Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi,shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin:
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari;
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-sentabr,
744-son
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga
ILOVA
2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga
ILOVA
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati deb ataladi) olib borish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar davlat nazoratini olib borishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
gumanizm, inson hayoti va salomatligining ustuvorligi;
qonuniylik, obyektivlik;
mustaqillik, oshkoralik;
axborotning ishonchliligi va oʻz vaqtida berilishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish choralarini oldindan koʻrish;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
4. Davlat nazorati aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar davlat nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlarning omillarini barvaqt aniqlashni, ularning profilaktikasi va yuzaga kelishining oldini olishni taʼminlash;
aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlash;
gidrotexnika inshootlari, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish hamda suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar salomatligi va hayotini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlarning davlat ekspertizasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga rioya etilishi qismida ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini hamda hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida oʻz vazifalarini bajarishlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida hamda suv obyektlarida odamlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat nazoratining subyektlari (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati subyektlari deb ataladi) hisoblanadi.
7. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish boʻyicha nazorat ishlarini olib boruvchi subyektlar faoliyati davlat nazorati obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat nazorati favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi sabab va omillarni aniqlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida oldindan koʻriladigan choralarni tahlil qilish va baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. Quyidagilar davlat nazoratining shakllari hisoblanadi:
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini tekshirish;
ishlab chiqarish obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelishi yuzasidan davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda loyihalar ekspertizasi deb ataladi) oʻtkazilishida ishtirok etish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Davlat nazoratini olib boruvchi davlat organi va uning vakolatlari
10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi) davlat nazoratini olib boruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
11. FVV oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat nazorati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
12. FVVning quyidagi mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirish huquqiga ega:
Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning oʻrinbosarlari;
FVV Markaziy apparatining boshqarma, xizmat, inspeksiya va boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ofitserlari va mutaxassislari;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ofitserlari, bosh inspektorlari va mutaxassislari;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi, uning oʻrinbosari, mutaxassislari va hududiy inspektorlari.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tekshirishlar shaklida davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan boʻlishi va tekshirishlarni oʻtkazishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
14. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi vakolatlarga ega:
davlat nazorati subyektlariga belgilangan tartibda kirish;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari bajarilishini tekshirish;
shaharsozlik loyihalarining hujjatlarini, quriladigan obyektlar loyihalarini ekspertiza qilishda ularning fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha talablarga amal qilinishi yuzasidan ishtirok etish, shuningdek loyihalar ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslardan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot, maʼlumot va tushuntirishlarni soʻrash va olish;
aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlarining talablari buzilganligini bartaraf etish haqida yozma koʻrsatmalar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagilarga majbur:
tekshirilayotgan davlat nazorati subyektlariga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni koʻrsatish;
davlat nazorati subyektining faoliyatiga toʻsqinlik yaratmaslik;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarida yozuvlarni amalga oshirish;
tekshirish jarayonida maʼlum boʻlgan davlat sirlarining, tijoratga oid va boshqa sir tutiladigan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlash;
davlat nazorati subyektlari tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida qonun talablarining bajarilishini tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlari, shuningdek kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilganligi aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokollar tuzish va aybdorlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun ishni sudga yuborish;
alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar isteʼmol qilib mast holatda boʻlgan kema boshqaruvchilarini, shuningdek kichik hajmli kemani alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar isteʼmol qilib mast holatda boʻlgan, kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan, kemalarni boshqarish qoidalarini qoʻpol buzayotgan shaxslarni kemani boshqarishdan chetlashtirish. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokol tuzish va zarur holatlarda kemani, uning dvigatelini olib qoʻyish va kemalar egalari hisobidan kemalar turadigan bazalarga topshirish;
kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilganligi aniqlanganda belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy jazo qoʻllash;
preyskurantga muvofiq aholi va tashkilotlardan koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli xizmat haqi olish.
16. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga davlat nazorati subyektlariga tashkiliy-xoʻjalik ishlariga oid topshiriqlar berish va moliya-xoʻjalik ishlariga aralashish taqiqlanadi.
17. Davlat nazoratini amalga oshirishga aralashish, uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning ishiga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish va faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
18. Davlat nazorati organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilgan yoki uning qonuniy talablarini bajarmagan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
19. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, obyektivligi, qonunchilik doirasida toʻgʻri tashkil etilganligi va amalga oshirilganligi uchun javob berishadi.
3-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibotlari
20. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazorati ushbu Nizom ilovasidagi sxema boʻyicha tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablariga amal qilinishini tekshirish quyidagi turlarga boʻlinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
kompleks tekshiruv;
qisqa muddatli tekshiruv;
nazorat tartibidagi tekshiruv.
