10.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2934
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining qarori, 10.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2934
Кучга кириш санаси
11.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2934]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyundagi 333-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-35-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A. AXMEDXADJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
03/17-1092-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo vaziri E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/09-14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligining 2017-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-35, 03/17-1092, 2017/09-14-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyundagi 333-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-apreldagi 250-son hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 17-apreldagi 2025/11-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2934-1, 07.05.2025-y.) tahririda — Qonunch ilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/2934-1/0423-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — “Oʻzbekneftgaz” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlar — “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyasi, “Altmax Nolding Ltd” kompaniyasi va “Oʻzneftegazqazibchiqarish” AJ, shuningdek ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan sessionarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan 2017-yil 5-apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz mahsuloti — neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, qazib olingan, tayyorlangan, qayta ishlangan va (yoki) saqlangan hamda tegishli yetkazish joyiga texnologik yoʻqotishlarni ayirib tashlagan holda yetkazilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorod mahsulotlari va yoʻldosh mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz operatsiyalari — shartnoma maydoni va shartnomadan tashqari maydon doirasida geologiya-qidiruv ishlari bilan bogʻliq boʻlgan loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, yer qaʼrini geologik oʻrganish, shu jumladan qidiruv (baholash) quduqlarini burgʻulash, sanoat konlarini obodonlashtirish va ishlatish, qazib chiqarish, barqarorlashtirish, tayyorlash (shu jumladan tabiiy gazni tayyorlash), ajratib olish (shu jumladan, tayyor oltingugurtni olish), qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash, shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorodlar va oltingugurtni yetkazish joyiga yetkazib berish, shartnoma maydoniga nisbatan yoʻq qilish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha faoliyat, shuningdek mazkur operatsiyalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va MTBni bajarish doirasida hamda maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator — MTBda nazarda tutilgan ishlarni bajarishni tashkil qilish uchun tuzilgan “Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi — Investor va (yoki) Operator bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (kontrakt) tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, pudratchi bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar (kontraktlar) tuzilgan ikkilamchi pudratchilarni ham oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar — Investor, Operator, ularni MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun jalb qilingan pudratchilari tomonidan olib kiriladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlar, uskunalar, moddiy-texnik resurslar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek ehtiyot qismlar, jihozlar va qismlar, YOMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun loyiha va texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomda alohida izoh berilmagan boshqa barcha tushunchalar ushbu tushunchalar uchun MTBda va bojxona qonunchiligida berilgan maʼnoni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) eksport mamlakatniki kabi import mamlakatning ham Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) boʻyicha kodiga shartli havolaga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF TN boʻyicha yakuniy kod kelib tushgan tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish paytida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi dastlabki oltita belgi darajasida oʻzgarmasa shartnomalarga oʻzgartirish kiritilmagan holda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladigan tovarlar qonunchilik hujjatlarida va MTBda belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investor va (yoki) Operator va ularning pudratchilari tomonidan olib kirilib, erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan hamda vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 21-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) bojxona toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investor, Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator javobgar boʻladi. Bunda pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) shartlariga muvofiq pudratchi javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Operator neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona omborini tashkil etish huquqiga ega.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 5-bobiga muvofiq BYD quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-grafaning chap kichik boʻlmasida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-grafaning oxirgi uchta raqamiga Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga asosan “062” kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301 tartib raqami va “KNT” harfli kodi ostida — Operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tegishli shartnomaning (kontraktning) raqami, sanasi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTBning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor va (yoki) Operator va pudratchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan tovarlarga nisbatan tovarlarni chiqarib yuborish (rasmiylashtirish) muvofiqlik sertifikati va ekologik sertifikat mavjud boʻlmagan hollarda ularni keyinchalik taqdim etilishi bilan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchining arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 6-bobida belgilangan tartib va shartlarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investor, Operator yoki pudratchining erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 11-bobi asosida Investor va (yoki) Operator yoki pudratchining arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga koʻra koʻrsatilgan muddatga Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 8-bobiga muvofiq BYD quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-grafaning chap kichik boʻlmasida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-grafaning oxirgi uchta raqamiga Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga asosan “062” kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301 tartib raqami va “KNT” harfli kodi ostida — Operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tegishli shartnomaning (kontraktning) raqami, sanasi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTBning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor va (yoki) Operator va pudratchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. MTBning butun amal qilish muddati davomida tovarlarning vaqtincha olib kirilishini BYDda koʻrsatilgan dastlabki muddatidan koʻproq muddatga uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 64-moddasiga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Investor, Operator va pudratchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investor, Operator va pudratchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona organiga olib oʻtilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona yigʻimlarni toʻlashga;
(15-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) neft-gaz operatsiyalariga moʻljallangan tovarlar tasarrufdan chiqarilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini toʻlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vaqtincha olib kirish muddatlari tugaganida tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga majbur.
(15-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalar asosida Investor, Operator yoki pudratchilar, ikkilamchi pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Operator, zarur hollarda, Investorlarning topshirigʻiga binoan va vakolatli organning roziligi bilan kernlarning, qatlam suyuqliklari namunalarini va neft-gaz operatsiyalar jarayonida olingan axborot va maʼlumot hujjatlarini ishlov berish, tahlil qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida tegishli bojxona organlariga yozma murojaat asosida Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga/ichkarisiga olib chiqishi/kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Operator, zarur hollarda, Investorlarning topshirigʻiga binoan va vakolatli organning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga/ichkarisiga loyihaviy, texnik, hisob hujjatlari, seysmik yozuvlar maʼlumotlarining aslini va boshqa geologik maʼlumotlarni ishlov berish, tahlil etish va oʻrganish maqsadida olib chiqishi/kirishi mumkin. Operator olib chiqib ketilgan koʻrsatilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investorlar, Operator, pudratchilar, ikkilamchi pudratchilar, yetkazib beruvchilar va boshqa shaxslarning neft-gaz operatsiyalarini MTB boʻyicha bajarish uchun jalb qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan xodimlari, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, har qanday maishiy buyumlarni va boshqa shaxsiy narsalarni, shu jumladan mebel, maishiy texnika va hokazolarni, ushbu xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish sharti bilan hech qanday bojxona toʻlovlarisiz (bojxona yigʻimlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketishga haqlidir.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bunday buyumlarga nisbatan boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga berish qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlari va soliq solinishiga olib keladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mulk huquqi Investordan va/yoki Operatordan Oʻzbekiston Respublikasiga yoki u tomondan vakolatli organga (tashkilotga) oʻtganda, Investor, Operator yoki pudratchi tomonidan olib kiriladigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Olib kirilgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan holda, shu jumladan, ular tasarrufdan chiqarilganda, bojxona organi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini undiradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom “Uzbekneftegaz” AJ va Operator bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK Bosh direktori A. IGNATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/2934/0082-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 08.05.2025-y., 10/25/2934-1/0423-son)