2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini xizmat uy-joylari bilan ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish uchun uy-joylar hamda kvartiralar qurish va ularni rekonstruksiya qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili nazarda tutiladigan kapital mablag‘lar limitlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondi kvartiralarni xarid qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda jihozlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
765-son

Vazirlar Mahamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat uy-joylari fondi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb ataladi) tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarini turar joy bilan ta’minlash yoki ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar kvartiralarini sotib olish hisobidan shakllantirilgan fond;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat uy-joyi — ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari yashashi uchun mo‘ljallangan, xizmat hamda munitsipal uy-joy fondining turar joy binolarida joylashgan, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash davrida shartnoma asosida beriladigan uy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimi (keyingi o‘rinlarda xodim deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvonga ega bo‘lgan fuqarosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IIV xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va xodimlarni xizmat uy-joylari bilan ta’minlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar uy-joylari hamda kvartiralarini qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olish hisobiga amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmat uy-joylari fondidan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xizmat uy-joylarini va turar joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmat uy-joylaridan samarali foydalanish va xodimlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida IIV ularning hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. IIV xizmat uy-joylarini ichki ishlar organlariga biriktiradi va ularni hisobga olish hamda foydalanish holatini har yili tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat uy-joylarini hisobga olish kitobi va kartochkalarining shakllari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish, shuningdek xizmat uy-joylarini taqsimlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV Markaziy apparatining uy-joy-maishiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Markaziy komissiya deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlarining uy-joy-maishiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy va hududiy komissiyalar tarkibi, ularning huquqlari va vazifalari, ularning faoliyat yuritish va faoliyatini nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirning buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat uy-joylari xodimlarga yashash joyi bo‘yicha quyidagi holatlarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodim uy-joyni ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi yoki uy-joyni ijaraga olgan shaxs oilasining a’zosi yoxud shaxsiy turar uy-joy mulkdori yoki mulkdor oilasining a’zosi bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodim uy-joyni ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olgan yoki uy-joyni ijaraga oluvchi shaxs oilasining a’zosi yoxud shaxsiy turar joy mulkdori yoki mulkdor oilasining a’zosi bo‘lsa, ammo qayd etilgan uy-joyga jamoat transportidan foydalangan holda har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa (uy-joyning xodim xizmat qiladigan joydan kamida 60 kilometr uzoqligi sababli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodim oilaning bir nafar a’zosi uchun qonunchilikda yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo‘lgan umumiy maydonga ega uy-joyda yashasa. Uy-joyning umumiy maydonini hisoblashda xodimning qo‘shimcha uy-joy maydoniga bo‘lgan huquqi hisobga olinadi;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xodim bemor, ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan a’zolari bo‘lgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati bo‘lmagan kvartiralarda yashasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodim qarindosh bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon xonalarda yashasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodimlarga xizmat uy-joylari bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda yoki xizmatni o‘tash joyiga yaqin bo‘lgan hududda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiya raisiga taqdim etilgan va quyidagi hujjatlar ilova qilingan bildirgilarga (arizalarga) muvofiq hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyidan oilasi tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim va uning oila a’zolari pasportlarining (tug‘ilganlik haqida guvohnomalarning) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilgani (mavjud bo‘lsa) haqida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni ijaraga olgani (yollagani) haqida shartnoma (mavjud bo‘lsa) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim va uning turmush o‘rtog‘i (xotini-eri)ning shaxsiy uy-joyi (er uchastksi) yo‘qligi haqida ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bildirgilar (arizalar) raqamlanadigan, tikiladigan va tegishli ichki ishlar organlari kanselyariyalarida muhr bilan muhrlanadigan ro‘yxatga olish jurnalida (keyingi o‘rinlarda jurnal deb ataladi) ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalda har bir bildirgiga (arizaga) ro‘yxat raqami qo‘yiladi. Bildirgilar (arizalar) jurnalga ketma-ket, qachon olinganiga qarab kiritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirgini (arizani) oldindan jurnalda ro‘yxatga olmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi. Markaziy va hududiy komissiyalar bildirgilarni (arizalarni) ular kelib tushgandan so‘ng bir oy davomida jurnalda qayd etilgan navbat bo‘yicha ko‘rib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiyaning xodimlar sharoiti yetishmasligi haqidagi xulosasi ularni hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi. Bunday xulosa komissiya a’zolari tomonidan xodimning joriy yashash-maishiy sharoitlari va u taqdim etgan hujjatlar bilan tanishib chiqish natijalariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uy-joyga va uy-joy yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar