1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.15 Davlat foydasiga rad qilish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
742-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat foydasiga voz kechish — bojxona rejimida vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojxona xizmatining hududiy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar boʻyicha, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari — qimmatli qogʻozlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar boʻyicha;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 260-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — har qanday koʻchar mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, transport vositasi (yoʻlovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari — hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar, shuningdek konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi mavjudligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish yurituvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning bojxona organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish tartiboti mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarning davlat foydasiga voz kechish rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21-bobi qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida vakolatli shaxsning arizasi (mazkur Nizomga 2-ilova) boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha xabarnomani elektron shaklda axborot tizimlari orqali olishga roziligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar toʻgʻrisida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan soʻng, ushbu tovarlar boʻyicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida oʻzi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organiga yozma xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ yozma xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi oʻrtasida 3-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning kelgusidagi realizatsiyasini taʼminlash uchun bojxona yuk deklaratsiyasi, tovarning kuzatuv hujjatlari, agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasini davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarini — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni — Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiradi. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni — ular Davlat asillik darajasini belgilash palatasida ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshiradi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni texnik ekspertizadan oʻtkazishda asillik darajasi toʻlovi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tovarlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibida sotuvga qoʻyiladi. Tez buziladigan va past qiymatli tovarlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali sotiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 260-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilib topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha olingan tovarlarning sotilishi yuzasidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organiga har oy yakunida maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda undan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar sotilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarning realizatsiyasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida (yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________________________________ga
(bojxona organining nomi)
___________________________________________
(shaxsning F.I.O. yoki tashkilotning nomi, manzili)
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi
ARIZA
______________________________________________________________________ni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish DALOLATNOMASI
№ ___________________________
raqam va sana (yil, oy, kun)
Mazkur dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq
(davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli shaxsning F.I.O., lavozimi)
imzo
Topshirdim: _______________________________
___________
M.Oʻ.
(davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimining F.I.O., lavozimi)
imzo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ nomidan dalolatnomani moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1051-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)