Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Milliy kino sanʼatini yanada rivojlantirish, mahalliy kino va video mahsulotlarini koʻpaytirish hamda keng ommaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholining, ayniqsa yoshlarning boʻsh vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-sentabr,
PQ-3292-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-sonli qaroriga kiritiladigan
qoʻshimcha va oʻzgartishlar
“4. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 — 2019-yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar (keyingi oʻrinlarda — kinoteatrlar) tarmogʻini barpo etish (qurish) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
5. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda texnik topshiriq va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini har tomonlama oʻrganish asosida 2018-yilning 1-yanvarigacha maydonlarida zamonaviy kinozallar (2-qavat) va savdo-koʻngilochar obyektlar (1-qavat) joylashtirilishini nazarda tutgan holda, kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin.”.
2. 11-bandda:
ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish (qurish), ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda kinoteatrlar tarmogʻini 2017 — 2019-yillarda respublika hududlari boʻyicha barpo etish (qurish) jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umum respublika kino prokati konsepsiyasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 2018-2019-yillarda amalga oshirsin”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)