hisobini yuritish, xodimlar va ularning oila a’zolari yashash maydonining ijtimoiy normasini belgilash uchun ularga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda, xizmat uy-joyi bilan ta’minlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan uy-joy attestati yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodimlarning xizmat uy-joyini olish yoki yashash sharoitlarini yaxshilash navbati uy-joy attestatlari asosida belgilanadi. Uy-joy attestati ikki nusxada rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nuxasi xodimga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi nusxasi xodimning shaxsiy hujjatiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi xizmat joyiga kelgan xodimlar uy-joy attestatini unga zarur ma’lumotlarni kiritish va saqlash uchun tegishli komissiyaga topshiradi. Xodim yangi xizmat joyiga ketishida unga uy-joy attestati imzo qo‘ydirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilangan tartibda yangi xizmat joyiga yuborilgan va uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turadigan xodimlar uy-joy attestatlariga muvofiq yangi xizmat joyida muhtoj bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlar uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobidan quyidagi holatlarda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash maydonining qonunchilikda belgilangan ijtimoiy normalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan ta’minlanganda;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 30-bandida qayd etilgan muddat tugagandan so‘ng yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning turmush o‘rtog‘i (xotini-eri) shaxsiy uy-joyga egalik qilish huquqiga ega bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga turganidan so‘ng xizmat joyida yoki yangi xizmat joyiga ketganda xizmat uy-joyi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlaridan bo‘shaganda yoki pensiyaga chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turgan xodim xizmat majburiyatlarini bajarishda halok bo‘lgan holatlarda uning oila a’zolari belgilangan normalar bo‘yicha uy-joy berilmagungacha hisobdan chiqarilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarga xizmat uy-joylari va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xizmatni o‘tash davrida uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarga, shuningdek ularning oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) qo‘shimcha yashash maydoniga bo‘lgan huquq hisobga olinib, tashkil etiladigan xizmat uy-joylari fondi, shuningdek ichki ishlar organlariga biriktirilgan munitsipal uy-joy fondidagi kvartiralar hisobidan yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normalari doirasida xizmat uy-joylari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim xizmatni o‘tash davrida qonunchilikda belgilangan normalar, navbat va imtiyozlar hisobga olinib, yashash sharoitlarini yaxshilash huquqiga egadir.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar organlariga biriktirilgan xizmat uy-joylari xodimlar o‘rtasida Markaziy va hududiy komissiyalar tomonidan xodimlarning hisobga qo‘yilgan hamda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan vaqtidan kelib chiqib, qonunchilikda belgilangan norma hamda imtiyozlar inobatga olingan holda taqsimlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan xodimlar (IIV vazirining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalari va Markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek vazirlik tarkibiy bo‘linmalarining boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari) ayrim operativ xizmatlar xodimlari, xizmatni bajarish bilan bog‘liq ravishda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan xodimlar xizmat uy-joylari bilan navbatsiz ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaziy yoki hududiy komissiyalar xizmat uy-joyini berish to‘g‘risida qaror qabul qilganda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turgan xodimlar ayni paytda ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lmaganda ham uy-joy berish uchun ro‘yxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy yoki hududiy komissiya ijobiy qaror qabul qilgandan so‘ng ushbu Nizomga muvofiq xizmat uy-joylari beriladigan xodimlar bilan xizmat uy-joylarini ijaraga olish shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat uy-joyining ijara shartnomasida tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, xizmat uy-joyini berish, saqlash hamda bo‘shatish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmat uy-joylarida yashaydigan xodimlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xizmat uy-joyining ijara shartnomasini bekor qilish, xodimlar va ularning oila a’zolarini xizmat uy-joyidan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmat uy-joyi bo‘linmaydi va almashtirilmaydi, shuningdek xususiylashtirilmaydi, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vaqtida ijobiy natijalarga erishgan va yuksak professional hamda ma’naviy-ishchanlik fazilatlarini namoyon qilgan, ichki ishlar organlarida jami 20 va undan ko‘p kalendar yil xizmat qilgan hamda uy-joy bilan ta’minlanmagan yuqori malakali xodimlarga — bepul;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, xizmat kvartiralarida yashovchi, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji bo‘lgan xodimlarga sotish orqali shaxsiy mulk etib berilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining qaroriga asosan xizmat majburiyatlarini bajarishda halok bo‘lgan xodimlar bilan birga yashagan oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) shaxsiy mulk etib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisini yo‘qotgan xodimlarning oila a’zolari (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) ularga boshqa uy-joy berilmasdan yashab turgan xizmat uy-joyidan chiqarilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ichki ishlar organlari tizimida xizmatni boshqa joyda o‘tash uchun yuborilgan xodimlar avvalgi xizmat joyida yashab turgan xizmat uy-joyini tegishli davlat organiga topshirganidan so‘ng yangi xizmat joyida xizmat uy-joyi bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xodimlar IIVning harakatdagi rezerviga olinganda ularga berilgan xizmat uy-joyi saqlab qolinadi, xizmatni davom ettirish uchun ularga boshqa joyda xizmat uy-joylari berish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xizmat uy-joyi quyidagi holatlarda bo‘shatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xizmatdan