09.10.2017 yildagi PQ-3317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sugʻurta faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun sugʻurta xizmatlari koʻlamini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini samarador sugʻurtalash tizimini yaratish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, yetkazilgan zarar, oʻt va baxtsiz hodisalardan garov hamda lizing obyektlarini sugʻurtalash yoʻli orqali tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish sugʻurtalarini taqdim etish, shuningdek, mulkni, yoʻldagi uskunalar va tovarlarni sugʻurtalash hamda tadbirkorlik faoliyatini barcha tavakkalchiliklardan sugʻurtalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, sanoat korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish obyektlarini barcha xavf-xatarlardan kompleks sugʻurtalashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta himoyasini taqdim etish, “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda sugʻurta xizmatlarining keng koʻlamini taqdim etish uchun respublikaning barcha hududlari aholisi qamrab olinishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, aholini shaxsiy sugʻurtalash boʻyicha, shu jumladan, infeksiya orqali yuqadigan kasalliklardan sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta himoyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, yoshlar uchun uylar qurish boʻyicha dasturlarga muvofiq uy-joyni sugʻurtalashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, yangi investitsiyaviy sugʻurta mahsulotlarini yaratish orqali sugʻurta faoliyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan xolda virtual ofislar va sugʻurta xizmatlari sotishning yangi kanallarini yaratish, onlayn toʻlash imkoniyatlari orqali internet-magazinlardan foydalangan xolda jahon Internet tizimidan foydalangan holda sugʻurta xizmatlari sotishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi, aholiga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi, sugʻurtalash va qaytadan sugʻurtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi, barcha turdagi kreditlarning qaytarilmasligi xatarlarini sugʻurtalash (kredit va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik xatarini sugʻurtalash) shartnomalari boʻyicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida boʻlinmalarni tashkil etgan holda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sugʻurtalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot sugʻurtasi, texnik va yuridik assistans boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan assistans tashkilotlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillarda “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi zimmasiga “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifa va faoliyat yoʻnalishlarini sifatli va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash hamda mazkur qaror bilan maʼqullangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni koʻrsatilgan muddatlarda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlari qoshida doimiy asosda tadbirkorlik subyektlariga sugʻurta polislarini sotish punktlarini tashkil etsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-maydagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda seysmik xavfga ega, suv toshqini vujudga kelishi mumkin boʻlgan hamda sel xavf-xatarlari boʻlgan hududlardagi inshootlar, uy-joy, fuqarolarning shaxsiy mulklari, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarini sugʻurtalashni, shuningdek, aholi va tashkilotlar oʻrtasida sugʻurtalash imtiyozlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sugʻurtaning maqsadlari, vazifalari, shuningdek, ahamiyatini aholi oʻrtasida Internet tarmogʻini hisobga olgan holda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 14-martdagi 144-sonli qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori 3-ilovasining IX bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 11-son, 72-bet) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3317-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillarda “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

I. SUGʻURTA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sanoat korxonalari va qurilish obyektlarini barcha xatarlardan kompleks sugʻurtalashni taʼminlash maqsadida sugʻurta operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan yangi innovatsion sugʻurta mahsulotlari va maxsus dasturlar yaratish.

Maxsus sugʻurta mahsulotlari

2017-2018-yillar

2.

Tibbiyot sugʻurtasi, texnik va yuridik assistans boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi assistans tashkilotini tashkil etish.

Assistans tashkilotini tashkil etish

2018-yil II chorak

3.

Respublika hududlarida boʻlinmalarini ochgan holda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sugʻurtalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish.

Sugʻurta tashkilotini tashkil etish

2018-yil IV chorak

4.

Aksiyadorlik jamiyatlari menejerlari, shifokorlar, loyiha va qurilish tashkilotlari va boshqalarning masʼuliyatini sugʻurtalash qoidalarini ishlab chiqish.

Namunaviy qoidalar

2018-yil III chorak

5.

Yoshlar uchun uylar qurish dasturlariga muvofiq uy-joylarni sugʻurtalashni amalga oshirish.

Sugʻurtalash shartnomalarini tuzish

2017-2018-yillar

6.

Shartnoma asosida sugʻurta bozorining ixtisoslashtirilgan professional ishtirokchilarini, boshqa mutaxassislarni (shifokorlar, ekspertlar, yuristlar va boshqalar) jalb etish va autsorsing ishlarini davom ettirish.

Hamkorlik toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

7.

2017-2018-yillar davrida sugʻurta xizmatlari hajmini 1,5 barobarga oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

8.

2017-2018-yillarda aktivlarning oʻsishini 1,3 barobarga yetkazgan holda ularni oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

9.

“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ tomonidan taklif etiladigan sugʻurtalash va xizmatlar afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-2018-yillar

II. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

10.

Jamiyatning sugʻurta portfelini diversifikatsiya qilish va samarali boshqarish maqsadida sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, toʻlov qobiliyatiga boʻlgan zarur talablarga rioya qilish hamda taqdim etilayotgan sugʻurta va qayta sugʻurtalash xizmatlarining yuqori sifatini ushlab turish.

Hamkorlik toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

11.

Jahon sugʻurta hamjamiyatibilan integratsiyalashuv. Yetakchi xorijiy sugʻurta va qayta sugʻurtalash kompaniyalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish.

Hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish

2018-yil III chorak

12.

Xalqaro reyting baholarini olish uchun xalqaro normalar, mezonlar va standartlarni joriy etish, xalqaro auditni oʻtkazish va ISO sifat menejmenti tizimini qoʻllab borish.

Shartnomalar tuzish

2018-yil IV chorak

III. FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH

13.

Mustaqil ekspertlar tomonidan korporativ boshqaruv tizimini har chorakda baholab borish.

Baholash toʻgʻrisida hisobot

Har chorakda

14.

Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) takomillashtirish.

Jamiyatning biznes-rejasiga oʻzgartirishlar kiritish

2018-yil I chorak

15.

Jamiyat boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni tezkor tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil IV chorak

IV. KORPORATIV BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

16.

Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qoʻmitasini tashkil etish

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori

2018-yil II chorak

17.

Xatar-menejmenti, audit, kadrlar va mukofotlar masalalari boʻyicha jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida turdosh qoʻmitalar tashkil etish.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori

2017-yil IV chorak

18.

Korporativ boshqaruv Kodeksi talablarini joriy etish va unga rioya qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

19.

Jamiyatning veb-saytini yanada takomillashtirish.

Veb-saytni takomillashtirish

2017-yil IV chorak

V. NR-MENEJMENTI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

20.

Jamiyat boshqaruvi soni va tuzilmasini maqbullashtirish.

Shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish

2017-yil III chorak

21.

Jamiyatning yuqori va oʻrta boʻgʻini menejerlarini korporativ menejment va biznes-jarayonlarini boshqarish boʻyicha kurslarda, shu jumladan xorijda oʻqitish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil I chorak

22.

Asosan masofaviy turib seminar-treninglar oʻtkazish (videokonferensiyalar, testlar, oʻqitish).

Seminar va treninglar tashkil etish

2017-2018-yillar

23.

Sugʻurta tarmogʻi uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha respublikaning oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ish olib borish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil II chorak

VI. ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

24.

Mahalliy va xalqaro toʻlov tizimlari orqali onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyati bilan koʻptilli internet-magazinini qoʻllagan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali sugʻurtalash xizmatlari realizatsiyasini rivojlantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

25.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sugʻurta xizmatlarini realizatsiya qilishning virtual ofis va yangi kanallarini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

26.

Moliya operatsiyalarining toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganligi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)