09.10.2017 yildagi PQ-3317-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun sug‘urta xizmatlari ko‘lamini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini samarador sug‘urtalash tizimini yaratish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, yetkazilgan zarar, o‘t va baxtsiz hodisalardan garov hamda lizing obyektlarini sug‘urtalash yo‘li orqali tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish sug‘urtalarini taqdim etish, shuningdek, mulkni, yo‘ldagi uskunalar va tovarlarni sug‘urtalash hamda tadbirkorlik faoliyatini barcha tavakkalchiliklardan sug‘urtalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, sanoat korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish obyektlarini barcha xavf-xatarlardan kompleks sug‘urtalashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta himoyasini taqdim etish, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda sug‘urta xizmatlarining keng ko‘lamini taqdim etish uchun respublikaning barcha hududlari aholisi qamrab olinishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi, aholini shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha, shu jumladan, infeksiya orqali yuqadigan kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta himoyasini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, yoshlar uchun uylar qurish bo‘yicha dasturlarga muvofiq uy-joyni sug‘urtalashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, yangi investitsiyaviy sug‘urta mahsulotlarini yaratish orqali sug‘urta faoliyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan xolda virtual ofislar va sug‘urta xizmatlari sotishning yangi kanallarini yaratish, onlayn to‘lash imkoniyatlari orqali internet-magazinlardan foydalangan xolda jahon Internet tizimidan foydalangan holda sug‘urta xizmatlari sotishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi, aholiga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi, sug‘urtalash va qaytadan sug‘urtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ninchi, barcha turdagi kreditlarning qaytarilmasligi xatarlarini sug‘urtalash (kredit va lizing operatsiyalari bo‘yicha tadbirkorlik xatarini sug‘urtalash) shartnomalari bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida bo‘linmalarni tashkil etgan holda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot sug‘urtasi, texnik va yuridik assistans bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan assistans tashkilotlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillarda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi zimmasiga “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifa va faoliyat yo‘nalishlarini sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash hamda mazkur qaror bilan ma’qullangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) bo‘limlari qoshida doimiy asosda tadbirkorlik subyektlariga sug‘urta polislarini sotish punktlarini tashkil etsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-maydagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda seysmik xavfga ega, suv toshqini vujudga kelishi mumkin bo‘lgan hamda sel xavf-xatarlari bo‘lgan hududlardagi inshootlar, uy-joy, fuqarolarning shaxsiy mulklari, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarini sug‘urtalashni, shuningdek, aholi va tashkilotlar o‘rtasida sug‘urtalash imtiyozlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sug‘urtaning maqsadlari, vazifalari, shuningdek, ahamiyatini aholi o‘rtasida Internet tarmog‘ini hisobga olgan holda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 14-martdagi 144-sonli qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori 3-ilovasining IX bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 11-son, 72-bet) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3317-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillarda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

I. SUG‘URTA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sanoat korxonalari va qurilish obyektlarini barcha xatarlardan kompleks sug‘urtalashni ta’minlash maqsadida sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlari va maxsus dasturlar yaratish.

Maxsus sug‘urta mahsulotlari

2017-2018-yillar

2.

Tibbiyot sug‘urtasi, texnik va yuridik assistans bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi assistans tashkilotini tashkil etish.

Assistans tashkilotini tashkil etish

2018-yil II chorak

3.

Respublika hududlarida bo‘linmalarini ochgan holda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish.

Sug‘urta tashkilotini tashkil etish

2018-yil IV chorak

4.

Aksiyadorlik jamiyatlari menejerlari, shifokorlar, loyiha va qurilish tashkilotlari va boshqalarning mas’uliyatini sug‘urtalash qoidalarini ishlab chiqish.

Namunaviy qoidalar

2018-yil III chorak

5.

Yoshlar uchun uylar qurish dasturlariga muvofiq uy-joylarni sug‘urtalashni amalga oshirish.

Sug‘urtalash shartnomalarini tuzish

2017-2018-yillar

6.

Shartnoma asosida sug‘urta bozorining ixtisoslashtirilgan professional ishtirokchilarini, boshqa mutaxassislarni (shifokorlar, ekspertlar, yuristlar va boshqalar) jalb etish va autsorsing ishlarini davom ettirish.

Hamkorlik to‘g‘risida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

7.

2017-2018-yillar davrida sug‘urta xizmatlari hajmini 1,5 barobarga oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

8.

2017-2018-yillarda aktivlarning o‘sishini 1,3 barobarga yetkazgan holda ularni oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

9.

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan taklif etiladigan sug‘urtalash va xizmatlar afzalliklari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-2018-yillar

II. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

10.

Jamiyatning sug‘urta portfelini diversifikatsiya qilish va samarali boshqarish maqsadida sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, to‘lov qobiliyatiga bo‘lgan zarur talablarga rioya qilish hamda taqdim etilayotgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash xizmatlarining yuqori sifatini ushlab turish.

Hamkorlik to‘g‘risida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

11.

Jahon sug‘urta hamjamiyatibilan integratsiyalashuv. Yetakchi xorijiy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish.

Hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish

2018-yil III chorak

12.

Xalqaro reyting baholarini olish uchun xalqaro normalar, mezonlar va standartlarni joriy etish, xalqaro auditni o‘tkazish va ISO sifat menejmenti tizimini qo‘llab borish.

Shartnomalar tuzish

2018-yil IV chorak

III. FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH

13.

Mustaqil ekspertlar tomonidan korporativ boshqaruv tizimini har chorakda baholab borish.

Baholash to‘g‘risida hisobot

Har chorakda

14.

Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) takomillashtirish.

Jamiyatning biznes-rejasiga o‘zgartirishlar kiritish

2018-yil I chorak

15.

Jamiyat bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni tezkor tahlil qilish.

Tahliliy ma’lumot

2017-yil IV chorak

IV. KORPORATIV BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

16.

Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasini tashkil etish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori

2018-yil II chorak

17.

Xatar-menejmenti, audit, kadrlar va mukofotlar masalalari bo‘yicha jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida turdosh qo‘mitalar tashkil etish.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori

2017-yil IV chorak

18.

Korporativ boshqaruv Kodeksi talablarini joriy etish va unga rioya qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

19.

Jamiyatning veb-saytini yanada takomillashtirish.

Veb-saytni takomillashtirish

2017-yil IV chorak

V. NR-MENEJMENTI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

20.

Jamiyat boshqaruvi soni va tuzilmasini maqbullashtirish.

Shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish

2017-yil III chorak

21.

Jamiyatning yuqori va o‘rta bo‘g‘ini menejerlarini korporativ menejment va biznes-jarayonlarini boshqarish bo‘yicha kurslarda, shu jumladan xorijda o‘qitish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil I chorak

22.

Asosan masofaviy turib seminar-treninglar o‘tkazish (videokonferensiyalar, testlar, o‘qitish).

Seminar va treninglar tashkil etish

2017-2018-yillar

23.

Sug‘urta tarmog‘i uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ish olib borish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil II chorak

VI. ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

24.

Mahalliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bilan ko‘ptilli internet-magazinini qo‘llagan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali sug‘urtalash xizmatlari realizatsiyasini rivojlantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

25.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini realizatsiya qilishning virtual ofis va yangi kanallarini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

26.

Moliya operatsiyalarining to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)