Kompleks tekshiruv — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan joriy yil uchun tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda asosiy tadbirlar rejasi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida rejadan tashqari tekshirish tarzida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar, tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, quyidagi holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqadigan tekshirishlar zarurati paydo boʻlganda;
FVV va uning tarkibiy tuzilmalariga davlat nazoratidagi subyektlar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar talablari buzilishi faktlari haqida qoʻshimcha rasmiy maʼlumotlar kelib tushganda;
favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishini bartaraf etish uchun;
sanitariya-epidemiologik vaziyat keskinlashganda, shuningdek chegaradosh davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi xavfi paydo boʻlganda.
Nazorat tartibidagi tekshiruv — davlat nazorati subyektlari tomonidan oʻtgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
22. Quyidagilar davlat nazorati subyektlarini tekshirish uchun asos hisoblanadi:
a) kompleks tekshiruvlar uchun:
asosiy tadbirlar rejasi;
asosiy tadbirlar rejasi asosida tekshirishning maqsadi, tekshiruvchilar tarkibi va muddati koʻrsatilgan holda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoki hududiy boshqarmalar (boʻlimlar) boshliqlari tomonidan chiqarilgan buyruq;
b) qisqa muddatli tekshiruvlar uchun:
maxsus vakolatga ega boʻlgan organ yoki uning tegishli hududiy tuzilmalarining navbatdan tashqari tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tekshiriladigan obyekt nomi, muddati, maqsadi va tekshirish sabablari koʻrsatilgan qarori;
Favqulodda vaziyatlar vaziri va hududiy boshqarmalar (boʻlimlar) boshliqlarining mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish muddati koʻrsatilgan buyrugʻi.
23. FVVning nazorat funksiyalari Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy komissiyalari) bilan qoʻshimcha ravishda kelishmagan holda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda tabiiy, texnogen, terroristik-qoʻporuvchilik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari, shuningdek meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qoʻyilgan roʻyxatga kiruvchi obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga amal qilinishi masalalari yuzasidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida holatlarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
25. FVV va uning hududiy boshqarmalari (boʻlimlari) kompleks tekshiruv oʻtkazilishi toʻgʻrisida davlat nazorati subyektini tekshiruv muddati va predmetini koʻrsatgan holda tekshirish boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tekshirishlar, qoidaga koʻra, kunduzgi paytlarda amalga oshiriladi.
Istisno holatlarda (favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqaro muhofazasi boshliqlarining topshiriqlariga koʻra) tekshiruvlar tungi paytlarda ham olib borilishi mumkin.
27. Tekshiruvni oʻtkazish vaqti tekshirilayotgan obyektning ish vaqtidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
28. Tekshiruv boshlanishidan uch kun oldin FVV markaziy apparatida — vazirning birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi, joylarda esa — shaxsan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan yoʻriqnoma oʻtkaziladi, unda tekshiruv muddati, uning borishi toʻgʻrisida maʼlumot berish tartibi, tekshiruv dalolatnomalarida aks ettirilishi shart boʻlgan masalalarga aniqliklar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Tekshiruv oʻtkazish uchun tekshiruvchilarga vazir, vazirning oʻrinbosarlari, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlarining yozma taqdimnomasi beriladi, ushbu taqdimnoma tekshiruv oʻtkazish uchun rasmiy hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdimnomada koʻrsatilmagan shaxslar tekshiruvlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻlmaydi.
Taqdimnomasiz tekshiruv oʻtkazish taqiqlanadi.
30. Tekshirilayotgan subyektga tekshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan davlat nazorat subyektining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tekshirilayotgan subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, FVVning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan davlat nazorati subyekti mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
31. Tekshirish ishlari davlat nazorat subyekti vakilining ishtirokida olib boriladi.
Zarur holatlarda tekshiruvga shartnoma asosida ekspertlar va tarjimonlar, shuningdek tekshiruv natijalaridan manfaatdor boʻlmagan boshqa xolislar jalb etilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) davlat nazorati subyekti maʼmuriyatini xabardor qilmasdan, shuningdek kuzatuvchisiz aylanib chiqish (koʻzdan kechirish) taqiqlanadi.
Tekshiruvchi ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (koʻzdan kechirishdan) oldin texnika xavfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishib chiqishi shart.
32. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar, zarurat boʻlganda, davlat nazorati subyektlari tomonidan maxsus kiyim hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
33. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablarining bajarilishini tekshirish izchilligi FVV tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan yoʻriqnomalar va uslubiy koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirilayotgan subyektga topshirilgan kun tekshirishni oʻtkazish tugagan kun hisoblanadi.
