Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-martdagi 151-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 5-noyabrdagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 45-son, 590-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 23-martdagi 81-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi bir hafta muddatda Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimoti belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-sentabr,
755-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xoʻjaligi tizimini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash, kapital qurilishda islohotlarni, pudrat ishlari dasturlarini izchil amalga oshirish, qurilish ishlari va arxitektura ishlari sifatini nazorat qilish, qurilish industriyasini rivojlantirish favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlarning, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritgan holda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallarni, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;
b) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirishning, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan mintaqaviy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha dasturlarni, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliqlikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, shaharlar va tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlari taʼminlanishi uchun hududiy boshqaruv organlarining masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
v) aholi hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
demografik jarayonlarni va hududlar aholisi jins va yosh tarkibini, aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
joylarda, ayniqsa qishloq joylarda aholining bandligi holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, aholining ayrim qatlamlarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholining elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan taʼminlanganligini uzluksiz taʼminlashning holatini oʻrganish va takliflar kiritish;
g) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilish sohasida:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikrlari va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish;
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara boʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining chegara boʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek chegara boʻyi muammolarini hal qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish”;
e) kommunal xoʻjaligi sohasida:
kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalarga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, suv taʼminoti tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
arzon koʻp kvartirali uy-joylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirib ketgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uy-joylarning yondosh hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy-kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
j) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilashni taʼminlashni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
koʻmir qazib olish, sotish va uni tashish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani koʻmir xomashyosi bilan zarur miqdorda oʻz vaqtida taʼminlash;
z) qurilish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, shuningdek kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash darajasini oshirish hamda tartibini takomillashtirish;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlari tomonidan loyiha-qidiruv tashkilotlarining obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati ustidan texnik nazorat, shuningdek mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;
i) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini taʼminlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli eksportbop va importning oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish;
potensial xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda ishlab chiqarishga zamonaviy ilgʻor, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport potensialini oshirish, ana shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha dasturiy maʼlumotlarning amalga oshirilishini tahlil qilish;
k) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish sohasida islohotlarning borishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish toʻgʻrisidagi axborotlarni tahlil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan taʼminlash;
gidrometeorologiya, seysmologiya, kichik kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek yirik va oʻta muhim suv xoʻjaligi obyektlari sohasida axborot-tahliliy taʼminotni oʻtkazish;
xavfli yuklar tranziti holati tahlilini taʼminlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishni belgilangan tartibda taʼminlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
xavfli yuklar tranziti yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika taʼminoti masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish.
7. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara boʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalarini muvofiqlashtiradi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Vazirlar Mahkamasi qarorini talab qiladigan masalalar boʻyicha takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlari soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar koʻradi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari hamda inspektorlar lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari hamda inspektorlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentida hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.
8. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
3-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
10. Bosh vazirning oʻrinbosari:
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
oʻzi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarning va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarini respublika manfaatlarini, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlagan holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
11. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 755-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatini kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish, transport va transport kommunikatsiyalari, kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish, qurilish ishlari va arxitektura ishlari sifatini nazorat qilish, qurilish industriyasini rivojlantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kommunal xoʻjaligi sohasida:
kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalarga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, suv taʼminoti tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
arzon koʻp kvartirali uy-joylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirib ketgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uy-joylarning yondosh hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy-kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
b) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilashni taʼminlashni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
koʻmir qazib olish, sotish va uni tashish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani koʻmir xomashyosi bilan zarur miqdorda oʻz vaqtida taʼminlash;
v) qurilish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, shuningdek kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash darajasini oshirish hamda tartibini takomillashtirish;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlari tomonidan loyiha-qidiruv tashkilotlarining obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati ustidan texnik nazorat, shuningdek mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;
g) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini taʼminlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli eksportbop va importning oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish;
potensial xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda ishlab chiqarishga zamonaviy ilgʻor, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport potensialini oshirish, ana shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf boʻyicha dasturiy maʼlumotlarning amalga oshirilishini tahlil qilish;
d) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish sohasida islohotlarning borishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish toʻgʻrisidagi axborotlarni tahlil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan taʼminlash;
gidrometeorologiya, seysmologiya, kichik kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek yirik va oʻta muhim suv xoʻjaligi obyektlari sohasida axborot-tahliliy taʼminotni oʻtkazish;
xavfli yuklar tranziti holati tahlilini taʼminlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishni belgilangan tartibda taʼminlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
xavfli yuklar tranziti yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika taʼminoti masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallarni takliflarni tayyorlaydi;
ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini, hududlardagi ishlarning holatini shu jumladan joylarga borgan holda oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishi, shuningdek ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari vakillarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspert guruhlar tashkil qilish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishining taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga mudir, Departament mudirining oʻrinbosari, shuningdek:
kommunal xoʻjaligi shuʼbasi;
transport shuʼbasi;
qurilish shuʼbasi;
qurilish industriyasi shuʼbasi kiradi.
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh mutaxassislar va inspektorlar, yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish.
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, uning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislar va inspektorlarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Departament mudiri oʻrinbosarining, shuʼba mudirlarining va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish va tegishli maʼlumotlar bankini yuritish yoʻli bilan tashkil etiladi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar va Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislar va inspektorlarning ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari, mutaxassislar va inspektorlar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislar va inspektorlarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini uning oʻrinbosari bajaradi.
16. Departament mudirining oʻrinbosari:
shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini muvofiqlashtiradi hamda unga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlashtirilgan bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalar taqsimoti yuzasidan takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va jazo berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
17. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Vazirlar Mahkamasi, Departamentning tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, tarmoqlarni yanada rivojlantirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri va mudir oʻrinbosari topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga taqdim etadi.
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning bosh inspektori:
shaharsozlik, shaharsozlik normalari va qoidalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, Hukumat komissiyalari va kengashlari qarorlariga rioya etilishi yuzasidan Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha nazoratni amalga oshiradi;
loyiha-qidiruv tashkilotlarining obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli va oʻz vaqtida tayyorlash hamda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyati monitoringini olib boradi;
shaharsozlik yechimlari samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻradi;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati ustidan texnik nazorat, shuningdek mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganadi;
arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganadi;
takliflar va hujjatlar loyihalari tayyorlanishining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtidaligi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻiga va Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Departament mudiri, uning oʻrinbosari va shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 989-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)