16.09.2017 yildagi 730-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahrida zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining madaniy hordiq chiqarishi, ularning boʻsh vaqtlarini sermazmun oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda Namangan shahrining turistik jozibadorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Namangan istiqlol bogʻi” MChJ umumiy yigʻilishining “Namangan istiqlol bogʻi” MChJ (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) tomonidan Namangan shahridagi sobiq “Mashrab” bogʻi oʻrnida zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻini barpo etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda sobiq “Mashrab” bogʻi (keyingi oʻrinlarda bogʻ deb ataladi) hududida joylashgan barcha bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzilishini, buzishdan boʻshagan yer uchastkalarini loyihani amalga oshirishi uchun investorga belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Namangan viloyati hokimligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻ hududiga tutash hududda joylashgan 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Namangan shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida tekin berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahar hokimligi tomonidan qabul qilib olingan obyektni baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bozor qiymatida mulk huquqi asosida investorga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Podshoota-chodak irrigatsiya tizimlariga qarashli Gʻirvonsoy sel ombori gidrotexnika inshootini tegishli hududi bilan birga tekin foydalanish huquqi asosida, loyiha toʻliq amalga oshirilib, foydalanishga topshirilgandan soʻng investorga berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahar hokimligi investorga yangi bolalar sporti maktabining qurilishi uchun shahar hududidan tegishli yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor qabul qilib olgan obyektning baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bozor qiymatidan kam boʻlmagan qiymatdagi yangi bolalar sporti maktabini 2019-yil 1-sentabrga qadar qurib bitkazilishini taʼminlaydi va Namangan shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida davlat mulki sifatida topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorga ajratilgan hududdagi koʻchmas mulk obyektlari egalari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslarga pul kompensatsiyalarini toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” AJ Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasidan foydalanish xavfsizligiga rioya qilish maqsadida bogʻ hududidagi mavjud 35/6 kVt Mashrab nimstansiyasini, 4 ta temir ustunli “Mashrab” 35 kV havo elektr uzatish tarmoq liniyalarini, 7 ta beton ustunli 6 kV havo elektr uzatish tarmoq liniyalarini hamda “Gulbogʻ”, “Mudofaa”, “Olmos” fiderlaridan keluvchi havo elektr uzatish tarmoq liniyalarini oʻz mablagʻlari hisobidan koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻ hududini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Sardor” nimstansiyasidan alohida 110 kV liniyali yangi nimstansiyani tashabbuskor mablagʻlari hisobidan qurish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Namangan viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda bogʻ oʻrnida tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda bogʻ hududidan oʻtuvchi tabiiy gaz tarmogʻini bogʻ hududidan tashqariga koʻchirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda davlat boji undirilmagan holda koʻp marotabalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida roʻyxatga olish va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorning talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalarni berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, yuqorida qayd etilgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borishga huquq beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga investorga loyihani moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ investorning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan metall prokati va sement mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar hamda tartibga solinadigan narxlar asosida oʻrnatilgan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftmahsulot” AJ investorning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan benzin, dizel va bitum mahsulotlarini oʻrnatilgan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Namangan viloyati hokimligi investor bilan birgalikda loyihani amalga oshirish ishlarini 2019-yil 1-martga qadar yakunlanishini, loyihaning 2019-yil 21-mart kuni foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Namangan shahar hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
730-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1039-modda)