlarining murakkablik toifasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish obyektlari bir qancha toifalar xususiyatlariga ega boʻlsa, ular III — xavflilik omillari yuqori obyektlar toifasi boʻyicha tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obyektlarning murakkablik toifalari tasniflanishiga qarab, davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish davriyligining quyidagi muddatlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-toifa — nazorat boʻyicha vakolatli davlat organining nazorat funksiyalari koʻzda tutilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-toifa — bir oyda toʻrt martadan koʻp emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-toifa — bir oyda besh martadan koʻp emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tekshirishlar turlari va prinsiplari, ularni oʻtkazishni asoslash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat arxitektura-qurilish nazorati quyidagi turdagi tekshiruvlar shaklida amalga oshiriladi: rejali, qisqa muddatli (subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejali tekshiruvlarni oʻtkazishning umumiy muddati bir yilda oʻn kalendar kunidan oshmasligi darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlarni oʻtkazishda quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratining predmetlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish va qurishni loyihalashtirish toʻgʻrisida shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishiga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va pudrat tashkiloti — ishlar va xizmatlar ijrochilarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalashtirish va qurilish faoliyatining litsenziyalashtiriladigan turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda shaharsozlik normalari hamda qoidalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va loyiha hujjatlariga mosligi, shuningdek pudrat tashkilotining qurilish sohasiga oid ijro hujjatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektida texnik tartibga solish sohasiga oid normativ hujjatlar va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, suratga olish va oʻlchash ishlari oʻtkazilishi yuzasidan tanlash asosida nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat tartibidagi tekshiruv avvalgi rejali tekshiruvlar yoki qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi davomida aniqlangan hamda qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarda qayd etilgan qoidabuzarliklarga barham berish maqsadida nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladi va ushbu vazifa doirasidan chetga chiqishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi tekshiruvlar faqat shaharsozlik faoliyati subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish koʻrsatmasida berilgan muddat tugagandan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyiha hujjati, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma mavjud boʻlmagan holda obyektni qurish yoki rekonstruksiya qilishda;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati subyekti texnologik jarayonni buzganda, inshootlar, uskunalar ishdan chiqqanda, odamlar hayoti va salomatligi, mol-mulki, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariya holatlari yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxsning shaharsozlik faoliyati subyekt tomonidan murojaat qiluvchining huquqlari hamda manfaatlari buzilganini tasdiqlovchi hujjatlar, materiallar hamda boshqa maʼlumotlar ilova qilingan yozma ravishdagi arizasi mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Obyekt qurilishi boʻyicha davlat arxitektura-qurilish inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta va invoys asosida oʻtkaziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik subyektlari faoliyatini rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Respublikada qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish sxemasi asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshiruvlarni oʻtkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat organlari faoliyatining qonuniyligi, xolisligi va oshkoraligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik subyektlari, jumladan, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan qurilish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat arxitektura-qurilish nazorati obyekt qurilishining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari, obyektlarni batafsil rejalashtirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi va loyihalari mavjud boʻlmaganda shahar va tuman markazlarida joylashtirish hamda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, loyiha hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat boʻyicha vakolatli davlat organining qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma boʻlmaganda, obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish qatʼiyan man etiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni yangidan qurishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshoot poydevorini qurish (xandak va chuqurliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poydevor qurish (erosti, yerusti qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni qurish (bino va inshootlar sinchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorlar va toʻsib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va fasadni pardozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni rekonstruksiya qilishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar zamin-poydevorini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poydevor, koʻtarib turuvchi va oʻrab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi konstruksiyalar qurish (shu jumladan, taqab va ustiga quriladigan binolar va boshqa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar fasadini oʻzgartirish yoki xonalarning pardozini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarning koʻtarib turuvchi va oʻrab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash obyektlarning hajmi va rejalashtirish hamda konstruktiv yechimlarini oʻzgartirgan holda rekonstruksiya qilish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Binolar, inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi barcha bosqichlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, obyektning mustahkamligi, xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini taʼminlash boʻyicha majburiy talablar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tanlash asosida davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qurilish-montaj ishlarining bosqichlari yakunlanishidan ikki kun avval nazorat boʻyicha vakolatli davlat organiga yozma xabarnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta qabul qilingan va qurilish buyurtmachilari yoki pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan boʻlsa, qurilish obyektida shaharsozlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish normalari va qoidalari, respublika standartlari, DAST hamda texnik shartlarga muvofiqligi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shu jumladan nihoyasiga yetkazilgan qurilish bosqichini qabul qilish ishlari shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan, texnik hamda mualliflik nazoratini oʻtkazadigan, shuningdek obyekt qurilishi boʻyicha ishlarni bajaruvchining javobgar shaxslari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelgan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan oʻtkazishning ijobiy natijalari asosida shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan javobgar shaxslar ishtirokida muvofiqlik hujjati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan oʻtkazishning salbiy natijalariga hamda talablari buzilgan hujjatga asoslangan holda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan bosqichda bajarilgan ishlarning nomuvofiqligi toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma koʻrsatma nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsi yozma koʻrsatmada qayd etilgan qoidabuzarliklarni rad etsa, nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan yuqori organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma qoidabuzarlikni tuzatish mumkin boʻlgan holatlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektining konstruktiv va boshqa xususiyatlari inobatga olinib, kamchiliklarni bartaraf etishning quyidagi muddatlari va nazorat tartibida tekshirish sanasi belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish uchun — besh ish kuni davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni toʻxtatish (taqiqlash) — ikki ish kuni davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ruxsat berish xususiyatiga boshqa hujjatlarni berish uchun — uch ish kuni davomida.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat natijalariga koʻra, avval aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etilganida nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori qurilishi yakunlangan bosqichning muvofiqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada “Qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar” ustunida tegishli yozuvi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda qurilish obyektlaridagi ishlarni toʻxtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, ularning ayrim qismlari va muhandislik kommunikatsiyalarining oʻzgarishi yoki qulab tushishi xavfini yuzaga keltiradigan kamchiliklar (yoxud) qoidabuzarliklar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish loyihasi oʻzgartirilganda yoki qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya etmasdan amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan holatlarda nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda bajarilgan konstruktiv elementlarni buzish (yoki demontaj qilish) toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shaharsozlik faoliyati subyekti davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish chogʻida aniqlangan qonun hujjatlari talablari, shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarni bajarmasa, unga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tekshirishlarni oʻtkazishda sinovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning bajarilishi majburiy boʻlgan talablariga muvofiqligi yuzasidan sinovdan oʻtkazishni tayinlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sinovlar shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan obyekt joylashgan joyda yoki tanlangan namunalarni laboratoriyalarda (sinov qurilish laboratoriyalari) laboratoriya tahlili hamda sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mavjud binolar va inshootlarning texnik holati ularni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiqligi boʻyicha shartnomaga muvofiq tekshiruvdan oʻtkaziladi va bu haqida tegishli xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori zarur hollarda, shaharsozlik faoliyati subyektlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etganini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish uchun foydalanilgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalaridan namunalar olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari namunalarini tanlash uslubi va miqdori loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha tanlash, yetkazib berish hamda sinovdan oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sinovlar nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi laboratoriyalarida nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi inspektori hamda shaharsozlik faoliyati subyekti ishtirokida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, mahsulotni nazorat va sinovdan oʻtkazish uslubi yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sinovlarni oʻtkazish muddati oʻttiz ish kunidan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qurilish mahsulotining laboratoriya sinovlari natijalari xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Obyekt qurilishida foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining sifati loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi aniqlangan holatlarda demontaj qilinishi lozim. Sinovlarni oʻtkazish va sifatsiz qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini demontaj qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Shaharsozlik faoliyati subyekti sinov natijalaridan rozi boʻlmagan holatlarda oʻz ixtiyori bilan va oʻz hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil laboratoriyaga yoki ekspertga qoʻyilgan masalalar yuzasidan laboratoriya xulosasini olish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Bunda olingan laboratoriya xulosasi shaharsozlik faoliyati subyektining shikoyat materiallari va tekshirish hujjatlariga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Qoidabuzarlik uchun javobgarlik va nazorat boʻyicha vakolatli davlat organining harakatlari hamda qarorlari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nazorat boʻyicha vakolati davlat organi va uning mansabdor shaxslari davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda oʻz funksiyalari hamda xizmat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarmagan holatlarda qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Shaharsozlik faoliyati subyektlari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari, shuningdek ushbu Nizom talablarini buzsa, qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Subyektlar
Amalga oshiriladigan ishlar turlari
Muddatlar
Nazorat boʻyicha davlat organi
1. Rejali tekshiruvlar
Rejali tekshiruvlarni oʻtkazishning umumiy muddati yil davomida oʻn kalendar kundan oshmasligi zarur.
2. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan)
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish muddati bir ish kunini tashkil etadi.
3. Nazorat tartibidagi tekshiruvlar
Nazorat tartibidagi tekshiruvlar faqat shaharsozlik faoliyati subyektiga koʻrsatmada aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat nihoyasiga yetgandan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari
4. Qurilish obyektlari uch toifaga — xavfliligi past, oʻrta va yuqori omillarga ajratiladi:
I-toifa — xavflilik omili past obyektlar;
II-toifa — xavflilik omili oʻrtacha obyektlar;
III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar
5. I-toifa — xavflilik omili past obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish nazarda tutilmagan.
Nazorat ishlari olib borilmaydi.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari
6. II-toifa — xavflilik omili oʻrtacha obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish talab etiladi.
Qurilish obyektida tanlash asosida nazoratni amalga oshirish davriyligi muddatlari bir oyda toʻrt martadan oshmasligi darkor.
7. III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish talab etiladi.
Qurilish obyektida tanlash asosida nazoratni amalga oshirish davriyligi muddatlari bir oyda besh martadan oshmasligi darkor.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/820/0105-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)