Tekshirilayotgan davlat nazorati subyekti tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortganda, FVVning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi davlat nazorati subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
4-bob. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning loyihalari va qarorlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda ishtirok etish
35. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning loyihalari va qarorlarining davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda davlat ekspertizasi deb ataladi) quyidagilarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi:
ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlarning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
shaharsozlik hujjatlarida hamda quriladigan obyektlar loyihalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlarning asoslanganligi va toʻliqligi.
36. Quyidagilar davlat ekspertizasining obyektlari hisoblanadi:
davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda ularni joylashtirish sxemalari loyihalari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavfsizlik deklaratsiyalari;
maxsus huquqiy rejimli obyektlar.
37. FVV davlat ekspertizasining oʻz vaqtida, kompleks, obyektiv va sifatli oʻtkazilishini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa berilishini taʼminlaydi.
38. Davlat ekspertizasi xulosasini bajarish davlat nazorati subyektlari uchun ularni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
5-bob. Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish
Keyingi tahrirga qarang.
39. Quyidagilar kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish maqsadlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
suv havzalarida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash.
40. Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish reyd tartibidagi nazoratda amalga oshiriladi. Reyd tartibidagi nazoratni amalga oshirish muddatlari va izchilligi FVV tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishini aniqlash va rasmiylashtirish kompleks va qisqa muddatli teshiruvlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
42. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda:
tekshirish natijalari boʻyicha davlat nazorati subyektlari tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma yoki dalolatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Davlat nazorati natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
43. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish sohasida tekshiruv natijalari belgilangan shakl boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Maʼlumotnoma aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilmagan taqdirda tuziladi. Maʼlumotnomada tekshirish oʻtkazilganligi qayd etilib, oʻtkazilgan tekshirish boʻyicha savollar roʻyxati hamda biror-bir kamchilik aniqlanmaganligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Maʼlumotnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati subyekti rahbariga imzolash yoʻli bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).
46. Dalolatnoma aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilgan taqdirda tuziladi. Dalolatnoma tuzishda FVVning mansabdor shaxsi tomonidan reja-topshiriqda koʻzda tutilgan har bir savol boʻyicha mavjud holatdagi kamchiliklar, qonunchilik hujjatlarining nomi va meʼyorlari bayon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Dalolatnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati subyekti rahbariga imzolash yoʻli bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).
48. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) oʻtkazilgan tekshiruvning asosiy hujjati hisoblanadi.
49. Davlat nazoratidagi subyektlar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilgan holatlar aniqlanganda davlat nazorati natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma asosida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokol tuziladi.
50. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi protokol huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutkadan kechikmay tekshiruv hujjatlari bilan birga maʼmuriy sudga yuboriladi.
Agar huquqbuzarlik natijasida moddiy zarar yetkazilgan boʻlsa, u holda bu haqda ham protokolda qayd etiladi.
Protokol uni tuzgan shaxs hamda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan, agar guvohlar hamda jabrlanuvchilar boʻlsa — ular tomonidan ham imzolanadi.
51. Maʼmuriy sudga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tekshirishni oʻtkazish uchun taqdimnoma;
obyektni tekshirish boʻyicha reja-topshiriq;
davlat nazoratidagi subyektni tekshirish dalolatnomasi;
komissiyada qatnashgan mutaxassislarning xulosasi;
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning tushuntirish xati;
maʼmuriy huquqbuzarlik haqida protokol;
imzolashdan bosh tortganlik haqidagi dalolatnoma (agar mavjud boʻlsa);
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) nusxasi;
tekshiruvchi mansabdor shaxsning (komissiya raisining), tekshirishni oʻtkazish uchun taqdimnoma bergan FVV mansabdor shaxsi nomiga aniqlangan huquqbuzarliklar, shuningdek maʼmuriy ish materiallarini sudga yuborish haqida raporti;
yuqorida koʻrsatilgan barcha hujjatlar bilan birgalikdagi kuzatuv xati.
52. Materiallar sudga yuborilishidan va sud tomonidan koʻrib chiqilishidan qatʼi nazar, tekshirishni oʻtkazgan FVV mansabdor shaxslari tekshirilgan davlat nazoratidagi subyektning tegishli rahbarlari va masʼul shaxslari tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qilib borishni taʼminlashi shart.
53. Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllashga FVVning FVDT nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi va katta ofitseri, Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi boshligʻi va bosh mutaxassisi, shuningdek hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining bosh inspektorlari haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Davlat nazorati natijalari qonunchilik asosida boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
55. Kompleks tekshiruv natijalariga koʻra davlat nazoratidagi subyektning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik holati quyidagicha baholanadi:
“Tayyor” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari toʻliq bajarilishi taʼminlanmoqda;
“Cheklangan tayyor” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining toʻliq bajarilishi taʼminlanmayapti, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish mumkin;
“Tayyor emas” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi qisman taʼminlanayapti, ayrim talablar bajarilmagan.
7-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini tashkil etish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.