O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kapitallashuv darajasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 2017-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirishga doir vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu qarorga muvofiq Bank Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-sentabr,
776-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 776-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Bankning Ustav jamg‘armasi 236 210 000 000,00 (ikki yuz o‘ttiz olti milliard ikki yuz o‘n million so‘mni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan to‘langan mablag‘lar hamda Bankning kapitallashtirilgan foydasi hisobiga Ustav jamg‘armasini ko‘paytirishga mablag‘lar o‘tkazilgan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha ekvivalentda 451 000 000,00 (to‘rt yuz ellik bir million) AQSh dollarini tashkil qiladi”.
2. 25-bandning o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bankning filiallarini, vakolatxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularning nizomlarini tasdiqlaydi”.
3. 26-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bankning xo‘jalik jamiyatlari va unitar korxonalarini tashkil etish, ulushli qatnashish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi”;
to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/776/0052)