1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
|
I. SUGʻURTA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH | |||
|
1. |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sanoat korxonalari va qurilish obyektlarini barcha xatarlardan kompleks sugʻurtalashni taʼminlash maqsadida sugʻurta operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan yangi innovatsion sugʻurta mahsulotlari va maxsus dasturlar yaratish. |
Maxsus sugʻurta mahsulotlari |
2017-2018-yillar |
|
2. |
Tibbiyot sugʻurtasi, texnik va yuridik assistans boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi assistans tashkilotini tashkil etish. |
Assistans tashkilotini tashkil etish |
2018-yil II chorak |
|
3. |
Respublika hududlarida boʻlinmalarini ochgan holda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sugʻurtalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish. |
Sugʻurta tashkilotini tashkil etish |
2018-yil IV chorak |
|
4. |
Aksiyadorlik jamiyatlari menejerlari, shifokorlar, loyiha va qurilish tashkilotlari va boshqalarning masʼuliyatini sugʻurtalash qoidalarini ishlab chiqish. |
Namunaviy qoidalar |
2018-yil III chorak |
|
5. |
Yoshlar uchun uylar qurish dasturlariga muvofiq uy-joylarni sugʻurtalashni amalga oshirish. |
Sugʻurtalash shartnomalarini tuzish |
2017-2018-yillar |
|
6. |
Shartnoma asosida sugʻurta bozorining ixtisoslashtirilgan professional ishtirokchilarini, boshqa mutaxassislarni (shifokorlar, ekspertlar, yuristlar va boshqalar) jalb etish va autsorsing ishlarini davom ettirish. |
Hamkorlik toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni tuzish |
2017-2018-yillar |
|
7. |
2017-2018-yillar davrida sugʻurta xizmatlari hajmini 1,5 barobarga oshirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil IV chorak |
|
8. |
2017-2018-yillarda aktivlarning oʻsishini 1,3 barobarga yetkazgan holda ularni oshirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil IV chorak |
|
9. |
“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ tomonidan taklif etiladigan sugʻurtalash va xizmatlar afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkillashtirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2017-2018-yillar |
|
II. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH | |||
|
10. |
Jamiyatning sugʻurta portfelini diversifikatsiya qilish va samarali boshqarish maqsadida sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, toʻlov qobiliyatiga boʻlgan zarur talablarga rioya qilish hamda taqdim etilayotgan sugʻurta va qayta sugʻurtalash xizmatlarining yuqori sifatini ushlab turish. |
Hamkorlik toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni tuzish |
2017-2018-yillar |
|
11. |
Jahon sugʻurta hamjamiyatibilan integratsiyalashuv. Yetakchi xorijiy sugʻurta va qayta sugʻurtalash kompaniyalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish. |
Hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish |
2018-yil III chorak |
|
12. |
Xalqaro reyting baholarini olish uchun xalqaro normalar, mezonlar va standartlarni joriy etish, xalqaro auditni oʻtkazish va ISO sifat menejmenti tizimini qoʻllab borish. |
Shartnomalar tuzish |
2018-yil IV chorak |
|
III. FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH | |||
|
13. |
Mustaqil ekspertlar tomonidan korporativ boshqaruv tizimini har chorakda baholab borish. |
Baholash toʻgʻrisida hisobot |
Har chorakda |
|
14. |
Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) takomillashtirish. |
Jamiyatning biznes-rejasiga oʻzgartirishlar kiritish |
2018-yil I chorak |
|
15. |
Jamiyat boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni tezkor tahlil qilish. |
Tahliliy maʼlumot |
2017-yil IV chorak |
|
IV. KORPORATIV BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH | |||
|
16. |
Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qoʻmitasini tashkil etish |
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori |
2018-yil II chorak |
|
17. |
Xatar-menejmenti, audit, kadrlar va mukofotlar masalalari boʻyicha jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida turdosh qoʻmitalar tashkil etish. |
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori |
2017-yil IV chorak |
|
18. |
Korporativ boshqaruv Kodeksi talablarini joriy etish va unga rioya qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2017-yil IV chorak |
|
19. |
Jamiyatning veb-saytini yanada takomillashtirish. |
Veb-saytni takomillashtirish |
2017-yil IV chorak |
|
V. NR-MENEJMENTI SAMARADORLIGINI OSHIRISH | |||
|
20. |
Jamiyat boshqaruvi soni va tuzilmasini maqbullashtirish. |
Shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish |
2017-yil III chorak |
|
21. |
Jamiyatning yuqori va oʻrta boʻgʻini menejerlarini korporativ menejment va biznes-jarayonlarini boshqarish boʻyicha kurslarda, shu jumladan xorijda oʻqitish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil I chorak |
|
22. |
Asosan masofaviy turib seminar-treninglar oʻtkazish (videokonferensiyalar, testlar, oʻqitish). |
Seminar va treninglar tashkil etish |
2017-2018-yillar |
|
23. |
Sugʻurta tarmogʻi uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha respublikaning oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ish olib borish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil II chorak |
|
VI. ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH | |||
|
24. |
Mahalliy va xalqaro toʻlov tizimlari orqali onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyati bilan koʻptilli internet-magazinini qoʻllagan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali sugʻurtalash xizmatlari realizatsiyasini rivojlantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2017-yil IV chorak |
|
25. |
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sugʻurta xizmatlarini realizatsiya qilishning virtual ofis va yangi kanallarini yaratish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2017-yil IV chorak |
|
26. |
Moliya operatsiyalarining toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganligi ustidan nazoratni kuchaytirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2017-yil IV chorak |