30.09.2017 yildagi 780-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni ijrosini taʼminlash, shahar infrastrukturasini takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning farovonligini taʼminlovchi keng koʻlamli dasturlardagi tadbirlarning amalga oshirilishida qoʻshimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi” ni (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi hamda uning taʼsischiligida tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar infrastrukturasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini taʼmirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga kompensatsiya toʻlash va ular uchun koʻp kvartirali uylarni qurish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻinlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etish hamda badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Jamgʻarmaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
780-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/780/0055; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)