bo‘shatilganda (pensiya olish huquqisiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar yoki ularning turmush o‘rtog‘i (xotini-eri) shaxsiy uy sotib olganda yoxud yashash sharoitlarini yaxshilaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga ushbu Nizomning 31-bandida qayd etilgan muddat tugagandan so‘ng yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar vafot etganda (xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda va oila a’zolari bo‘lmasa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat uy-joylari quyidagi holatlarda qaytarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori lavozimidan ozod etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududga o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xodimlarning arizasiga va IIVning mahalliy davlat hokimiyati organlariga iltimosnomasiga binoan ularga beriladigan xizmat uy-joyi o‘rniga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi belgilangan tartibda bepul berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organi yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab ikki yilgacha xodim va uning oila a’zolari uchun yakka tartibdagi uy-joyni qurish davrida xizmat uy-joyi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlar va ularning oila a’zolarini IIV buyurtmanomalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan ta’minlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun kvartira sotib olish, shuningdek uy-joy qurish va uni rekonstruksiya qilishda yordam ko‘rsatadi hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun sotib olingan uy-joyning xizmat uy-joylariga kiritilishi, shuningdek IIVdan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmasdan xizmat uy-joyi uchun belgilangan tartibda orderlar berilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmat uy-joylari uchun orderlarni berish, to‘xtatib turish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mahalliy davlat hokimiyati organi qabul qilgan qarorga asosan xodimlar yoki ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotganda) xizmat uy-joyi uchun order (keyingi o‘rinlarda order deb ataladi) beriladi va ushbu order ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan xizmat uy-joyiga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Order mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq yashash maydonini hisobga olish va taqsimlash bo‘limi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining maxsus vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Order berish mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan quyidagi hollatlarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila tarkibi xizmat uy-joyi berish haqidagi qarorda qayd etilgan tarkibga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim tomonidan hujjatlarda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Order faqat bo‘sh turgan xizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xodim orderni olishda orderga kiritiladigan oila a’zolarining pasportlari (tug‘ilganlik haqida guvohnomasi) yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Order bevosita xizmat uy-joyi beriladigan xodimga yoki ayrim holatlarda (kasallik, xizmat safari) belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxsga yoxud uning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotganda) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xodim va uning oila a’zolari berilgan xizmat uy-joyiga ko‘chib kirgandan so‘ng va orderni tegishli ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazgach, ushbu order Markaziy yoki hududiy komissiyaga topshirilishi va qat’iy hisobdorlik hujjati sifatida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xizmat uylarini sotishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va ulardan uy-joy fondini kengaytirish, xizmat uylarining holatini yaxshilash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xizmat uy-joyidan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki uni ijaraga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markaziy va hududiy komissiyalar bir yilda kamida ikki marta xodimlarning xizmat uy-joyidan maqsadli foydalanishi, shuningdek ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hududiy komissiyalar va ular a’zolarining harakati (harakatsizligi) bo‘yicha ariza va shikoyatlar Markaziy komissiya hamda sud tomonidan, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xizmat uy-joyini berish va undan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seriya __ № 00000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY ATTESTATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.

Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.

Shaxsiy tartib raqami
Pasport seriyasi va raqami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oila a’zolari soni (o‘zgarishlar haqida ma’lumot)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sana
Son

4.

T/r
Uy-joyga muhtoj bo‘lgan shaxs toifasi
Hisobga qo‘yish sanasi
Hisobdan chiqarish sanasi
Hisobdan chiqarish uchun asos
1.
2.
3.
4.
5.
Komissiya raisi
________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O. )
M.O‘.
20 ___ yil “___” __________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joyi borligi haqida ma’lumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish (sotib olish) uchun uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, ma’lumotnomalar, kimdan tomonidan va qachon berilgan
Komisiya raisi o‘rinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalar soni
maydoni
umumiy
yashash maydoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning old tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyi borligi haqida ma’lumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish uchun (sotib olish) uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, ma’lumotnomalar, kimdan tomonidan va qachon berilgan
Komisiya raisi o‘rinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalar soni
maydon
umumiy
yashash maydoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatga kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish haqida qayd (attestatni to‘ldirishda va unga o‘zgartirishlar kiritishda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tekshirish sanasi
Komissiya raisi o‘rinbosarining imzosi, sana, muhr, xodimning imzosi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 24-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar